Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69
Azizaxon Rasulova

4-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha 
fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va 
elatlarning 
tillariga 
izzat-hurmat 
bilan munosabatda bo‘lish 
ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. 
5-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, 
milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida 
faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish 
ta’minlanadi. 
6-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini 
erkin tanlash huquqi beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda 
ham umumiy, hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni 
ta’minlaydi. 
7-modda. 
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining 
amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. 
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini 
ta’minlaydi, shu jumladan unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy 
va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. 
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan 
keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qo‘mitalarining roziligi bilan 
o‘zbek tiliga joriy etiladi. 


18 
8-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va 
e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon 
qilinadi. 
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat 
tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich 
yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining 
hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul 
qilinadi va e’lon etiladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə