Bajardi: Muminova Dilfuza


Ilyos Muslim quyoshli Oʻzbekistonimizning goʻzalligini, bolalaming baxtiyorligini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda shoirning “Doʻstlik” sheʼri di



Yüklə 87,17 Kb.
səhifə3/4
tarix23.08.2023
ölçüsü87,17 Kb.
#120827
1   2   3   4
Ilyos Muslim hayoti va ijodi

Ilyos Muslim quyoshli Oʻzbekistonimizning goʻzalligini, bolalaming baxtiyorligini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda shoirning “Doʻstlik” sheʼri diqqatga sazovordir.

  • Ilyos Muslim quyoshli Oʻzbekistonimizning goʻzalligini, bolalaming baxtiyorligini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda shoirning “Doʻstlik” sheʼri diqqatga sazovordir.
  • Shoir doʻstlik va tinchlik tushunchasini kichik yoshdagi bola tasavvurida berib, ularni maktabgacha tarbiya yoshidanoq doʻstlik ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan deb biladi. Bu gʻoyani tinchlik uchun kurash tuygʻusi bilan omixta etib ifodalaydi.
  • Shoir tinchlikning mohiyatini tushuntirishda kichik yoshdagi bolalarning saviyasiga mos usullar qidirib topgan. Yaʼni bolalar tinchlikni shirin-shakar qand, shokoladlar, konfetlarning moʻlkoʻlligida deb tasavvur qiladi, degan xulosa chiqaradi. Tinchlikni shu yoʻsinda tushuntirib, ularning fikrini tasdiqlaydi:
  • Juda moʻl boʻlar shokoladlar ham,
  • Stolga toʻlar marmeladlar ham,
  • Koʻpayar yana shirin kulcha non,
  • Holva-yu konfet, obakidandon.
  • Bogʻlarda oʻynab-kulib yurgan va turli noz-neʼmatlardan bahramand boʻlgan bolalar ham, jahon mehnatkashlari ham elning, yurtning tinch va obod boʻlishini, ota-onalarining tashvish tortmasligini xohlaydi. Shuning uchun ham shoirning kichik qahramonlari olamga jar solib, tinchlik boʻlsin, deydilar:
  • Bogʻlarimizda yayraymiz har dam,
  • Bilim olamiz, kuylaymiz bardam.
  • Dunyoda xalqlar kun kechirsa tinch.
  • Ota-onalar tashvish tortmas hech.
  • Bu murojaatda bolalarning urushga qarshi nafrati, ozodlik bilan doʻstlikning qudratiga zoʻr ishonch oʻz ifodasini topgan.

Ilyos Muslim “Sening sovgʻang” nomli sheʼrida oʻz hunari bilan hammaning diqqatini tortgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Shoir bu obrazida hammani oʻziga jalb qilgan jajji qizning fazilatini koʻrdi va uni gavdalantirdi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan berilishidir. Buni shoir turli istioralar yordamida ifodalaydi:

  • Ilyos Muslim “Sening sovgʻang” nomli sheʼrida oʻz hunari bilan hammaning diqqatini tortgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Shoir bu obrazida hammani oʻziga jalb qilgan jajji qizning fazilatini koʻrdi va uni gavdalantirdi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan berilishidir. Buni shoir turli istioralar yordamida ifodalaydi:
  • Chaqnab turgan quvnoq koʻzingni
  • Qoʻlingdagi ishdan olmaysan,
  • Ishni har kun olib yoningga,
  • Zehn qoʻyib kashta tikasan.
  • Shoir chevar qiz oʻzining butun mehri bilan tikkan kashtasini onasiga sovgʻa qilishi bolaning ota-onaga boʻlgan cheksiz muhabbatini, u davr yoshlariga xos xislatlarga ega ekanligini ulugʻlaydi.
  • Ilyos Muslim jismoniy mehnatni maktabgacha tarbiya yoshidan boshlashni afzal koʻradi. Oʻzining bu ezgu niyatini u “Oyxon bilan rayhon” deb nomlangan jajjigina bir sheʼrida juda loʻnda qilib taʼriflaydi.
  • Oyxonning oddiy va soddaligi, tirishqoq va uddaburonligi, hatto katta yoshdagi bolalarni ham qoyil qoldiradi. U har xil koʻchatlar ekadi. Gap shundaki, yerga koʻchat ekish boshqa, uni parvarish qilish boshqa. Oyxon koʻchatlarga mehr bilan qaraydi. Tagini chopadi, suv quyadi. “Jambil, sada, oshrayhon” koʻmkoʻk boʻlib voyaga yetadi. Ayniqsa, “Oyxonning sochi kabi quyuq oʻsadi rayhonlari”. Rayhondan isteʼmol qilib koʻrganlar mehnatkash qizchaga rahmat aytib, minnatdorchilik bildiradilar:
  • Bobolar nasihatin
  • Eslab sevinchga botdi.
  • Halol mehnat rohatin
  • Oyxon ham shu kun totdi.

Yüklə 87,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə