Biologiya hayot haqidagi fan, tirik organizmlarning xususiyatlari



Yüklə 35,71 Kb.
səhifə1/4
tarix27.10.2023
ölçüsü35,71 Kb.
#132445
  1   2   3   4
BIOLOGIYA HAYOT HAQIDAGI FAN


BIOLOGIYA HAYOT HAQIDAGI FAN, TIRIK ORGANIZMLARNING XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Biologiya fanining shakllanishi.

  2. Tiriklikning tub moxiyatlari. Mavjudotlarning tiriklik darajasi.

  3. Biologiyaning ilmiy tadkikot metodlari.

  4. Biologiyaning muammolari. Biologiyani o`rganishni nazariy va amaliy ahamiyati.

Biologiya yunoncha atama bo`lib lios-xayot, logos-fan demakdir, yaoni u xayot va uning shakillari, tuzilishi, rivojlanish o`onuniyatlari thrisidagi fandir.


Biologiyaning tekshirish oboekti hsimliklar, xayvonlar, zamburular, mikroorganizmlar va odamlar xisoblanadi. Biologiya tabiiy fanlar sistemasiga kirib, botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, sitologiya, sistematika, paleontologiya soxalariga bhlinadi. Shuningdek bioximiya, biofizika, genetika, evolyutsiya taolimoti, ekologiya, embriologiya, molekulyar biologiya, biogeotsenologiya soxalari xam biologiya kompleksidagi fanlardir.
Tirik organizmlarning 98% S, O, N, N elementlaridan iborat bhlib bosho`a elementlarning mio`dori juda kamdir.
Tirik organizmlarning muxim xossasi moddalar almashinuvi xususiyatiga ega ekanligidir. Yaoni bir-biri bilan uzviy bolio` bhlgan assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonidir.
Xar bir organizm urchiydi, rivojlanadi, yashaydi va hladi. Bu jarayonda irsiy xususiyatlarni sao`lab o`olish bilan birga tasho`i muxit taosirida hzgaruvchanlik xususiyatiga xam ega.
Taosirlanish xam fao`at tirik organizmlarga xos xususiyatdir.
Tirik organizm molekula, xujayra, organizm, populyatsiya – tur, biogeotsenoz, biosfera darajasida tado`io` o`ilinadi.
Tirik organizm molekula va xujayra darajasida bhlishidan boshlab moddalar va energiya almashinish va irsiy axborotlarni berish o`obiliyatiga ega bhladi. Organizm darajasida esa muxim organlar rivojlanadi. Populyatsiya, tur tiriklikning yuo`ori darajasi bhlib atrofdagi bosho`a tur organizmlar va anorganik tabiat kompleksi bilan chambarchas bolio`dir. Bu xayotning biogeotsenologik darajasidir. Barcha biogeotsenozlar yiindisi biosferaga birlashadi. Bu daraja moddalar va energiyaning davra bhylab aylanishi rhy beradi va barcha tirik organizmlar uzoaro aloo`ador bhladi.
Yuo`orida aytilganidek biologiya fani tirik organizmlarni hrganar ekan bu fao`at nazariy bilimlarini echish bilangina cheklanib o`olmasdan amaliy axamiyatga ega bhlgan, yaoni jaxon axolisini soni tobora ortib borayotgan bir vao`tda ularni ozio`-ovo`at, kiyim-kechak va bosho`a zarur narsalar bilan taominlashni xam hz oldiga mao`sad o`ilib o`hyadi. Binobarin sermaxsul xayvon zotlari, hsimlik navlarini etishtirish, hsimliklardan mhl xosil olish, tuproo` unumdorligini sao`lash va oshirish, almashib ekishni joriy etish, kasallik va zararkunandalarga o`arshi kurashish, hrmon xhjaligini sao`lash va khpaytirish, ovchilik va mhynachilikni thri yhlga solish va bosho`a o`ator muammolarni hz oldiga mao`sad o`ilib o`hydi.
Ekologiya yunoncha shz bhlib (eykos-yashash joyi, logos-fan) tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tasho`i muxit bilan hzoaro munosabatini bildiradi.
Xozir fanda «inson ekologiyasi» degan atama xam bhlib unda insonni atrof muxitga va aksincha muxitning insonga taosirini hrganadi. Demak, ekologiya xam tabiiy fanlar sistemasiga kirib uning oboekti bakteriyalar, bir xujayrali sodda organizmlar, zamburular, hsimliklar, xayvonlar, ularning jamoasi, biosfera va insonlar xisoblanadi.
Keyingi payitlarda suv, xavo, tuproo` ifloslanib ketdi, ular hsimliklar, xayvonlar, odam xayotiga xam xavf tudirmoo`da. Insonlarni faoliyati biosfera hzgarishiga tezlik bilan taosir etmoo`da. Shunga khra tabiat muxofazasi bosh masala bhlib o`olib, tabiatdagi xar bir turning biotik va abiotik aloo`alari ustida kuzatishlar olib borish, undagi sabab va oo`ibatlarni anio`lash kerak bhlib o`oldi, buni ekologiya fanisiz xalo` o`ilib bhlmaydi. Bular ekologik muammolar xisoblanib mintao`aviy (global), maxalliy (lokal) guruxlariga ajiraladi. «Atmosferaning dimio`ishi» xodisasi, azon o`avatining siyraklashishi, chuchuk suv muammosi, pestitsidlardan foydalanish muammosi, foydali hsimlik va xayvon turlarini sao`lab o`olish va uni davlat muxofazasiga olish, o`hrio`xonalar, zakazniklar, milliy bolar, botanika bolarini tashkil o`ilish kabilan global muammolarga kiradi. Muayan mintao`ada xavo va suvni ifloslanishi, tuproo`ning erroziyasi, yaylovlarni ishdan chio`ishi, hrmonlarni kesish mintao`aviy (regional) muammolardir. Masalan: orol va orol oldi ekologiyasidir.
O`zbekistonda ekologik xavfsizlikni taominlash davlat darajasidagi eng muxim vazifalardan biridir. Xozir atrof-muxitni muxofaza o`ilish, tabiiy resurslardan oo`ilona foydalanishning O`zbekistonda 2005 yilgacha mhljallangan dasturi ishlab chio`arilgan. Binobarin biologiya tirik organizmlar thrisida nazariy va amaliy masalalarni xal o`ilishga xizmat o`ilsa, ekologiya kelajakda solom avlod etishtirish, tabiatni muxofaza o`ilish bilan bolangandir, yaoni insonlar ixtiyojini thla o`ondirishga o`aratilgandir.
Inson kosmosga chio`o`an davrda biologiya fani oldiga yangi vazifalar o`hyilmoo`da. Bu kosmonaftlar uchun kerakli bhlgan barcha narsalarni kosmos kemada vujudga keltirishdan iboratdir. Olimlarning fikri bhyicha insoniyat «biologiya asriga» kirib bormoo`da. Shunday o`ilib biz yoshlar, tirik tabiatni rivojlanish o`onuniyatlariga asoslanib, hlik tabiat o`onuniyatlarini hrganib mustao`il respublikamiz oldidagi biologiya va ekologiya fani bilan bolio` bhlgan muammolarni echishga yordam bermoimiz kerak.
Biologiya - bu tiriklik xaqidagi fan bo`lib materiyaning ma`lum bir shakli sifatidagi tiriklikning yashash va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno frantsuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan.
Insoniyat azaldan tiriklikka qiziqish bilan qaragan. Xayotga, tiriklikka bo`lgan qarash ham faqatgina ruxiy olam tushunchalari nuqtai nazari bilan talqin etildi. Shuning bilan birga xar xil kuzatishlar natijasida dunyoviy ilm ma`lumotlari ham to`planib borildi. Tirik tabiatni o`rganish dexkonchilik ishlarini rivojlantirishda o`z aksini topdi. Insoniyatning ko`p asarlik tajribasi tabiatni o`rganish sohasida ko`pgina amaliy natijalar berdi. Shu amaliy natijalar noxiyasida biologiya ham fan sifatida shakllana bordi. Biologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi sodir bo`ldi. Biologiya fanining tarixiy rivoji ruxiy olam fanlari, diniy qarashlar va moddiylikka asoslangan fikr-mulohazalar asosida ro`y berdi. Dastavval qadimgi yunon faylasuflari tabiat xodisalarini va dunyoni tabiiy kelib chiqishini izohlashga moddiylik asosida yondoshdilar. Demokri barcha o`lik va tirik jismlar atomalardan iboratligini xamda material tanacha hususiyati shu atomlar kattaligi, shakli ularning joylashish tartibi va miqdoriy nisbatlariga bo`liqligini o`qtirdi.
Aristotel (20. 384 - 322 y) dunyoning real mavjudligi va uni anglab olish mumkinligini takidladi. U biologiya sohasida ko`p ishlar qildi va hayvonlarning 510 turini izohlab, ilk bor ular tasnifini keltiradi. U tabiatning umumiy uygunlik va rivojlanishi jarayonida murakkablashishi kabi `oyalarni ilgari surdi. Tabiatda o`zgarishning mavjudligi va uning qay tarzda ro`y berishi azaldanoq faylasuf va tabiatshunoslik uchun qiziqarli soha bo`lib kelgan va bir-biriga qarama-qarshi metafizik hamda dialektik qarashlar mavjud bo`lgan. Metafizikaga ko`ra tabiatdagi har qanday hodisa o`zgarmas, tur`un o`zgarish sodir bo`lsada, son jihatdan bo`lib, buyum va hodisaning tub ma`noda hossasi o`zgarmas qoladi. Organik olam haqidagi metafizik dunyoqarash kreatsionizmlar. Kreatsionistik `oyaga ko`ra ilohiy kuch o`simlik, odam va hayvonni yaratgan, bo`lib, barcha tirik mavjudot paydo bo`lganidan o`zgarmagan va o`zgarmaydi. Dialistik dunyoqarashga ko`ra borliq muntazam ravishda o`zgarib turadi, qarama-qarshiliklar kurashi tufayli rivojlanadi va miqdor o`zgarishlari yangi sifat o`zgarishlariga olib keladi. Ko`pgina qadimgi mutafakkirlar (Gipokrat, Demokrit) tirik moddalarning tabiiy kelib chiqishi va evolyutsiyasi hamda yashash uchun kurash `oyalari ilgari surib, dialektik nazariya asosida fikr yuritganlar.
Biologiyaning shakllanishi va rivojida keskin davr buyuk ingliz olimi Ch. Darvinning sodda shaklidan murakkabroqqa asta-sekin milliard yillar davomida, er evolyutsiyasi nazariyasining yaratilishi bilan boshlandi. Bu nazariya o`simlik va hayvonot olamidagi barcha murakkab jarayonlar haqidagi tushunchalarni tubdan o`zgartirdi va qayta shakllantirdi. Biologiya fanining rivojlanishi jarayonida mavjudotlar shakllarining tuzilishi, faoliyati, taraqqiyoti, evolyutsiyasi va ularning atrof-muhit bilan munosabatini chuqur o`rganuvchi tarmoqlar vujudga keldi. Tirik tabiatdagi barcha jarayonlarni ilmiy nazariyalarga asoslangan holda organizm qismlari va organizmdagi yaxlit uy`unlashgan faoliyat sir-asrorlarini va umuman tiriklikning kelib chiqish, evolyutsiyasini, unga xos belgi va hususiyatlarini chuqur talqin etish, biologiyaning muhim vazifalaridan biridir.
Tiriklikning tub mohiyatlaridan biri xar bir organizmga xos bo`lgan irsiy xususiyatlarning uning avlodlariga o`tishi bilan shu organizmlarga xos xususiyatlarning saqlanishdan iboratdir. Bu tiriklik mavjudot tarkibiy qismining o`z-o`zidan hosil bo`lishini ta`minlovchi jarayonlar tufayli nuklein kislotalar faoliyatlari asosida ro`y beradi. Tirik mavjudotlarga o`zgacha belgilarning paydo bo`lishi, ya`ni o`zgaruvchanlik xosdir. Bu jarayon ham irsiyat moddasi - nuklein kislotalardagi o`zgarish natijasida sodir bo`ladi. Yuqorida bayon etilgan tiriklikning barcha belgi va xususiyatlari qatorida sharoitga moslashish, o`z-o`zini boshqarish, hosil qilish hamda ichki muhit sharoitining barcha ko`rsatkichlarni tur`un holatda saqlash ya`ni organizm gomeostazini belgilab berish kabi murakkab jarayonlar majmui xar bir tirik mavjudot uchun xos bo`lgan belgilarning zamonaviy tushunchasi hisoblanadi.
Kurrai zamindagi turli-tuman o`simlik va hayvonot dunyosi shundaygina tarqalib qolmay, balki uning tarqalishini o`zaro uzviy bo`lanish hosil qilgan yagona hamkor sistema bunyod etadi. Bu sistema yaratuvchilar, iste`molchilar, organik moddalarni parchalovchilar hamda muhitning qisman tirik bo`lmagan tarkibiy qismlarini o`z ichiga oladi. Tarkibiy qismlar orasidagi munosabat va shu jarayonda insonning o`rni muhim ahamiyatga egadir. Munosabatlararo jarayondan inson o`ziga naf chiqarish bilan mavjudotlar va atrof-muhit o`rtasidagi mutanosiblik aloqasining buzilmasligi ekologiyaning dolzarb masalasi tarzida o`rganiladi.
Biologiya fani bo`l`usi agronom, selektsionerlarning shakllanishida dunyoqarashidagi ilmiy-tabiiy biri hisoblanadi. Zamonaviy bi-ologiya bir tomondan xayot faoliyatining fizik-ximiyaviy asoslari va sistemali mexanizmlarni anglatuvchi bilimlarining tez rivojlanayotganligi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan biologiyaning sotsial mohiyati ortishi, ya`ni biologiyaning jamiyat xayoti hamda uning o`rganish ob`ekti hisoblanishi bilan uzviy bo`liqligi ortib bormoqda.
Biologiyaning rivoji bilan uning turli tarmoqlari o`zining taraqqiyot yo`nalishi bo`lgan alohida fan sifatida shakllanadi. O`simlik olamini-botanika, mavjudotlari tuzilishi va faoliyatini anotomiya, gistologiya, fiziologiya, irsiyatning genetikasi, organik olamning tarixi rivojlanishini evolyutsiya, mavjudotlarning o`zaro va atrof - muhit bilan uzviy aloqasini biologiyaning ekologik tarmoqlari o`rganadi.
Shuning uchun ham xozirgi biologiya tiriklik haqidagi murakkab fanlar majmuidan iboratdir.
5. Mavjudotlar guruhi orasida o`zaro o`xshashlik va farqlar bo`lishidan kat`iy nazar ular, ya`ni barcha tirik mavjudotlar o`z tirik-lik darajasiga egadir. Xar bir organizmning tarkibi kimyoviy modda birikmalaridan iborat. Shu moddalar organizmning eng sodda tashkiliy darajasi xujayraning asosini tashkil etadi. Xujayralar o`z navbatida organizm uchun xos bo`lgan a`zo va to`qimalarni, ularning o`zaro murakkab munosabati bir butun yaxlit organizmni hosil qila-di. Tirik mavjudot tuzilmalarining bir tartibda ekanligi haqidagi tushuncha tiriklikning tashkiliy darajasida o`z aksini topadi. Tiri-klikning molekulyar, sub xujayraviy to`qima va a`zo, organizm, popu-lyatsiya-tur, biogeotsenotik va biosfera darajalari tafavvut etiladi.
6. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi. Kuzatish metodi, taqqoslash metodi, tarixiy metod, eksperim ntal metod, modellashtirish metodi. Kuzatish metodi organizmlar va ularning atrofidagi muhitda ro`y beradigan xodisalarni tasvirlash va taxlil qilish imkonini beradi.
Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o`xshashlik va farqlar taqqoslash usuli yordamida aniqlanadi. Turli sistematik guruhlar organizm, uning organlarini tarixiy jarayonda paydo bo`lish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyutsion ta`limoti yaratildi. Eksperimental metod orqali tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqea - hodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur o`rganiladi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda.
Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko`p muammolar, o`z echimini kutayotgan masalalar, tirik tabiat sirlari mavjud. Bu muammolar birinchidan molekulalarning tuzilishi va funktsiyasini aniqlash: ikkinchidan, bir va ko`p xujayrali organizmlarning rivojlanishi tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishdagi irsiyat mexanizmlari, ya`ni oqsil biosintezidan xujayra hosil bo`lguniga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; to`rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, erda hayotning paydo bo`lishi muammosini echish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatdagi ko`rsatadigan ijobiy va salbiy ta`sirini bilish; ettinchidan odamning paydo bo`lishi bilan ochiq bo`lgan ba`zi muammolarni xal etishdan iborat, yuqorida qayd etilgan muammolarni echish biologiya fani oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni echish bilan cheklanib qolmasdan u juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo`lgan muammolar echishda ham faol ishtirok etadi.
Yerda hayotning paydo bo’lishi masalasi tabiiy fanlar kontseptsiyasining hozirgi kunga qadar mavjud eng qiyin va shu vaqtning o’zida eng qiziqarli muammolaridan hisoblanadi. U shuning uchun ham qiyinki, fan sifat jihatidan yangi hisoblanmish hayotni yaratish va uning taraqqiyotini pog’onama-pog’ona aniqlash uchun eksperimental tajriba asosida to’lig’incha yechish imkoniga hozircha ega emas.
Olimlar hayotni vujudga kelish jarayonini bundan bir necha milliard yil ilgari mavjud bo’lgan muhitni aynan o’sha davrga mos keladigan qilib yaratish imkoniga ega emaslar. Hatto aynan o’sha tirik mavjudotlarning paydo bo’lish davriga monand qilib yaratilgan muhit ham model eksperimentgina bo’lib qolardi xolom. Metodologik jihatdan qiyin hayotni paydo bo’lishini aniq ravishda tushuntirish, o’sha o’tgan geologik davrni aniq yaratish bilan bog’liq.
Hayotning paydo bo’lish masalasi, o’lik tabiatni tirik tabiatdan farqli xususiyatini hamda hayot evolyutsiyasini aniqlash jihatidan ham juda qiziqarli.
SHunday ekan, biz quyida eng avval koinot bo’shlig’ida Yer qurrasini shakllanishi, unda hayot paydo bo’lganga qadar mavjud bo’lgan muhit, so’ngra esa hayotning ilk davri va nihoyat hayotning bunyodga kelishi va uning taraqqiyoti haqida fikr yuritamiz.
Adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, 20 mlrd. yil muqaddam koinotning qaysi bir bo’shlig’ida ulkan vodorod buluti vujudga kelgan. Gravitatsiya (tortish kuchi) ta‘sirida bu bulut siqila boshlagan, Gravitatsion energiya (kuch) asta-sekin issiqlik energiyasiga o’ta borgan, natijada mavjud bulut yulduzga aylangan. Shundan so’ng yulduz ichida mavjud energiya million (gradus)gacha yetgach, yadro reaktsiyasi boshlanib, vodorod atomi geliy atomiga aylangan va vodorodning to’rt atomidan bitta geliy atomi hosil bo’lgan. Geliy hosil bo’lish jarayonida vodorod atomlarining qo’shilish reaktsiyasi davomida kuchli energiya hosil bo’lishi davom etgan. Vodorod jamg’armasining cheklanganligi tufayli uning yadro reaktsiyasi asta-sekin to’xtab yulduz ichi bosimi sekinlashib borgan. Lekin gravitatsiya kuchiga to’sqinlik qiluvchi qarama-qarshi kuch bo’lmaganligi tufayli yulduz yanada siqila borgan.
Gravitatsion siqilish haroratning qayta, takroriy ravishda yangitdan ko’tarilishiga sabab bo’lgan va geliyni har uch atomi uglerod yadrosiga aylangan. Geliy uglerodga nisbatan tez yonganligi tufayli yangitdan vujudga kelgan. Yulduzning ichki issiqlik bosimi kuchi gravitatsion kuchga nisbatan ustun chiqadi va yulduz yangitdan kengaya boshlaydi. Bu bosqichda u juda issiq va mahkam yadrodan iborat bo’lib, unda geliyning yonishi davom etib geliy va yonib ulgurmagan kaliy vodorod zanjiridan tashkil topgan jild (qobiq) vujudga kelgan. Astronomlar ta‘biriga ko’ra bunday yulduzlarni qanotli yulduzlar deb ataydilar.
Yulduz ichida yadrolarning to’qnashuv va o’zgarish jarayonlari tuhtovsiz davom etgan. Geliy yadrolarini uglerod yadrolari bilan birikishi natijasida kislorod yadrosi, so’ngra neon, magniy, kremniy, oltingugurt va shu singari boshqa elementlarning yadrolari shakllangan. Yadro yonilg’i qoldiqlari oxiriga qadar yonib bo’lgach, yulduzlar o’z muvozanatini yo’qotishi natijasida qayta portlash hodisasi bo’lishi vaqt-vaqti bilan davom etgan. Bu portlashlar natijasida yanada yangiroq yulduzlar paydo bo’la borgan.
Yulduzda sodir bo’ladigan portlashlar oqibatida juda ko’p miqdorda (cheksiz ko’p og’ir ximiyaviy element sintezi kuzatilgan, bu og’ir ximiyaviy elementlarning bir qismi kosmosga otilib chiqqan (uloqirilgan) va vodorod bilan birikkan. Natijada kosmik koinotda Yer qurrasida uchraydigan barcha ximiyaviy elementlar sintezi sodir bo’lgan. Vodorod va vodorodli birikmalardan tashkil topgan yulduzlarning kelgusi avlodida, boshdanoq (yulduzlarning shakllanish davrida) og’ir ximiyaviy elementlar aralashmasi (qotishmasi) mavjud bo’lgan.
CHetdan qaraganda materiyaning barcha bo’laklari, jumladan Yer qurrasi va unda mavjud barcha moddalar yo’qdan bor bo’lgandek ko’rinadi. Haqiqatdan ham shundaymi?
Bu borada falsafa va tabiat olamining o’rganilish tarixiga e‘tibor bersak, turli-tuman qarashlar borligining shohidi bo’lamiz. Yo’qdan bor bo’lish g’oyasi dastlab Arastu «Metodika»sida o’z aksini topgan. «Dastlab bo’shliq paydo bo’lgan, undan so’ng Geo (er) vujudga kelgan» degan g’oya tarafdori. Xristian diniy kitobi «Bibliya»da yozilishicha xudo (olloh) olamni yo’qdan, bo’shliqdan yaratgan va shundan so’ng unda tartib o’rnatgan deyiladi.
Ammo yo’qning o’zi nima? Bu savolga Angliya kibernetigi U.R.Eshbi aniq javob beradi. Uning fikricha, cheksiz turli-tumanlik boshqacha qilib aytganda parokandalik yoki yo’q elementlar orasida hech qanday bog’lanishning (aloqaning) yo’qligi, predmet va hodisalar turli-tumanligining cheklanganligidir.
SHunday qilib, bu falsafiy abstraktsiya, predmet va hodisalar bir-biriga bog’liq bo’lmagan, bir-biri bilan aloqador bo’lmagan olam.
Tabiiyki, bunday olam mustaqil ravishda rivojlanish imkoniga ega emas. Shuning uchun ham yo’qning birlamchiligi haqidagi g’oya olloh (iloh) kuchi bo’lib, butun koinot va undagi barcha mavjudotlarning g’ayri tabiiy kuch. Olloh tomonidan yaratilganligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liq. O’z holiga qoldirilgan va biror-bir kuch tomonidan boshqarilmagan bunday olam soddalanish, vayron bo’lish, yemirilish va to’liq halokatga mahkum.
Hozirgi ilmiy texnik taraqqiyot jarayonida hayotning elementar asoslari har tomonlama o’rganilayotganligi tufayli tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlar haqida quyidagi fikrlarni ko’pchilik tan olinganligini shohidimiz:
-koinotning barcha predmetlari va ularning rivojlanishi uch tomonlama - modda, energiya va informatsiya almashinuvidan iborat;
-almashinuv jarayonida predmetlar o’rtasida modda, energiya va informatsiya almashinuvi sodir bo’ladi. Informatsiyada almashinuvchi tomonlarning har birida o’zi uchun xos bo’lgan xususiyatlar namoyon bo’ladi;
-predmet va hodisalarning o’zaro modda, energiya va informatsiya almashinuvi jarayonida almashinuvchi tomonlarning xususiyatlari asosiy shartlardan hisoblanadi. Takomillashgan, murakkab, kuchli tomon tashqi muhitdan sodda tomonga nisbatan ko’p informatsiya oladi va shu vaqtning o’zida o’zi ham kuchli informatsiya manbai hisoblanadi;
-almashinuv qobiliyatiga ega bo’lgan har bir tomon o’zining cheksiz xususiyatlariga ega ekan, informatsiyalar ham son jihatidan cheksizdir.
Bu informatsiyalar qonuniy ravishda ularning biridan ikkinchisiga o’tishi muqarrar. Shunday ekan, modda, energiya va informatsiya almashinuvi jarayonini matematik ishlov usuli yordami bilan ularning murakkabligi va almashinuv darajasini aniqlash mumkin.
Yuqorida eslatilgan murakkab materiya bo’laklarining nisbatan oddiydan vujudga kelishi muammosiga qaytaylik. Buning uchun quyidagi shart va sharoitlar mukammal ravishda mavjud bo’lishi asosiy shartlardan hisoblanadi:
1. Nisbatan sodda komponentlar massasining bo’lishi (mavjudligi).
2. Aloqa uchun komponentlarning printsipial qobiliyatini mavjudligi.
3. Geliy sintezi uchun sarflanadigan energiya manbai - issiqlik energiyasiga almashuvchi gravitatsiya kuchi, atomlar harakati energiyasi hamda yulduzlarning portlashi natijasida sodir bo’ladigan va o’ta yangi yulduzlar hosil bo’lishi uchun sarflanadigan energiyaning mavjudligi.
4. Yangitdan vujudga kelgan ximiyaviy elementlarning barqarorligi: birinchidan ularning yadrosi ichidan o’z kuchi, ikkinchidan yulduzlarning portlashi natijasida kosmik koinotga uloqtirilgan kuch bilan ta‘minlanishi.
5. Og’ir metallarning bir qismini koinotga uloqtirilishi, materiya evolyutsiyasida ular ishtirokining dastlabki shartlaridan hisoblanishi.
Murakkab ximiyaviy elementlarni vodoroddan vujudga kelishi davomli, sodda bo’lmagan, ko’p pog’onali jarayondir. Ularning tuzilishi va tarqalishi - moddalarning yulduzlararo muhitdan sodir bo’ladigan tsirkulyatsiyasiga bog’liq deb qarash mumkin.

Yüklə 35,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə