|
Bachadon rivojlanishining anomaliyalariBachadon bo’yni eroziyasi alomatlari
|
səhifə | 3/6 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 38,75 Kb. | | #164609 |
| Bachadon rivojlanishining anomaliyalari
Bachadon bo’yni eroziyasi bilan bog’liq vaziyat bu kasallikning aniq belgilari yo’qligi va ko’p hollarda o’zini umuman namoyon qilmasligi bilan murakkablashadi. Ammo eroziya rivojlanib borishi bilan bemorlar o’zlarida quyidagi belgilarni aniqlashlari mumkin:
Menstruatsiyalar orasida qonli, ba’zan esa yiringli ajralmalar ajralishi, masalan jinsiy aloqadan keyin sodir bo’lishi mumkin;
Qindan yoqimsiz hidli ajralmalar kelishi;
Ko’rpoq qon kelishli va uzoq muddatli menstruatsiya;
Siydik chiqarish yoki jinsiy aloqa paytida qorinning pastki qismidagi og’riqlar.
Bemorni tekshirish vaqtida ginekolog dastlab bachadon bo’ynini ko’zgular yordamida tekshiradi. Natijada, uning shilliq qavatida ginekologik asbob bilan aloqa qilganda qondaydigan, sog’lom to’qimalar fonidagi yorqin qizil rangli dog’ ko’rinishdagi epiteliy nuqsonlari aniqlanishi mumkin. Eroziya turiga qarab, kasallikning boshqa tashqi belgilari ham mavjud bo’ladi.
Ammo har qanday holatda, shuningdek kolposkopiya ham amalga oshiriladi (bachadon bo’yni va qinni kattalashtiruv ostida tekshirish) va onkologik kasalliklarni istisno qilish uchun eroziya yuzasidan surtma olinadi va tahlil qilinadi. Bachadon bo’ynini tasvirni 25-32 marta oshiradigan optik asbob bilan tekshirish mutlaqo og’riqsizdir. Ushbu manipulyatsiya shifokorga aniq tashxis qo’yish va to’g’ri davolashni belgilash imkonini beradi. Bundan tashqari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar va viruslar, OIV va gepatitlar, flora sinovlari va boshqa kasalliklar uchun tahlillar o’tkaziladi.
Ginekologiyada kasallikning bir necha turlari ajratiladi: chin, psevdoeroziya va tug’ma. Chin eroziya deyilganda aynan o’sha ginekologik tekshiruvlarda bosilganida qonaydigan yorqin qizil dog’ tushuniladi. Bunday eroziya shunisi bilan xavfliki, zararlangan hududlarda yiring paydo bo’lishi mumkin. Qoida tariqasida, chin eroziya ikki hafta davom etadi, keyin u biriktiruvchi to’qima bilan qoplanadi va psevdoeroziyaga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|