FTAI
Jild: 03 | Nashr: 07 | June 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
71
Adxamov Samariddin Ikromjon o‟g‟li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o‟qituvchisi
“MOLIYAVIY NATIJALAR TO„G„RISIDAGI HISOBOT”NI MHXS LARGA
MOSLASHTIRISH MUAMMOLARI
FAN, TA’LIM VA
AMALIYOT
INTEGRATSIYASI
ISSN: 2181-1776
Annotasiya:
Ushbu maqolada Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga o‟tish
davrida “Moliyaviy natijalar to‟g‟risidagi hisobot”ni
MHXS lar asosida tuzishda,
Respublikamizdagi BHMS lari va ulardagi ko‟rsatkichlarni MHXS larga moslashtirish
bo‟yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so‟zlar:
Moliyaviy hisobot, daromad, xarajat,
operatsion faoliyat, davr
xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan daromad, asosiy xo‟jalik faoliyati.
Kirish.
Dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining integratsiyalashuvi va mamalakatlar
tomonidan faol investetsiya siyosatini qo‟llanilishi, ishonchli, real va hamma uchun
birdek tushunarli bo‟lgan moliyaviy axborotlarga bo‟lgan
talabning yuqoriligini
ko‟rsatadi. Bunday turdagi axborotlar asosan buxgalteriya hisobi ishining natijasida
vujudga keladi va moliyaviy hisobotlar ko‟rinishida axborot istemolchilariga taqdim
etiladi.
Biz
bilamizki, buxgalteriya hisobining pirovard natijasi (yakuni) bu moliyaviy
hisobotlar bo„lib hisoblanadi. Chunki bu moliyaviy hisobotlarda xo„jalik
so„b‟yektlarning moliyaviy xo„jalik faoliyatining xolati va faoliyatning natijalari o„z
aksini topgan bo„ladi. Moliyaviy hisobotlarning asosiy vazifasi o„z o„rnida ichki va
tashqi axborot foydalanuvchilarini real moliyaviy axborotlar bilan ta‟minlash bo„lib
hisoblanadi.
Moliyaviy axborotlar hamma uchun birdek tushunarli bo‟lishi
uchun moliyaviy
hisobot Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga (MHXS) asosan tuzishni taqazo
etadi. Jumladan respublikamizda amalda bo‟lgan moliyaviy hisobotning 2-sonli
shakli “Moliyaviy natijalar to‟g‟risidagi hisobot” ni ham
moliyaviy hisobot xalqaro