Bilig ilmiy faoliyat



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#140866
1   2   3   4   5   6
admin, 71-76 SAVOD O‘RGATISH JARAYONIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH ORQALI DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH

“Zanjir” o„yini 
O‗qituvchi bir so‗z aytadi, o‗quvchilar ketma-ketlikda zanjirni uzmasdan shu so‗z tugagan 
harf bilan boshlanuvchi so‗zni aytishlari lozim bo‗ladi. So‗z topolmay qolgan o‗quvchi 
zanjirni uzgan hisoblanadi va o‗yindan chiqib turadi. ―Zanjir o‗yini‖ ga misol: 
daftar,ruchka,anor,rubob,baliq,qalam,… 

Sirli kataklar” o„yini
O‗qituvchi ko‗rgazmani ko‗rsatib, kerakli harflarni qo‗yib so‗zlarni o‗qishni aytadi.
Bunday 
ko‗rgazmalar alifbe kitobining hamma mavzusida bor. Kitobning sahifalarida 
o‗rganilayotgan tovush va harf bilan bog‗liq narsa –buyumlarning rasmi berilgan. Shu 
rasmlarning ostiga katakchalar ilova qilingan. Katakchalar soni harflar soniga teng 
bo‗lganligi o‗quvchilarning o‗yinni to‗g‗ri bajarishiga yordam beradi.
Bu o‗yinni uyushtirishda o‗quvchilar guruhiga ikki-uchtadan shunday topishmoqlar 
beriladi. 
“Bo„g„inlardan so„z tuzish‟‟ o„yini
Doskaga yozma harflar bilan 
lola, ona, ana, tola, Lola, Ali
so‗zlari yozib qo‗yiladi. 
O‗quvchilar kesma bo‗g‗inlar yordamida shu so‗zlarni yozadilar. 

tovushi so‗zning 
qayerida kelayotganini aniqlaydilar. 
L
tovushi qatnashmagan so‗zlaning aralashtirilib 
berilishi o‗quvchilar diqqatini orttiradi. Bunday o‗yinlarni boshqa harflarni o‗rganish 
davomida ham qo‗llash mumkin. 

harfini o‗rganish jarayonida 
Omina, mana,Noila, nom, 
amma, nima
singari so‗zlarni kesma bo‗g‗inlar yordamida yozish mumkin. Birinchi bo‗lib 
yozib bo‗lgan o‗quvchi o‗yin g‗olibi hisoblanadi va rag‗batlantiriladi.


FTAI
Jild: 03 | Nashr: 04 | април 2022 
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
 
75 
O‗quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‗ulotlarni dars 
jarayoniga singdirishni talab qiladi. Psixologlarning aniqlashicha, bolalar o‗qituvchining 
oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma`lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar 
orqali o‗zlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida o‗zlashtirilgan 
bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o‗quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda 
faoliyat ko‗rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko‗plab o‗quv materiallarini 
xayolidan o‗tkazadi. O‗xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‗zicha mulohaza yuritib mustaqil 
hukm chiqaradi. O‗qituvchilarning tayyor holda bergan ma`lumotida esa o‗quvchi fikrlash 
faoliyati to‗la ishga kirishmasdan to‗g‗ri javobni o‗zlashtirib oladi. O‗xshash hodisalarga 
duch kelishi bilan o‗qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. 
Bugungi ta‘lim tizimi o‗qituvchilar oldiga ota mas‘uliyatli vazifalar yuklamoqda. 
O‘qituvchi har bir o‗tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, darslarni ilg‗or pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil qilishi, darsning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi 
zarur. Darslarni shunday tashkil etish kerakki, o‗quvchi har bir dars davomida egallashi 
lozim bo‗lgan bilimlar hajmini, o‗zida hosil qiladigan ko‗nikma va malakalarni oldindan 
belgilab olishi lozim. Bu o‗z navbatida o‗quvchining mashg‗ulotlarga aniq maqsad bilan 
qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o‗quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga 
erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo‗lishi zarur.
Bola dunyoga kelishi bilan ota-ona va qarindosh-urug‗lari kundan-kun o‗sib borayotgan 
yosh inson faoliyatida odamlarga xos har xil harakatlarni ko‗rgisi keladi va tez orada bu 
orzularining ro‗yobga chiqayotganligining guvohi bo‗ladi. Dastlabki davrlardan boshlab ona 
o‗z bolasining qo‗l-oyoq va gavda harakatlarini o‗yin sifatida shakllantiradi. Keyinchalik 
bolaning butun faoliyati o‗yin bilan bog‗liq bo‗ladi. Asta-sekin o‗yin yosh bola hayotining 
asosiy mashg‗ulotiga aylanadi. O‗yin bolani aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash 
vositalaridan biridir. Bolalar o‗yinlari yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishiga 
samarali ta‘sir ko‗rsatadi. O‗yin vaqtida bolaning sezgi va idroki, tafakkur va xayoli, xotira 
va diqqati, iroda va hissiyoti kabi ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. 
O‗yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo‗lish, jasur, qat‘iyatli bo‗lish, 
qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi. Bola 
kattalarning kundalik hayotiy faoliyatidagi yumushlarni o‗yin orqali bajarishga intiladi. 
Garchi bolalar o‗yinlari mazmunan kattalar faoliyatining bir ko‗rishini bo‗lsa-da, uning 
o‗ziga xos jihatlari bor. Birinchidan, bola o‗yinni o‗z xohishi bilan erkin va ijodiy bajaradi. 
Bu o‗yinlar emotsional bo‗lib, bolani o‗ziga jalb qilib oladi. Bola o‗yinga qiziqib ketadi, 
zavqlanadi, o‗rtoqlik hissi kuchayadi. Bolalar o‗yinlari mazmuniga ko‗ra o‗yinchoqli, 
harakatli va didaktik turlarga bo‗linadi. Bu o‗yinlarning barchasi bolalarni faoliyat 
yuritishga chorlaydi. Didaktik o‗yinlar esa bolaga ta‘lim berishga qaratilganligi bilan ajralib 
turadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə