Barhayot qadriyatlar



Yüklə 8,54 Mb.
səhifə3/3
tarix04.06.2023
ölçüsü8,54 Mb.
#115409
1   2   3
Barhayot qadriyatlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Uztoz

Ustoz: Go’zal bir yurt bor emish, gulzor chamanzor emish
Bog’da sayrasa bulbul,olam guliston emish.
To’satdan bir kun yurtni,har tomondan yov bosdi.
Payhon etib ekinni,xalqni qatl etibdi,
Yurtda bir ayol qolib, omon qolish hohlarmish,
O’g’il qizini quchib,farzandiga jonin berarmish.
Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so’zi uch harfdan iborat bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andish degan ma’nolarni bildiradi. Ona go’zallik, donolik timsolidir.
Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o’zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot. Dunyoga keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat farog’atdan kechadi.
Navbatimizni bilimdon o’quvchilarimiz ijrosidagi “Onajonim mehribonim” nomli she’rlarimizga beramiz:


Murodjon: Hursand bo’ldim---nigoh soldim, olamga deb
O’ynab kuldim, mung yarashmas nolamga deb,
Avvallari so’ramabman, o’zimdan hech,
Nima qildim yolqizgina onamga deb.
Hushnud: Mehri bilan murg’ak jonim o’sar edi,
menga kelgan balolarni to’sar edi.
Yuragimni ming bir armon kesar edi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb
Bol totmadim alla aytgan so’zi kabi,
Vafodor yoq zor-intizor ko’zi kabi
Topolmadim bir mehribon o’zi kabi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


Nilufar: Qator-qator uylar soldim, to’ylar qildim
Alvon-alvon kimlargadir gullar terdim,
Ulguraman hali vaqti bo’lar dedim,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Omad so’rab olgan edim duosini
Topdim katta dunyolarning dunyosini
Ammo netay pushaymon dil nidosini
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.


Shirin: Jon bo’lmadim jondardlar tuyganida
Jigarimni dog’I bilan kuyganida
Ojiz qoldim ajal uni suyganida,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.
Kechroq qolsam ilhaq bedor kutar edi,
Suv so’rasam darrov choylar tutar edi,
Goh koyinsam---ichlariga yutar edi,
Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Ustoz: Hozir 4-“V” sinfning yuragida o’ti, bor sho’x-shodon, tinib-tinchimas o’g’il bolalari ishtirokida o’zbek milliy raqsi bo’lmish “Andijon polkasi”ni birgalikda tomosha qilamiz. Marhamat:
Ustoz: Senga dziz mehribon, oq sut bergan onadir.
Yotsang, tursang soyabon, parvonang shu onajon.
Yaxshi yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi
Holing ko’rib, bolam deb,ham quvonib kuyuvchi.
Shu onadir unutma,ta’zimda bo’l eg boshing,
Bir kun qo’ldan ketganda,befoyda to’kkan yoshing.
Onajon qarzdorman,bugun qoshingda,
Senga iliq so’zlar baxsh etgum kelar,
Eng nafis gullarni to’kib boshingdan
Mehring yuragimda naqsh etgum kelar.
Qaylarda bo’lmayin, uzoq yaqinda
Hayollaring ila nafs olaman,mushtiparim,sensiz nur yoqdir.
Sizdan uzoqlashsam, dildan yonaman.
Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog’ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh – haroratini, oy nurini, hayot go’zalligini onadan olgan
Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan. Navbatimizni aziz o’quvchilarimiz ijrosidagi “ Ona” xor qo’shig’iga beramiz.

Sinf o’quvchilari “Ona” qo’shig’ini xor tarzida ijro qilishadi va tadbirga taklif etilgan onajonlarini gul berib tabriklaydilar hamda ularga minnatdorchilik bildiradilar.


Uztoz: Bahoriy kayfiyat hech biringizni tark etmasin, sog’ bo’linglar.
Yüklə 8,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə