Avzu topshiriq Tarmoq viruslari


Quyidagilar Davlat xavfsizlik xizmatining axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə2/2
tarix28.01.2023
ölçüsü28,01 Kb.
#99624
1   2
14talik

2. Quyidagilar Davlat xavfsizlik xizmatining axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:

(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)

axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari va tizimlarini rivojlantirish hamda foydalanish sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlarni zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq ravishda shakllantirish va amalga oshirish;

axborotni kriptografik muhofaza qilishni standartlashtirish, sertifikatlash va litsenziyalash, bu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni ta’minlash;

axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, axborotni kriptografik muhofaza qilishning mahalliy vositalarini ishlab chiqish.

3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar:

davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni;

davlat tashkilotlarining mulki hisoblangan maxfiy axborotni;

tashkilotlar tomonidan tovarlar va xizmatlarni davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun yetkazib berishda ularning idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maxfiy axborotini kriptografik muhofaza qilishda foydalaniladigan axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan vositalari majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi shart.

4. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) bilan birgalikda axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida tegishli standartlar, normativ va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etsin.

6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), MXX bilan kelishilgan holda, axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishni ta’minlasin.

7. “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) belgilangan tartibda MXXni axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida mahsulot (xizmat)larni sertifikatlash huquqini olishga akkreditatsiyadan o‘tkazsin.

Oldingi tahrirga qarang.

8. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan yoki kriptotizimlardan foydalanishni nazarda tutuvchi axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha loyihalar ekspertizasini o‘tkazishda mazkur loyihalarning DXX bilan kelishib olinishini ta’minlasin.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)

Oldingi tahrirga qarang.

9. Axborotni kriptografik muhofaza qilish mahalliy vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish maqsadida xarid qilinadigan dasturiy va texnika vositalari, nazorat-o‘lchov hamda tadqiqot komplekslari, shuningdek foydalanish materiallari DXXning tasdiqlovchi xati bo‘lgan taqdirda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.


(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
10. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M. Atayev zimmalariga yuklansin.
Yüklə 28,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə