Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baxolash. Jizzax Politexnika Instituti ''Iqtisodiyot va menejment'' kafedrasi



Yüklə 14,9 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü14,9 Kb.
#139464
1   2   3
Auditorlik risk-WPS Office

Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim. Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk) – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish xususiyatlariga bog’liq.
Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
2. Tanlashdagi risk –bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan aniqlanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan holda tegishli auditorlik amallarini rejalashtirishi lozim.
Auditor auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayonida auditorliktekshiruvini samarali o'tkazishi uchun yetarli bo'lgan buxgalteriya hisobiva ichki nazorat tizimi to‘g‘risida fikrga ega boMishi lozim.Tavakkalchilikni maqbul bo'lgan past darajagacha kamaytirish uchunkerakli bo'lgan auditor tavakkalchiligiga baho berish va auditorlik muolajalarini ishlab chiqish maqsadida auditor malakaviy mulohazani qo'llashi lozim

Yüklə 14,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə