Bajardi: qoraboyev asadbek qabul qildi: D. Xakimov



Yüklə 114,65 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü114,65 Kb.
#159198
QORABOYEV ASADBEK PDF


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti

Iqtisodiyot fakulteti
Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 22.142-guruh
Biznes diplomatiyasi va etiket fanidan
BAJARDI: QORABOYEV ASADBEK
QABUL QILDI: D.XAKIMOV
Mavzu: Mintaqaviy mojoralarning vujudga kelish sabablari.

Reja:
1.Mintaqaviy mojarolar mavjud sotsial tartib va xalqaro munosabatlar


rivojlanishida krizisning o'ziga xos ko'rinishi.


2.Mintaqaviy mojaroning inson huquqlariga zidligi.


3.Mintaqaviy mojarodan manfaatdor kuchlarning mavjudligi.

Mintaqaviy mojarolarning ko'rinishlari: fuqarolar urushi, separatizm, qochoqlar muammosi, uning eksterritorial fenomen ekanligi,mintaqaviy mojaroning diniy jihati,mintaqaviy mojaroning yechim uslubi, mexanizmini ishlab chiqish vazifalari, mintaqaviy mojaroni bartaraf qilishning ahamiyati, mintaqaviy mojarolarning umumbashariylashishi va mustaqil rivojlanishi, global ham taraqqiyotga tahdid ekanligi,notinch mintaqalar muammosi.


Tinchlikni saqlash hozirgi zamon konsepsiyasining eng muhimunsurlaridan biri sifatida BMT Ustavidagi qoidalarni rivojlantirishda BMTning mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorligi va aloqasi hisoblanadi. BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1994-yilning 9-dekabrida qabul qilingan BMT bilan mintaqaviy organlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash sohasida ana shunday hamkorlikning turli shakllaridan foydalanishni nazarda tutadi.


Davlatlar ichidagi nizolarning sabablari ko‘p asrlar mobaynida eng yorqin siyosiy, ilmiy va falsafiy aql egalari tomonidan keng muhokama qilinadigan mavzu bo‘lib kelgan. Chunki, davlat darajasidagi nizolar ko‘p hollarda mamlakatda ichki urushning boshlanishi, hattoki dunyo miqyosida ham avj olib ketishi mumkin bo‘lgan, va albatta bunday nizolarning vujudga kelishi uchun ko‘plab sabablar mavjud bo‘lsa-da, ba‘zilari ko‘proq va tez-tez e‘tirof etiladi. Davlat darajasidagi har qanday mojaroda kuch va iroda ildiz otadi. Kuch va iroda davlatning atributlari bo‘lib, iqtisodiyot, harbiy qudrat, xalqaro munosabatlar va savdo kabi turli jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu komponentlarning barchasi hokimiyatni yo‘qotish yoki o‘tkazish qo‘rquvi, aholining munosabati, nazorat yoki iqtisodiy barqarorlikni yo‘qotish natijasida yuzaga keladigan boshqa salbiy ta‘sirlar tufayli mojaroni boshlashi va kuchaytirishi mumkin. Har qanday siyosiy vaziyatlar ichki yoki tashqi pozitsiyadan urushga olib kelishi mumkin. Agarda ichki pozitsiyadan urushga olib keladigan bo‘lsa, bu mahalliy, ya’ni fuqarolik urushlarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Fuqarolik urushlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kabi urushlar asosan bir mamlakat ichida mavjud bo‘lib, faoliyat yuritayotgan ijtimoiy guruhlar o‘rtasida davlat hokimiyatiga egalik qilish maqsadida olib boriladigan qurolli kurash hisoblanadi. Etnik va diniy xilma-xillik mamlakatlarni fuqarolar urushiga ko‘proq moyil qilib qo‘yishi, umume’tirof etilgan va eng kuchli etnik yoki siyosiy noroziliklarga ega bo‘lgan hududlarda mojarolar boshlanishini taxmin qilish mumkinligiga ishonishgan. Ammo siyosatshunoslar David Laitin va James Fearon tomonidan fuqarolar urushlari sabablari haqidagi tadqiqotlar bu mashhur nazariyalarni rad etadi. “Biz ma’lumotlarga qaraganimizda bularning hech biri o‘rinli emasligini aniqladik”, dedi Fearon o‘zining bir intervyusida. Buning o‘rniga, professorlarning ta’kidlashicha, ichki urushlar ko‘proq tog‘li, qashshoq, siyosiy jihatdan beqaror mintaqalarda sodir bo‘ladi, bu esa qishloq partizanlari urushi yoki qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlaydi. “Shikoyatlar ahamiyatsiz emas, balki ular hamma joyda mavjud. Qo‘zg‘olon bo‘lganda, uning shikoyatini hal qilish uni to‘xtatib qo‘yishiga esa har doim ham kafolat yo‘q”, dedi Laitin. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri 16,5 million kishi ichki mojarolarda halok bo‘lgan bo‘lsa, davlatlararo urushlarda 3,3 million kishi halok bo‘lgan. 1945 yildan beri 122 ga yaqin fuqarolar urushi bo‘lib o‘tgan, bu esa 25 ta davlatlararo urushga nisbatan ancha yuqori. Ichki mojarolar o‘rtacha olti yil davom etadi va Afg‘oniston, Somali va Livanda ko‘rinib turganidek, qochqinlarning keng miqyosda joylashishi va iqtisodiy vayronagarchilikka olib keladi. Shu narsani ta’kidlash joizki, iqtisodiy tengsizlik, demokratiya yoki fuqarolik erkinliklarining yo‘qligi yoki ozchiliklarning dinlari yoki tillariga nisbatan davlat tomonidan kamsitish kabi shikoyatlar kambag‘allik, katta hajm va beqarorlik bilan ajralib turadigan zaif davlatlarga qaraganda fuqarolik mojarosining kam samarali prognozi hisoblanadi. Qaysi davlatlar fuqarolar urushi xavfi ostida bo‘lganligini tushuntiruvchi omillar ularning etnik yoki diniy xususiyatlari emas, balki isyonni qo‘llab-quvvatlovchi sharoitlar hisoblanadi. Dunyoning eng ko‘p urush bo‘ladigan davlatlar qatorida Suriya, Iroq hamda Afg‘oniston kabi davlatlar o‘lim holatlari bilan yaqqol ajralib turishadi. Afg‘onistonga to‘xtalsak, 2001- yildan boshlab AQSh kuchlari Afg‘onistonda birinchi navbatda Tolibonni ag‘darib tashlash, so‘ngra mamlakatdagi asosiy institutlarni qayta qurish bilan birga Tolibonni Afg‘oniston hududidan to‘liq yo‘q qilishni bosqichma-bosqich ta’minlash uchun reyd uyushtirdi. Qo‘shma Shtatlar tinch aholini Tolibon hujumlaridan himoya qilish va Afg‘oniston hukumatiga mamlakatda o‘z mavqeini barqaror o‘rnatishga imkon berish uchun mamlakatda isyonga qarshi qo‘shinlarni ham joriy qildi. Biroq ko‘rilgan barcha choralarga qaramay mamlakatda isyonchilar to‘qnashuvi va Tolibon hujumlari davom etib keldi. Afg‘onistondagi so‘nggi urush vaziyati tinch aholini portlashlar, o‘zaro otishmalar, qotilliklar va qo‘lbola portlovchi qurilmalar orqali qurbon qilishda davom etdi. 2021-yil 15-avgust kuni Tolibon jangarilari poytaxtga kirib, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etishga va Afg‘oniston hukumatini qulashiga olib keldi. Shu kuni “Tolibon” butun mamlakatni boshqarayotganini e’lon qildi va avvalgi hukumat a’zolarini ta’qib qilmasligini hamda hech kimni mamlakatdan chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmasligini aytdi. Bu ichki nizolar natijasida minglab insonlar halok bo‘lishdi, shuningdek bu vaziyat o‘z ta’sirini dunyo hamjamiyatiga ham o‘tkazmasdan qolmadi, ayniqsa Markaziy Osiyo tinchligiga xavf solgan holda bu mintaqah aholisini sarosimaga tushurdi. Shuning uchun ham bunday holatlarda, ya’ni mojaro mahalliy doirada sodir bo‘lgan taqdirda ham bunga dunyo miqyosida yondashish juda muhim, chunki bu nizolar – urushga, urushlar esa jahon urushiga olib kelishi mumkin. Aynan shu maqsadda, ya’ni yer yuzida global miqyosda tinchlikni saqlash, inson huquqlarini ta’minlash va kafolatlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va ular tomonidan konvensiyalar ishlab chiqilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti yer yuzida tinchlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. 1943- yilda SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida BMTni barpo etish haqidagi qaror va 1950-yilda esa SanFransisko konferensiyasida BMT Ustavi qabul qilinadi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. Mazkur tashkilot muntazam ravishda xavfsizlikka doir masalalarni hal etish bo‘yicha ishlar amalga oshirib keladi. Kotibiyatda Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamentining mavjudligi ham buning dalili hisoblanadi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. Shuningdek, xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmi hisoblanadi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, aynan xalqaro xavfsizlik sohasining faqat o‘ziga yo‘naltirilgan tashkilot, qaysiki Yevropa xavsizlik va hamkorlik tashkiloti ham bu sohaning dunyo miqyosida rivojlanishiga va global muammolar bilan ishlashda samarali faoliyat olib bormoqda. YXHT davlatlar o‘rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta’minlaydigan xalqaro tashkilot hisoblanadi. 1973-yil 3-7- iyulda Yevropadagi 33 davlat tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Helsinkida kengashning 1-bosqich, 1973-yil 18-sentabrdan 1975-yil 21- iyuligacha Jeneva shahrida 2-bosqich va 1975-yil 30-iyuldan 1-avgustgacha Helsinki shahrida 3-bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan, bunda 35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirok etishgan. Yakunda Yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni ta’minlashning muhim omiliga aylangan. Tashkilot shu bilan birga ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko‘maklashadi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik forumi mavjud bo‘lib, har haftada uning majlislari o‘tkaziladi.




 “Integratsiya” so‘zi – bu jipslashish, uyishish degan maʼnoni anglatadi. Markaziy Osiyo uchun eng muhim jihat mintaqaviy integratsiya hisoblanadi. Bu ko‘p tomonlama hamkorlik natijasida shakllanadigan jarayon. Har bir davlat taraqqiy etishni maqsad qilgan. Taraqqiyotga erishishning eng muhim yo‘li – bu o‘zaro integratsiya. Masalan, Yevropa Ittifoqi boshqa integratsion mintaqalar uchun o‘rnak. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlatlari o‘z oldilarida turgan muammolarni aynan integratsiya orqali tezroq hal etib, taraqqiyotga erishdi. Ayni damda Markaziy Osiyo uchun o‘zaro integratsiya suv va havodek zarur. Siyosatda davlatlar aro va ikki tomonlama hamkorlik mavjud. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikda asosan bugun foyda olishga eʼtibor qaratiladi. Integratsiyada esa asosiy urug‘u kelajakka qaratiladi. Yaʼni integratsiyaning mevasi kelajakda bo‘ladi. Bundan tashqari, hamkorlikda yechib bo‘lmaydigan muammolarni faqatgina o‘zaro integratsiya orqali yechish mumkin. Siyosatshunoslar mintaqaviy muammolarning mavjudligi va dolzarbligi davlatlarning birlashuviga turtki berishni taʼkidlaydi.Hamkorliksiz integratsiya bo‘lmaydi. Integratsiya ham bir obyektiv jarayon. Bir mintaqada integratsiya shaklanishi uchun, avvalo hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi kerak. Chunki ko‘p tomonlama hamkorlik zaminida integratsiya vujudga keladi. Integratsiyaning o‘ziga xos tamoyillari bor. Misol uchun, o‘zaro ishonch va teng hamkorlik. Mana shu tamoyillar ham yaqin hamkorlik natijasida pishib yetiladi. 90-yillar boshida mustaqillikni qo‘lga kiritgan Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro integratsion jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun ko‘p harakat qildi. Lekin bu jarayon maʼlum bir bosqichga chiqib, institutsional darajaga chiqqanidan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan tashkilotlar o‘zining mohiyatini yo‘qotib bordi. Bunda biz ko‘p tomonlama hamkorlikka eʼtibor qaratmadik va o‘zaro strategiya ishlab chiqmadik. Aynan shu nuqtai nazardan, hozir Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘p tomonlama hamkorlikni shakllantirish bosqichida. Hali biz mintaqaviy integratsiya kirish jarayonida emasmiz. Yaʼni integratsiyaga bosqichma-bosqich erishiladi. Masalan, davlat rahbarlarining qarashlari alohida aytish mumkin. 1997-yilda Markaziy Osiyoda kim lider bo‘ladi, degan masala ko‘tarildi. Lekin o‘zaro integratsiyaning eng asosiy masala – bu tenglik! Shuningdek, integratsiyaga taʼsir o‘tkazuvchi tashqi omillar ham mavjud. Meni nazarimda, dunyoda Markaziy Osiyodek mintaqa yo‘q. Bu hududda eng asosiy kuch markazlarining manfaatlari to‘qnashgan. Masalan, AQSh, Rossiya, Yevropa, Eron va Xitoy. Manfaatlar ko‘p to‘qnashgan hududda geosiyosiy mavhumlik ham shu darajada kuchli bo‘ladi. Chunki bir kuchning bu hududda amalga oshirgan siyosatiga boshqa kuchlar javob qaytarishga harakat qiladi. Mana shunday vaziyatdan mohirona foydalanish uchun birinchi navbatda o‘zaro integratsiya zarur. Ayrim kuch markazlari esa bu mintaqada integratsiya bo‘lishini istamaydi. Integratsiya o‘ziga xos resurs talab qiladi. Yaʼni kelajak yaxshi bo‘lishi uchun unga nimadir tikish kerak. 90-yillarning boshida Markaziy Osiyo davlatlari integratsiya uchun resurs tikishga tayyor emasdi. Hozir Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli oldingidan ancha yaxshi. Bundan tashqari, dunyo tartiboti o‘zgarmoqda. Mana shu holatdan foydalanmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Hozir Markaziy Osiyoning integratsiyasi bilan bog‘liq qabul qilingan qarorlar deklarativ kasb etmoqda. Yaʼni, qaror qabul qilinadi, lekin uning ijrosi to‘liq bajarilmaydi. Shuningdek, haligacha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida chegara muammolari hal etilmagan. Bu muammoni hal etmasdan turib, integratsiya bosqichiga o‘tib bo‘lmaydi. Katta-katta davlatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegara muammosini allaqachon hal etib bo‘ldi. 2017-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi bir tashabbus bilan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari tashkil etilgan edi. Bu o‘ziga xos yangi bir siyosiy institut. Menimcha, bu o‘zini oqlamoqda. Chunki shu uchrashuvlar natijasida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch shakllandi. Maslahatlashuv uchrashuvlari barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lib o‘tdi va bu yana davom etadi. Chunki biz hali maslahatlashadigan masalalar juda ko‘p. Shu bilan birga, bu institutni yanada rivojlantirish kerak. Albatta, hamma o‘z manfaatini o‘ylaydi. Markaziy Osiyo integratsiyasidan mintaqa davlatlarining barchasi manfaatdor. Dunyo tartibotining o‘zgarayotgani, Yaqin Sharqdagi masala hamda Ukraina va Rossiya mojarosi fonida birlashishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. Buni barcha Markaziy Osiyo davlatlari yaxshi tushunib turibdi. Masalan, uchrashuvlarda barcha davlat rahbarlari ishtirok etmoqda. Bu ijobiy voqealik. Albatta, hamma o‘z manfaatini o‘ylaydi. Markaziy Osiyo integratsiyasidan mintaqa davlatlarining barchasi manfaatdor. Dunyo tartibotining o‘zgarayotgani, Yaqin Sharqdagi masala hamda Ukraina va Rossiya mojarosi fonida birlashishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. Buni barcha Markaziy Osiyo davlatlari yaxshi tushunib turibdi. Masalan, uchrashuvlarda barcha davlat rahbarlari ishtirok etmoqda. Bu ijobiy voqealik. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada yagona informatsion makon shakllantirishi kerak. Hozir Xitoy mintaqa davlatlari bilan birgalikda axborot makonini qurmoqchi. Bu o‘z o‘rnida Rossiyaning axborot taʼsirini kesadi. Boshqa tomondan Xitoy bu orqali Markaziy Osiyoda o‘z obro‘sini oshirmoqchi. Shuning uchun umumiy axborot makonini yaratishimiz kerak.
Integratsiya uchun muhim omillardan biri – bu strategiya. Yaʼni Markaziy Osiyo mamlakatlari birgalikda integratsiyaning strategiyasini ishlab chiqishi zarur. Bu bilan mintaqa davlatlari Rossiya, Xitoy va AQSh bilan qanday hamkorlik qilishni aniqlashtirib oladi. Strategiyada shu masalalar ko‘rsatib beriladi. Bunday strategiyani ishlab chiqish juda qiyin. Chunki unda 5 ta davlatni manfaatlarini birlashtirish kerak.
Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyasi uchun asos bo‘luvchi vosita hali topilmagan. Masalan, Yevropa Ittifoqi ko‘mir-po‘lat birlashmasi asosida rivojlandi. Osiyo integratsiyasi uchun energiya mahsulotlari asos bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyo integratsiyasidan asosiy manfaatdor – bu AQSh va Yevropa Ittifoqi. Chunki ular bu mintaqada Rossiya va Xitoyning taʼsirini ortishini istamaydi. Lekin Rossiya Markaziy Osiyoda integratsiya bo‘lishini xohlamaydi. “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil”, tamoyili hali ham mavjud. Xuddi, shunday qarash Xitoyda ham bor. Lekin bu davlatlar mintaqada tinchlik bo‘lishini istaydi.
Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror rivojlanish istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Barqaror, kutilmaydigan harakatlarni amalga oshirmaydigan va jadal rivojlanayotgan Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi muhim ko‘prik, shuningdek zamonaviy sharoitlarda tarixiy Ipak Yo‘lini tiklashda muhim rol’o‘ynashi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston mojarosini hal qilishdagi imkoniyatlarini real baholash, ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatish va keng qamrovli mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimdir. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni cheklaydigan bir qator jiddiy muammolarning mavjudligi bu ikki mintaqani integratsiya qilish va Afg‘onistonda murosali tinchlikni o‘rnatish maqsadida nostandart yechimlarni ishlab chiqish uchun mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish zarurligini ko‘rsatib turibdi. Afg‘onistonda Pushtunlar eng yirik, uzoq tarixga hamda hokimiyatda katta mavqega ega etnik guruh sifatida nafaqat Afg‘onistondagi eng qadimiy, eng katta guruh hisoblanadi, balki butun dunyoda ham eng yirik etnik guruhlardan biri sifatida ma’lum. Ayni patda, Afg‘oniston aholisi o‘ttiz to‘qqiz yarim million bo‘lib, umumiy aholining 42% ni pushtunlar tashkil etadi. Pushtunlar eng yirik etnik guruh, afg‘on jimayatining bir bo‘lagi sifatida mamlakatning ijtimoiysiyosiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Pushtunlarning aksariyati sunniylar va ularning ijtimoiy hayoti yozlimagan “Pushtunvali” shonsharaf kodeksiga asoslangan. Pushtunlar oddiy odamlarga qo‘shilib hayot kechirishni istamaydilar, aksincha, qabilalarga ko‘proq ahamiyat berishadi. Ularda uzoq yillardan beri mustaqil davlat “Mustaqil Pushtuniston” ni barpo etish g‘yasi mavjud. “Mustaqil Pushtuniston” davlatini tuzish rasmiy islomobod uchun ulkan tahdid sifatida ko‘riladi. Chunki ehtimoliy pushtunlarning davlatini tuzilishi Pokistonning hududiy yahlidligiga putr yetkazadi. Shu sababli ham davlat barpo etishga bo‘lgan harakatning oldini olish nafaqat Afg‘oniston siyosiy jarayonlarida, balki Pokiston siyosatining bosh mavzusiga aylandi. Ta’kidlash joizki, bu yerda pushtunlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan foydalanishi, Islomobodning esa davlatning hududiy yaxlitligi tamoyilini asos qilib olishi bosh muammolardan biri hisoblanadi. Afg‘on siyosiy sahnasida afg‘on pushtunlarining pokistonlik pushtunlarni qo‘llab-quvvatlashining kuchayishi va AQSh kuchlarini Afg‘onistonning xavfsizlik kuchlari, iqtisodiy sohasi va Lo‘ya Jirgada pushtun vakillarining o‘rnini oshirishi boshqa etnik guruhlar munosabatida o‘zgarishlarni vujudga keltirdi . Shu tariqa 2001-yildan 2020- yilgacha bo‘lgan davrda etnoslararo munosabatlarni ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtiruvchi omil sifatida asosiy rolni o‘ynashidan aynan unda istiqomat qiluvchi millatlar emas, balki ushbu millatlar orasida adovatni “eksport” qiluvchi tashqi kuchlar manfaatdor ekanligini ko‘rish mumkin.Ushbu to‘siqlar so‘nggi yillarda Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiqqa va Janubiy hamda Markaziy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy savdo-sotiqqa salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi savdo hajmi 2017- yildagi 1,5 milliard dollardan 2018-yilda 1 milliard dollargacha qisqardi va hozirgi kunda Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo hajmida ham rivojlantirish ko‘rsatkichlari kutilgan darajada emas.Аfgʻoniston- Eron orqali Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan Hindiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri savdo aloqalariga kirishish imkoniyatini mavjud ekanligi. (Hindiston tomoni bugungi kunda Eronning Chobahor porti bilan Аfgʻonistonning Hajigak hududiga bogʻlash maqsadida 900 km temir yoʻl qurish taklifini bermoqda . Shunigdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligig eng katta tahdid soluvchi omillardan biri bu Afg‘onistondan kirib keladigan narkotik moddlar savdosidir. Narkotrafik savdosi shubhasiz har ikki mintaqada xavfsizlikka rahna soluvchi eng jiddiy va o‘ta xavfli bo‘lgan omildir. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida berilgan statistikaga ko‘ra Afg‘onistondagi giyohvand moddalar savdosi beqarorlik va notinchlikning asosiy sabablaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) 2016-yilgi hisobotiga ko‘ra, noqonuniy afg‘on afyun iqtisodiyotining taxminiy qiymati taxminan 2,8 milliard dollarni tashkil etadi , bu Afg‘oniston umumiy YaIMning 13 foizini tashkil qiladi. Afg‘onistondagi giyohvand moddalar savdosi pul bilan bog‘liq bo‘lib, bu biznesga ko‘plab davlat va nodavlat sub’ektlari jalb qilingan. Afg‘on afyunining umumiy qiymati taxminan 61 milliard dollarni tashkil qiladi . Daromadning katta qismi urush lordlari, narkotrafiklar, transmilliy tarqatuvchilar va jangarilarga tushadi. Bu Afg‘onistondagi jangari guruhlarni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2012-yildagi hisobotiga ko‘ra, afg‘on toliblari har yili giyohvand moddalar savdosi, soliqqa tortish va tovlamachilikdan 400 million dollardan ortiq daromad olgan. Afg‘onistondagi jangarilar hech qachon mablag‘ tanqisligini oldini oladi, bu esa ularga o‘z terrorchilik faoliyatini to‘xtovsiz amalga oshirish imkonini bergan. Bundan tashqari, mintaqaviy barqarorlik ta’minlash va xavfsizlikni o‘rnatish uchun avvalo, Afg‘oniston barqaror bo‘lmog‘li lozim. Shundagina bunut mintaqa xavfsiz bo‘ladi. Mintaqada va Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishi uchun Pokiston va Afg‘onistonning yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Islomobod va Kobul chegarasi narkotik moddalar savdosi, qurol-yarog‘ kontrabandasi, noqonuniy savdo va jangarilarning harakatlanishi uchun ishlatiladi. Ikkalasi ham davlatlar oʻzaro kelishmovchiliklarni yengib oʻtishlari, chegara nizolarini hal qilishlari, chegara xavfsizligini taʼminlashlari va mintaqaviy aloqa va hamkorlik uchun birgalikda harakat qilishlari keraktalab etiladi. Fors ko‘rfazi va Markaziy Osiyo mintaqalari bilan bir vaqtda chegaradosh bo‘lgan Janubiy Osiyo xavfsizlik chetida joylashgan Afg‘oniston izolyator rolini o‘ynashda davom etmoqda. Afg‘oniston muammosi Janubiy Osiyo xavfsizlik dinamikasining o‘zagida emas. Hindiston va Pokistonning Afg‘onistondagi manfaatlari, birinchi navbatda, o‘zlarining xavfsizlik intilishlari va ishonchsizlik tashvishlarining aksidir. Bir tomondan, ular bir-birining ta’sirini tekshirish, Afg‘oniston tuprog‘ida bilvosita va noan’anaviy taktikalar bilan bo‘lsa-da, o‘zlarining proksi urushini davom ettirish mantiqiy asosiga tayanadi. Pokiston uchun Afg‘onistonga ta’sir qilish xavfsizlikning zaruriy sharti, Hindistonga qarshi strategik chuqurlikni saqlab qolish, Durand chizig‘ining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Pushtunlarning birlashgan Pashtunistonga intilishlarini yo‘q qilish, shuningdek, AQSh bilan iqtisodiy va harbiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati sifatida ko‘riladi. Hindiston uchun Afgʻonistondagi iqtisodiy taʼsir mamlakatdagi jamoatchilik fikrini Pokistonga qarshi qaratib, mintaqadagi giyohvandlik va fundamental islom xavfidan oʻzini izolyatsiya qilish bilan birga, uni mintaqadagi asosiy donor sifatida tan olish imkonini beradi . Afg‘oniston ikkita imperiya va ikkita mintaqani ajratib turuvchi davlatga aylandi. Rossiya imperiyasining Sovet Ittifoqi sifatida qayta tuzilishi, shuningdek, Britaniya Hindistoni o‘rnida mustaqil davlatlarning shakllanishi kabi omillar va o‘zgarishlar aloqalarning tiklanishiga olib kelmadi, natijada Janubiy Osiyoning geosiyosiy bo‘linishi sodir bo‘ldi. Afg‘onistondagi 40 yil oldin boshlangan mojaro ma’lum darajada bu mamlakatning o‘zaro yiroqlashishiga olib keldi. Aynan shu davrdan boshlab Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyoni ajratib turuvchi to‘siq bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda, Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarining shakllanishi o‘zaro manfaatli aloqalarning qayta tiklanishiga va mintaqalararo munosabatlarning qaytadan yangi bosqichda ko‘tarilishiga olib keldi. Ma’lumki Markaziy Osiyo Respublikalari okeanlardan uzilib qolgan ya’ni dengizga chiqish imkoni yo‘q, janubiy yo‘nalish geografik jihatdan dengiz portlariga eng qisqa va aniq yo‘l hisoblanadi. Lekin bu masala yuzasidan Markaziy Osiyoda ko‘plab murakkab muammolar mavjud bo‘lib, bu asosan Afg‘oniston bilan, undagi tolibon harakati bilan bog‘liqdir.Markaziy Osiyoning xavfsizligi Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan chambarchas bog‘liq ekanligini boshqa davlatlar ham ta’kidlab kelmoqda. AQShning Bosh generali AQSh harbiy havo kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general-mayor Jefri L.Xarijian fevral oyida Toshkent shahriga tashrif buyurgan edi. “Tashrif davomida AQShning Bosh generali so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik Afg‘onistondagi tinchlik va mintaqaviy xavfsizlikning kalitidir” degan edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o‘zaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida, Afg‘onistonda uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan urushni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdoridir.Afg‘onistonda davom etayotgan ziddiyatli voqea-hodisalar dunyo ahli e’tiborida bo‘lib Afg‘onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo‘ravonlik va qon to‘kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani – bularning barchasi mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda.
Tolibon Afg‘onistonda 2021-yil 15-avgustdan beri hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda mamlakatda noaniqlik va terrorchilik tahdidlari saqlanib qolmoqda. Chunki Tolibon tomonidan tayinlangan hukumat haligacha hech bir davlat tomonidan tan olinmagan. Qolaversa, mintaqada davlatlar va turli guruhlar oʻrtasidagi ziddiyatlar sezilarli darajada kamaygan boʻlsa-da, terrorchilik tashkilotlari mavjud boʻlishda davom etmoqda . Shuningdek, afg‘onshunos ekspert Indua Saksenatolliblarning hokimiyatni qo‘lga olishining mintaqa xavfsizligiga ta’sirini quyidagicha izohlaydi: “Afg‘oniston fuqarolik hukumatining qulashi butun Janubiy Osiyo uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tolibonning qayta tiklanishi butun mintaqada aqidaparast mafkura va fundamentalizmni qayta ishga tushiradi va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga ham tarqalishi mumkin. Tolibon mintaqadagi AlQoida va boshqa terrorchi guruhlar bilan aloqalarini qayta tiklashi mumkin. Yangi rejim Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv orollari va Myanmadagi radikal unsurlar va separatistik guruhlar uchun toza havo va ko‘payish uchun zamin yaratadi hamda mintaqalarning musulmon aholisi orasida o‘zining radikal Deobandi ta’sirini eksport qilishi mumkin. Tolibon Pokiston fundamentalistlari bilan yaqin munosabatlarga ega - bu Tolibonga mintaqada diniy mafkuralarini yoyishga yordam beradi. Mintaqaviy etnik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi g‘ovakli chegaralar Tolibonning fundamentalistik mafkurasiga kirib borishi va tarqalishi uchun qulay bo‘lar edi . So‘nggi 20 yil ichida Afg‘oniston-Pokiston (Af-Pak) qo‘shilish joyi global miqyosdagi eng xavfli joylardan biri bo‘lib, mintaqadagi terroristik guruhlar uchun xavfsiz boshpana va inkubator ekanligini isbotladi. Global tinchlik indeksi Afg‘onistonni so‘nggi to‘rt yil ichida eng beqaror va xavfli davlat deb baholadi. “Tolibon” boshqaruvining qaytishi va tashkilotning Af-Pak mintaqasidagi jangari guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi Janubiy Osiyo mintaqasini katta xavf ostiga qo‘yadi va zo‘ravonlik va qo‘rquvning kuchayishiga yo‘l ochadi. Tashkilotning hokimiyatga qaytishi tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz yana bir tashvish uyg‘otadi, buni Kobul aeroportida davom etayotgan vaziyat ko‘rsatib turibdi, mamlakatni tark etish istagida bo‘lgan va qo‘shni davlatlarga xavfsiz yo‘l izlayotgan odamlar to‘lib ketgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, G‘arb Afg‘oniston va Markaziy Osiyoga nisbatan noto‘g‘ri hisob-kitob qilgandek. Chunki AQSh Osiyoning qoq markazida Xitoy va Rossiya Afg‘onistondan to‘satdan chiqib ketganda ularni cheklab qo‘yadigan tahdid va betartiblik markazini yaratishni rejalashtirayotgani haqida gap bordi. Biroq, Rossiya-Ukraina urushi va Tayvan inqirozidan keyin mintaqaviy kuchlar muvozanati o‘zgardi. Shunday qilib, Yevropa Rossiyadan energiya olishni to‘xtatdi va Markaziy Osiyoga yuzlandi. G‘arbiy kapital Hindistonga ustunlik bera boshladi. Shunday qilib, Afgʻonistondan kelayotgan tahdidlar Gʻarb manfaatlariga zarar yetkazadi, chunki ular Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindistonga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Boshqacha aytganda, G‘arb Afg‘onistonda o‘ziga zarar keltiruvchi siyosat olib bormoqda, deb taxmin qilish mumkin. Bevosita, Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik bo‘lishi uchun Afg‘oniston tomonida barqarorlik hukm surishi kerak. Chunki, Afg‘oniston bevosita MO davlatlari: O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaraga ega ekanligi, shuningdek o‘xshash madaniyat, tarix va bir-biriga yaqin xalqlar ekaligi ham ikki tomonning umumiylikka yaqinlashtiradi. Bugungi kunga kelib Afg‘onistonda etnik tojiklar, o‘zbeklar, turkmanlar, qirg‘izlar va qazoqlar istiqomat qilib keladi. Shu sababli ham u yerda sodir bo‘lgan har qanday voqea va xodisa bevosita beshta davlatga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Misol uchun, Afg‘onisto va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarda Afg‘onistonda istiqomat qiladiga tojiklar juda muhim rol o‘ynaydi. “Tolibon” harakati vakillari e’lon qilingan vaqtinchalik hukumat tarkibida Afgʻoniston tojiklari uchun hukumatdan faqat uchta oʻrin berilishi mamlakatdagi ikkinchi eng katta etnik guruhi hisoblanib, mamlakat aholisining 25%ini tashkil etadi. Ular asosan Afg‘onistonning shimoli-janubiy viloyatlarida yashashadi va dariy hamda tojik tillarida so‘zlashishadi. Afg‘oniston tojiklari pushtunlar bilan siyosiy hokimiyatda boshqaruvni qo‘lga olish borasida o‘zaro raqobat olib borgan etnik guruh hisoblanadi . Xususan, toliblar tomonidan hokimiyatni qo‘lga kiritgan dastlabki davrida (1996-2001-yillar) boshqa etnik gurhlar singari Afg‘oniston tojiklariga nisbatan ham o‘ta keskin munosabatda bo‘ladi. Shu sababli tojiklar toliblarning asosiy raqobatchisi bo‘lgan “Shimoliy Alyans”ning harbiy-siyosiy kuchlarining asosini tashkil qilgan. “Shimoliy Alyans” Afgʻoniston shimoli-sharqidagi Panjshir vodiysida faoliyat olib bordi. Nyu-York va Vashingtondagi 11-sentabr hujumlaridan keyin “Shimoliy Alyans” AQShning Afg‘onistondagi asosiy ittifoqchisi bo‘lib xizmat qilgan va 2001-yilning kuzida toliblarni mag‘lub etishda muhim rol o‘ynagan. Bugungi kunda “Tolibon” hokimiyatni ikkinchi marotaba egallab olganidan so‘ng eksi adovat yana avj oldi. Bu safargi pashtun-tojik etnik guruhlari o‘rtasidagi konflikt Dushanbe rasmiy hukumati tomonidan toliblarning olib borayotgan sa’yharakatlarini keskin tanqid qilinishi mojaroning ancha keskin ekanligidan dalolat beradi. Afg‘oniston bilan 1300 kilometrlik chegara yaqinida Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) a’zolari qo‘shinlari bilan birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad ham toliblar bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy mojaroga tayyor turish va Afg‘oniston tojiklarinini qo‘llab-quvvatlashidan dalolat beradi. O‘z navbatida, “Tolibon” harakati vakillari ham Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegarasi bo‘ylab taxminan 4000 jangchini joylashtirganligi ham garchi “Tolibon” harakati rasmiylari bu harakat mintaqa barqarorligiga hissa qo‘shishini ta’kidlashsa-da ikki tomonlama munosabatlarning jiddiy ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Toliblarning Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon va Taxor viloyatlarida “Lashkar-e Mansuri” nomi bilan tanilgan xudkush-terrorchilar batalyonlarini ham joylashtirgani Tojikistondagi xavotirlarni kuchaytirdi . Ko‘rinib turibdiki, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash Markaziy va Janubiy Osiyo uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki mintaqalararo loyihalarda Afg‘oniston muhim o‘rin tutishi ma’lum. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik hayotiy ahamiyatga ega, ayniqsa, turli loyihalar energiya va koridorlarga asoslangan. Bundan tashqari, Afg‘oniston Osiyo va Yevroosiyo taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan davlatdir. Markaziy Osiyo va Hindiston yevropaliklar uchun muhim tortishish markazlari sifatida paydo bo‘layotgan bo‘lsada, bu tahdidlar Yevropaga ham zarar yetkazishi haqida bahslashish mumkin. Natijada, Afg‘onistondagi manba bilan ziddiyatning asosiy manbalari xorijiy aktyorlarning aralashuvi, mintaqaviy ta’sirni yaratish g‘oyasi va bu yo‘nalishdagi siyosatdir. Ko‘rib chiqilayotgan vaziyat iqtisodiy qiyinchiliklarga va rivojlanishga xizmat qiladigan loyihalarning oldini olishga olib keladi. Bundan tashqari, diniy va etnik o‘ziga xoslikni suiiste’mol qilish terrorchilik tashkilotlari uchun qulay sharoit yaratadi. Bularning barchasi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish va barqarorlikni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonni tark etib, butun Osiyo qit’asi, ayniqsa, Markaziy va Janubiy Osiyo taraqqiyotiga putur yetkazmoqchi, mintaqadagi beqarorlik o‘chog‘ini qoldirmoqchi bo‘ldi, deb hisoblar edi. Biroq Rossiya-Ukraina urushi yordamida AQSh Yevroosiyoga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan markaz yaratishga harakat qilgani aniq. Shu bois Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash butun mintaqa va mintaqaviy loyihalar, jumladan, Yevroosiyo uchun muhim ahamiyatga ega.
Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, Afg‘oniston Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyoning mintaqalararo aloqadorligi uchun kalit hisoblanadi. Afg‘onistonning mintaqadagi markaziy mavqei va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat bu ikki mintaqa o‘rtasidagi kelajakdagi hamkorlik va rivojlanishni belgilab beradi. Hozirda asosiy muammo Afg‘onistondagi beqarorlik va notinchlik bo‘lib, uni imkon qadar tezroq hal qilish zarur. Afg‘oniston Tolibon harakatining qayta tiklanishi va mintaqadagi xavfsizlik dinamikasining o‘zgarishi Afg‘onistondagi xavfsizlik muammolarini yengish uchun ko‘p qirrali strategiyani talab qiladi. Demokratiyaning tarqalishi va etnik diniy ozchiliklar uchun bag‘rikenglik tashqi siyosatning asosiy maqsadlari bo‘lishi kerak, chunki ular o‘z manfaati uchun maqsadga muvofiqdir va bu fuqarolar urushining oldini olish yoki tugatish uchun "sehrli o‘q" bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, etnik bo‘linishlarni o‘rnatish xavfli yo‘ldir, chunki bu qo‘zg‘olon boshlash imkoniyatini oshiradi. Bundan ham muhimi, xalqaro va nodavlat tashkilotlar rivojlanayotgan jahon armiyasi va politsiyasida huquqiy javobgarlikni yaxshilaydigan dasturlar ishlab chiqishi kerak. Ular, shuningdek, fuqarolar urushlariga qarshi kurashayotgan hukumatlarga yordam berishni, ularning vahshiyliklari yoki begunoh odamlarni o‘ldirishlari orqali qo‘shimcha isyonchilarni yaratmaydigan qo‘zg‘olonga qarshi samarali strategiyalarni qo‘llashlari sharti bilan amalga oshirishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. https://www.osce.org/
2. https://www.un.org/
3. https://www.worldatlas.com/articles/the-world-s-most-war-torncountries.html
4. https://www.cfr.org/global-conflict-tracker/conflict/war-afghanistan
5. https://news.stanford.edu/pr/02/civilwar925.html 6. Bosker, Maarten and Joppe de Ree (2010) “Ethnicity and the spread of civil war”, CEPR Discussion Paper 8055
Yüklə 114,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə