Bajardi: Muminova Dilfuza



Yüklə 87,17 Kb.
səhifə1/4
tarix23.08.2023
ölçüsü87,17 Kb.
#120827
  1   2   3   4
Ilyos Muslim hayoti va ijodi


Fan: Bolalar adabiyoti nazariyasi Mavzu: Ilyos Muslim hayoti va ijodi
Bajardi: Muminova Dilfuza
Qabul qildi: Yormatov I
Angren Universiteti

Bolalar uchun asarlar yaratishni oʻzi uchun bir baxt deb bilgan, sermashaqqat va qutlugʻ bu ishga umrini bagʻishlagan Ilyos Muslim 1909 yilning 2avgustida Qirgʻizistonning Bishkek shahrida choʻyan quyuvchi – hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda shahardagi Narimonov nomli 1-boshlangʻich oʻzbek maktabiga kiradi. Maktabda oʻzbekcha, qirgʻizcha va ruscha kitoblarni sevib oʻqiydi. Atrofda boʻlayotgan oʻzgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va sheʼrlarini maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.

1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1930 yilda uni muvaffaqiyatli tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabogʻ tumanidagi Shaman, Qirgʻiz va Sherozi qishloqlarida oʻqituvchilik qiladi.

1931–1932-yillarda Ilyos Muslim Oʻzbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Oʻsuv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi toʻplami, 1934 yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938 yilda esa “Sheʼrlar” toʻplami maydonga keladi.

  • 1931–1932-yillarda Ilyos Muslim Oʻzbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Oʻsuv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi toʻplami, 1934 yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938 yilda esa “Sheʼrlar” toʻplami maydonga keladi.

Ilyos Muslim 30 yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning oʻsishi, dehqon taqdiri va ona-Vatanga mehr kabi oʻsha davr masalalari toʻgʻrisida fikr yuritadi. Masalan:

  • Ilyos Muslim 30 yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning oʻsishi, dehqon taqdiri va ona-Vatanga mehr kabi oʻsha davr masalalari toʻgʻrisida fikr yuritadi. Masalan:
  • Vatan hamdam,
  • Hurmiz har dam.
  • Yoshlik gʻuncha,
  • Oʻsar har dam.
  • Mehnat toshdi
  • Gʻayrat joʻshib.
  • Hayot qaynar
  • Zafar quchib.

Yüklə 87,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə