Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar xaqida tushuncha



Yüklə 11,96 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü11,96 Kb.
#181996
1   2   3
Avtomatik nazorat qilinadigan kattaliklar xaqida tushuncha Avtom-fayllar.org

element sezgirligi

deyiladi.


Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element (kirish
kattaligi o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan) chiqish kattaligining o’zgarishidan hosil
bo’lgan o’zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit xaroratining,
ta’minlash kuchlanishining o’zgarishi va kabilar bo’lishi mumkin. Element
xarakteristikalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan hato nostabillik deb
ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o’rtasida ko’p qiymatli
bog’lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo’lishi
mumkin. Bunda kattalikning xar bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish
qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog’liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada
o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan qiymati
sezgirlik chegarasi deyiladi.
Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan xam xarakterlanadi. Elementlarning
sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan chegarada saqlash
qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalashvaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng ekspluatatsiya jarayonida
sinaladi.
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash,
ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik
sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular
funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo’linadi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o’zaro
bog’lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada
to’rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar

bilan belgilanadi. Strelkaning yo’nalishi signalning o’tishini ko’rsatadi (1.3 -

rasm).

Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining o’zaro


bog’lanishlarini ko’rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi.
Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi.
Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element ko’rsatilmasdan, balki
o’tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko’rsatiladi. Strukturaviysxemada elementlar to’rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida
elementning matematik modeli yoziladi (1.4- rasm).
Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik
xarakteristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan

iborat bo’ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.


Prinsipial sxemalar elementlarning o’zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi.
Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi.
Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini

tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm).

Montaj sxemalar moslamalar orasidagi tashqi ulanishlarni yoki moslama
ichidagi elementlarni o’zaro ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemalar montaj

ishlarini bajarayotganda ishchi chizmalar sifatida qo’llanadi (1.7.- rasm).




http://fayllar.org
Yüklə 11,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə