Belbogʼli kurashning qoidalari


Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi



Yüklə 21,49 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü21,49 Kb.
#143808
1   2
Belbog li kurashning qoidalari

Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi
2021 yilning 10-13 sentyabr kunlari Ruminiya davlatining Konstansa shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan kurashchilar ishtirok etishdi. Ushbu xalqaro turnir doirasida Yevropa hamjamiyati taklifi bilan Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi. Bu haqda AOKAda bo'lib o'tgan brifingda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Kamoliddin Usmonov ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Yevropa belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan bu kurash turini sof o‘zbekcha so‘z bilan “Bellash” deb atash taklifi ham ilgari surildi va Bellashning birinchi butunjahon ta’sis kongressi o‘tkazildi. Ushbu bellash qoidalari O‘zbekiston vakili tomonidan yozildi va Konstansiyada o‘tkazilgan xalqaro Kongresda tasdiqlandi.
Bellash Jahon assotsiatsiyasining maqsadi — mamlakatimizning yana bir sport turini dunyoga eksport qilib qit’a, jahon chempionati, olimpiada hamda paraolimpiada o‘yinlaridan joy olish. Ushbu sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan musobaqalarida ko‘zi ojizlar xam ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Yüklə 21,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə