Audit” kafedrasi “audit” fanidan kurs ishi mavzu: Auditorlik tekshiruvin rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari Bajardi



Yüklə 138,99 Kb.
səhifə4/10
tarix02.03.2023
ölçüsü138,99 Kb.
#101764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Auditorlik tekshiruvin rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari

2-chizma. Auditni rejalashtirish3

3-chizma. Audit tekshiruvini oʻtkazish bosqichlari.4


Bizningcha, auditorlik faoliyatining auditning xalqaro standartlari hamda xalqaro auditorlik tashkilotlari tajribasidan kelib chiqqan holda, audit tekshiruvini oʻtkazish quyidagi beshta bosqichdan iborat boʻlishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
4-chizma. Auditni samarali oʻtkazishda umumiy reja va ishchi dastur tuzish hamda uslubiyotni ishlab chiqish uchun qoʻyilgan bosqichlar.5
Audit tekshiruvlarini oʻtkazishda ham maʼlum tartib, tamoyil va bosqichlarga rioya qilinishi va ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak. Bu borada E.A.Arens va Dj.K.Lobbeklar oʻzlarining quyidagicha fikrlarini berishgan.
Biroq, 300-sonli AXSga muvofiq, auditni rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit oʻtkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozimligi eʼtirof etilgan (10-chizma). Ular:
• uygʻunlik (komplekslik);
• uzluksizlik,
• maqbullik tamoyillaridan iboratdir
1-jadval

Rejalashtirishning kompleksliligi




Rejalashtirishning uzluksizligi




Rejalashtirishning maqbulligi

Birlamchi rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirish barcha bosqichlarining oʻzaro bogʻlangan va uygʻun boʻlishi taʼminlanishini taqozo etadi




Auditorlar guruhiga oʻzaro bogʻlangan topshiriqlarni belgilash va rejalashtirish bosqichlarini muddatlarhamda xoʻjalik yurituvchi turdosh subyektlar boʻyicha balansda oʻz ifodasini topadi., auditorlik tashkiloti xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatidagi oʻzgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlar natijalarini hisobga olganholda auditni oʻtkazish reja dasturlariga oʻz vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak boʻladi.




Rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti auditorlik tashkilotining oʻzi belgilagan mezonlar asosida audit umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyati uchun rejalashtirish
ning variantliligini taʼminlashi kerak.

Endi har bir tamoyillarga qisqacha taʼrif berish maqsadga muvofiq.
Uygʻunlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar boʻlgan barcha bosqichlarning oʻzaro bogʻliqligi va muvofiqligini taʼminlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy boʻlinmalar boʻyicha bogʻliqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chogʻida auditorlik tashkiloti oʻzi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega boʻlishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya-xoʻjalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
Ularga:
- xoʻjalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
- ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;
- kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovkalanishi kerak boʻlgan holda);
- mahsulot ishlab chiqarishning cheklanishi xususiyatlari va rentabellik darajasi;
- mahsulot ishlab chiqarishning cheklanishi xususiyatlari, shuʼba va tobe tashkilotlar mavjudligi;
- xodimlar mehnatiga haq toʻlashni shakllantirish qoidalari;
- xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standarining 3-son “Auditni rejalashtirish” standarti “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi maʼruzasida keltirilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 296-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini meʼyoriy tartibga solish unsuri hisoblanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qoʻllaniladigan meʼyorlarni belgilash auditning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar standartning asosiy vazifalari xisoblanadi:
• Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining bayoni;
• Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash tamoyillarini taʼriflash;
• Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining bayoni.
Mazkur bosqichning talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni nazarda tutadigan auditni amalga oshirish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, ular tavsiya tusida ekanligi ochiq koʻrsatilgan qoidalari bundan mustasno.
Mazkur standartning talablari uning natijalari boʻyicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni nazarda tutmaydigan auditni oʻtkazish paytida, shuningdek, auditni turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) koʻrsatilishi paytida tavsiya tusida boʻladi. Aniq topshiriqni bajarish paytida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan taqdirda auditorlik tashkiloti buni oʻzining ish hujjatlarida va audit yoki unga turdosh boʻlgan xizmatlarga buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma hisobotda majburiy tartibda qayd etishi shart.
Rejalashtirish audit oʻtkazishning boshlangʻich bosqichi hisoblanib, audit oʻtkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini koʻrsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan, shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti toʻgʻrisida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zvrur boʻlgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat boʻladi.
Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
• Dastlabki rejalashtirish;
• Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
• Audit dasturini tayyorlash va tuzish
Auditorlik tekshiruvining muvaffaqiyatsizlik tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida auditorlar va auditorlik tashkilotlar boʻlajak mijozlarni baholash uchun ishonchli mezonlarga ega boʻlishlari lozim. Mijozni atroflicha oʻylamagan holda muvaffaqiyatsiz tanlash yirik moliyaviy va maʼnaviy xarajatlarga olib kelishi, tashkilot va auditor obroʻsiga putur yetkazishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida bozorni shakllantirish davrida koʻpchilik savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi tizimlar buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzishga buyurtma berishi munosabati bilan, auditorlik tashkilotlar tomonidan mijozlarni puxta oʻylab tanlab olish tizimiga ega boʻlishi ayniqsa muhimdir.
Auditorlik tashkilotlar tomonidan mijozlarni tanlab olish boʻyicha asosiy muolajalar quyidagilardan iborat:
• tarmoq tavsifini baholash;
• auditorlik tekshiruvi va mazkur mijozning maqsadlari va kelajakda uning natijalaridan foydalanish imkoniyatini aniqlash;
• rahbarlarning oʻziga xos boʻlgan tomonlarini aniqlash;
• audit oʻtkazish uchun sarflanishi mumkin boʻlgan mehnat hajmi va murakkabligi hamda auditorlik tavakkalchiligiga oldindan baho berish;
• auditorlarning almashtirilishi yoki bir necha marotaba almashtirilishi sabablariga baho berish;
• audit natijalari boʻyicha avvalgi auditorlik xulosalaridagi sharhlar bilan tanishish;
• boʻlajak mijozning soliq idoralari, banklar, hamkorlar, aksiyadorlar va moliyaviy hisobotning boshqa foydalanuvchilar bilan oʻzaro aloqalaridagi tavsiflari va muammolarini aniqlash;
• taqdimnomalar olish (masalan, turli tashkilotlar, mutaxassislar va boshqalardan);
• hisobotni tahliliy tekshirish;
• buxgalteriya hisobi va hisobot holati hamda boʻlajak mijozning joriy va vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolari bilan oldindan tanishish;
tegishli xodimlar mavjudligi, mijoz tarmogʻini bilishlik va hokazolar nuqtai nazaridan kelib chiqib, auditorlik firmasi yoki auditor ushbu ishni bajara olish imkoniyatini baholash.
Agar yuqorida qayd etilgan yoki boshqa muolajalar natijalari audit tavakkalchiligi yuqori daraja deb koʻrsatsa, qoʻyilgan masala auditor uchun juda ham murakkab va mehnat sarfining hajmi koʻp boʻlsa, mijoz xizmat koʻrsatish uchun qabul qilinmaydi.
Auditorlik firmalari mijozlarini bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan, auditorlik tekshiruvi jarayonida “mijoz-auditor” oʻzaro aloqalaridan kelib chiqqan holda.
Yuzaki-rasmiy: ushbu turdagi mijozlar auditor bilan yaqin aloqa bogʻlashni istamaydilar va auditorlik tekshiruvini tezkorlik bilan yakunlashni talab qiladilar. Bu holda, auditordan mijoz uchun eng kam sarflangan vaqt va xarajatlar bilan, faqat auditorlik xulosasini tayyorlash va taqdim etish talab qilinadi.
Norasmiy: bu turga auditor bilan yaqin aloqa oʻrnatadigan va uning yordamiga ishonadigan mijozlar kiradi. Bunda oʻz mustaqilligini saqlagan holda, asosiy ish bilan bir qatorda, tashqi auditor ichki auditorning ayrim vazifalarini bajaradi, shuningdek, odatda, bir qator qoʻshimcha xizmatlar ham koʻrsatadi (maslahat berish, tahlil, amaliy yordam koʻrsatish va boshqalar).
Auditor audit oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzishdan oldin mijoz qaysi turga mansub ekanligini aniqlashi lozim.
Agar mijoz norasmiy turga mansub boʻlsa, auditor kelajakdagi qoʻshimcha ravishda maslahatlar mohiyatini, auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha kutilayotgan qoʻshimcha maʼlumotlar mazmunini aniqlashi kerak. Auditorlik tekshiruvi toʻgʻrisidagi shartnomada ushbu barcha masalalarni aks etilishi maqsadga muvofiqdir.
Mijoz biznesini bilish va maʼlumotni tegishli ravishda qoʻllash auditorga quyidagilarni bajarishga yordam beradi:

  • tavakkalchiliklarga baho berish va muammolarni aniqlashga;

  • auditni yanada ham samaradorlik va oqilona rejalashtirish va bajarishga;

  • auditorlik dalillarga baho berishga;

  • mijozga yanada ham yaxshiroq xizmat koʻrsatishga.

  • Auditning barcha bosqichlarida auditor mijoz biznesini bilish muhim kasb etadigan koʻp jabhalar boʻyicha fikr-mulohaza shakllantiradi. Masalan:

  • nazorat tavakkalchiligiga baho berish;

  • ishga oid tavakkalchiliklar subyekt rahbariyatining ushbu tavakkalchiliklar yuzasidan harakatlarini koʻrib chiqish;

  • auditning umumiy rejasi va audit dasturini ishlab chiqish;

  • ahamiyatlilik darajasi va aniqlash hamda tanlangan ahamiyatlilik darajasi tegishli boʻlib qolishligiga baho berish;

  • muvofiqligini aniqlash uchun auditorlik dalillarga baho berish hamda moliyaviy hisobotning tegishli tasdiqlar amalda toʻgʻriligiga baho berish;

  • audit paytida alohida koʻrib chiqishni va maxsus koʻnikmalar qoʻllashni talab qiladigan sohalarni aniqlash;

  • oʻzaro bogʻliq tomonlar va ular oʻrtasidagi operatsiyalarni solishtirish;

  • soʻrovlarni oʻtkazish va javoblarning asoslanganligiga baho berish;

  • hisob siyosati va moliyaviy hisobotda maʼlumot yoritilishi mosligini koʻrib chiqish.

Auditor, audit uchun tayinlangan auditor yordamchilari mijoz biznesi toʻgʻrisida topshirilgan ishni bajarishga imkon beradigan yetarli hajmda bilim olganliklariga ishonch hosil qilishi lozim. Auditor, shuningdek, auditor yordamchilar qoʻshimcha maʼlumotni hisobga olish va ushbu maʼlumotni auditor va boshqa auditor yordamchilariga yetkazish lozimligini tushunayotganliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma “mijoz-auditor” oʻzaro munosabatlarini chegaralab beruvchi rasmiy hujjat hisoblanadi va umumiy jihatlari bilan tadbirkorlik faoliyatida qoʻllaniladigan shartnomalardan farq qilmaydi. Bu hujjat, boshqa shartnomalar kabi, tomonlarning, yaʼni shartnoma ishtirokchilarining, bu yerda buyurtmachi-mijoz va ijrochi-auditor, oʻzaro kelishilgan manfaatlarini huquqiy tomondan tartibga soladi.
Koʻpchilik auditorlik tashkilotlar shartnoma tuzishning namunaviy shakllaridan foydalanadilar, lekin, shunga qaramasdan, shartnomada aniq bir korxonani audit qilish xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir, zero mijozlar, koʻp hollarda, uning maʼnosi va mohiyatini yetarli darajada tushunmasliklari mumkin.
Shartnomada mijoz tomonidan auditorlik tashkilotiga oldindan pul toʻlashni koʻzda tutish maqsadga muvofiqdir, zero oldindan pul toʻlanishi auditorni moliyaviy mustaqilligini taʼminlaydi, tekshiruv oʻtkazish jarayonida mijoz tomonidan oʻtkazilgan audit uchun tegishli haqini toʻlamaslik yoʻli bilan qoʻrqitib “tazyiq” oʻtkazishni oldini oladi. Odatda, auditorlik firmalari tomonidan oldindan pul oʻtkazish miqdori toʻgʻrisidagi talablari 50 foizdan 100 foizgachani tashkil etadi.
Shartnomada tekshiruv jarayonida mijoz tomonidan auditorga yordam koʻrsatishi lozimligi toʻgʻrisida majbur ekanligini koʻzda tutilishi maqsadga muvofiqdir (inventarizatsiya oʻtkazishda yordam berish uchun oʻz xodimlarini jalb qilish, xizmat safariga chiqish zaruriyati boʻlganda auditorii transport vositasi bilan taʼminlash va boshqalar).

Yüklə 138,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə