Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2019 yangi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/51
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#135367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha (2) 000

14-$.Qon va uning vazifasi 
1.Ichki muhiti va uning tarkibiy qismlarini ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab yozing: a-ichki muhit, b-
qon, d-limfa, e-to'qima suyuqligi; 1-tiniq,biroz sarg'ish suyqulik, limfa tomirlarida bo'ladi, 2-plazmada va hujayralardan 
iborat,3-qon,limfa va to'qima suyuqligidan hosil bo'ladi,4-hujayralar orasidagi suyuqlikdan iborat. 
A)a-3,b-1,d-2,e-4 B) a-4,b-2,d-1,e-3 C) a-1,b-2,d-3,e-4 D) a-3,b-2,d-1,e-4 
2.Qon funksiyalari va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: a-transport,b-himoya,d-gumoral boshqarish,e-ichki muhit 
doimiyligini saqlash; 1-leykotsitlar orqali amalga oshadi,2-sekretsiya bezlari sintezlaydigan faol moddalar orqali sodir 
bo'ladi, 3-kislorod va oziq moddalarni to'qimalarga yetkazish,almashinuv mahsulotlarini chiqarish,4-ichki muhit osmotik 
bosimi,suv va mineral moddalar miqdori,haroratning nisbiy doimiyligini saqlash. 
A)a-3,b-2,d-1,e-4 B) a-3,b-1,d-2,e-4 C) a-4,b-1,d-2,e-3 D) a-1,b-3,d-2,e-4 
3.Terminlar va ularga mos keladigan javoblarni juftlab yozing: a-gomeostaz, b-izotonik eritma,d-antitela,e-gipotonik 
eritma; 1-0,9% li osh tuzi eritmasi, 2-ichki muhitning tarkibi, osmotik bosimi,fizik va kimyoviy xossalarning nisbiy 
doimiyligi, 3-past konsentratsiyali eritma, 4-mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuborish xususiyatiga ega bo'lgan 
tanachalar. 
A)a-1,b-2,d-4,e-3 B) a-3,b-1,d-4,e-2 C) a-2,b-1,d-4,e-3 D) a-4,b-1,d-2,e-3
4.Qon hujayralari toza suvda(a) .....................,tuzli suvda (b)......................qoladi? 
A)a-yoriladi, b-bujmayib B)a-o'zgarmaydi,b-yoriladi C)a-yiriklashadi,b-kichrayib D)a,b-o'zgarmaydi 
5.Qaysi shaklli elementlar limfa suyuqligi tarkibiga kirmaydi? 
A)eritrotsitlar B)trombotsitlar C)limfotsitlar D) A va B javoblar to'g'ri 
6.Qonning transport funksiyasini to'g'ri belgilang? 
A)kislorodni o'pkadan to'qimalarga,karbonat angidridni to'qimalardan o'pkaga,oziq moddalarni ichakdanlardan 
to'qimalarga,to'qimalarda hosil bo'lgan moddalar almashinuvi mahsulotlarini hazm qilish organlariga olib boradi 
B)tashqi muhitdan suv orqali kiradigan mineral moddalar ham qon orqali to'qima va organlarga yetkazib beradi 
C)sekretsiya bezlari sintezlaydigan biologik faol moddalar qon orqali to'qima va organlarga borib,organizmni gumoral 
boshqaradi 
D)A va B javoblar to'g'ri 
7.Qon qaysi to'qimaga mansub? 
A)tig'iz biriktiruvchi toq'ima B)suyuq biriktiruvchi to'qima C)g'ovak biriktiruvchi to'qima D) t.j.yo'q 
8.Organizm ichki muhitini nima(lar) hosil qiladi? 
A)to'qima suyuqligi B)qon C)limfa suyuqligi D)hamma javoblar to'g'ri 
9.Quyidagilar orasidan qaysi biri hujayralar orasidagi suyuqlikdan iborat? 
A)to'qima suyuqligi B)qon C)limfa suyuqligi D)hamma javoblar to'g'ri 
10.Izotonik eritma deb qanday eritmaga aytiladi? 
A)0,9% li osh tuzi eritmasiga B)0,9% dan past konsentratsiyali C)0,9% dan yuqori konsentratsiyali D)t.j.yo'q 
11.Qonning himoya funksiyasi qaysi shaklli element bilan bog'liq? 
A)eritrotsitlar B)trombotsitlar C)A va B javoblar D)leykotsitlar 
12.Moddalar faqat suvda erigan holda ............................membranasidan o'tishi mumkin? 
A)yadro B)hujayra C)eritrotsit D)organlar
13.Qonning transport funksiyasini tushuntiring? 
14.Qonning boshqarish funksiyasini tushuntiring? 


https://t.me/Yazdanov_biologiya

16 
15.Qonning himoya funksiyasini tushuntiring? 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə