Bank auditi


Bank Kengashi va Boshqaruvi majburiyatlari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix04.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#115463
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
bank auditi (1)

 
Bank Kengashi va Boshqaruvi majburiyatlari. 
Bank Boshqaruvi yil yakunlari bo’yicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi 
uchun javobgardir. 
Bank Kengashi malakali auditor jalb qilinishi uchun javobgardir. Auditorlik 
tashkiloti yoki auditor va tijorat banki o’rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi hisobot 
yilidan keyingi yilning ikki oyi davomida Markaziy bankka taqdim etilishi shart. 
Auditorlik tekshiruvlari yakunlanganidan so’ng 10 kun muddat ichida 
auditorlik hisobotini Markaziy bankka taqdim etish tijorat banklarining 
majburiyatiga kiradi. 


Bank Kengashi quyidagi hujjatlar nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi 
shart: 
a) auditorlik hisoboti, balans, daromad va xarajatlar to’g’risidagi hisobot, pul 
mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotni o’z ichiga olgan xolis auditorlik 
xulosasi; 
b) ichki audit ahvoli to’g’risida alohida hisobot; 
v) tekshiruv davomida auditorlar tomonidan tayyorlangan barcha 
qo’shimcha hisobotlar. 
Bank Kengashi tijorat banki auditorlik hisobotini olgan vaqtdan boshlab 30 
kun mobaynida auditorlar tomonidan aniqlangan ichki nazoratga doir 
kamchiliklarni bartaraf etish va tavsiyalarni bajarishga karatilgan choralar 
yuzasidan Markaziy bankka hisobot berishi lozim. 
Auditorlarning vazifasi bank faoliyatini tekshirishda qo’yilgan barcha 
masalalarii aniqlashga qaratilgan bo’lib, bunda asosiy ma’suliyat shundaki bank 
muomalalarini noto’g’ri bajarish holatlari aniqlangan hollarda, joriy etnlgan 
buxgalteriya hisobi tartibi mijoz tomonidan buzilgan holatlarda davlat byudjeti 
yoki bankka keltirilgan zarar hajmi hisoblab chiqilishi va javobgar shaxslardan 
buning sabablari aniqlanishi lozim. 
 
 
2-rasm. Auditorlar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar.
4
 
Auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin tekshirish uchun tegishli savollar 
aniqlab olinishi lozim. Bu savollar tomonlar kelishuvi bilan tuziladi va bank 
faoliyatining hamma tomonlarini yoki aloxida bulimlarini o’zida aks ettirishi 
mumkin. 
4
To’laxodjaeva M. «Organizatsiya i metodi finansovogo kontrolya v Respublike Uzbekistan» / Avtoref. diss. dokt. 
ekon. nauk. - M.: MGU, 1998,str.15. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə