Biologik membranalarning tuzilishi va funksiyasi. Reja: Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari


Rasm 4.2.2. Biomembranalarning sxematik tuzilishi



Yüklə 55,52 Kb.
səhifə4/15
tarix11.12.2023
ölçüsü55,52 Kb.
#147213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Reja Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari-fayllar.org

Rasm 4.2.2. Biomembranalarning sxematik tuzilishi.

5. Biomembranalarning xossalari
Biomembranalar tanlab o’tkazuvchanlik, egiluvchanlik, qo’zg’aluvchanlik, fagotsitoz, energiya hosil qilish, qisqaruvchanlik va retseptorlik kabi xossalarga ega.
Biomembranalar faol tizim bo’lib, u hujayraning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini, turli xil moddalarni, jumladan ionlarni tanlab tashqi muhitdan ichkariga kirishi va tashqariga chiqarilishini, gormonlar va boshqa boshqaruvchi molekulalarning bog’lanishini, fermentlar katalizlaydigan turli rekatsiyalarning kechishini, elektr impulslarning hosil bo’lishi va o’tkazilishini ta’minlaydi. Har bir membrana o’ziga xos bo’lgan funktsiyani bajaradi. Umuman membranalarning strukturasi ma’lum vazifani bajarish uchun moslashgan bo’ladi.
Membranada tizimlar ikkita asosiy faza holatida bo’lishi mumkin:
1) qattiq ikki qatlamli kristall holat yoki gel holatida,
2) suyuq kristall holatda bo’ladi.
Ikkala holatda ham lipid fazasining ikki qatlamli strukturasi saqlanib qoladi. Membrana harorati oshirilganda qattiq fazaning suyuq fazaga nisbati o’zgaradi. Membranani tashkil qilgan fosfolipidlarning yarim miqdori qattiq va ikkinchi yarmi suyuq bo’lgan holatni belgilaydigan harorat fazali o’tish harorati deyiladi. Bu harorat lipidlarning uglevodorod zanjiri uzunligi va uning to’yinish darajasiga bog’liq. Lipidlarning uglevodorod zanjirlarning uzunligi oshishi bilan fazali o’tish harorati ham oshadi va to’yinish darajasi kamayishi bilan bu harorat pasayadi.
Fazali o’tishda sodir bo’ladigan o’zgarishlar asosida lipidlarning uglevodorod zanjirlarining fazoviy o’zgarishlari yotadi. Gel - suyuq kristall holatdagi fazalararo o’tishda uglevodorod zanjirlari trans holatidan tartibsiz holatiga o’tishi sodir bo’ladi. Bunda bir lipid molekulasi egallaydigan yuzaning qiymati oshadi va uglevodorod qatlamining qalinligi kamayadi. Bunda tashqi qavatlar oqsil molekulalaridan va o’rtada joylashgan qavat ikki qator holatda joylashgan lipid molekulalaridan tashkil topganligi aniqlangan. Membrana tashqi tomonida joylashgan oqsil molekulalari yaxlit holatda emasliga sababli lipid molekulalari hujayra tashqarisida mavjud bo’lgan gidrofob xususiyatga ega moddalar bilan bevosita ta’sirlashadi. Buning natijasida esa suvda erimaydigan holatdagi moddalar membranadan bemalol lipid molekulalari qavatida erishi orqali o’ta oladi. Hujayra membranasi tashqi tomonida joylashgan oqsil molekulalarining maxsus konformatsiyasidan hosil bo’ladigan ion kanallari orqali turli xil ionlar qat’iy tartibda, maxsus tanlovchanlik xususiyati asosida hujayra ichki muhitiga o’tkaziladi yoki tashqariga chiqarib yuborilishi amalga oshadi. Shu bilan birga membrana tashqi qismida joylashgan oqsil molekulalari membrananing ichki va tashqi qavatlarida joylashgan ferment tizimlari, ion kanallari, biologik faol moddalar bilan tanlovchanlik asosida ta’sirlashadigan retseptor deb ataluvchi maxsus molekula tuzilmalarini tashkil etadi. Bu tuzilmalar faoliyati asosida hujayra tashqi muhit ta’sirotlarini qabul qiladi

Yüklə 55,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə