Asqarova ozoda fan: Mintaqa iqtisodiyoti guruH: i-153-21


Mustaqillik yillarida Kitob shahri va tumanining qiyofasi butunlay oʻzgarib, yangi turar-joylar, maktablar, litsey va kollejlar, madaniyat markazlari, sport maydonlari, tibbiyot muassasalari qad koʻta



Yüklə 15,41 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü15,41 Kb.
#166084
1   2   3   4   5   6
ozosh

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tabiati

Mustaqillik yillarida Kitob shahri va tumanining qiyofasi butunlay oʻzgarib, yangi turar-joylar, maktablar, litsey va kollejlar, madaniyat markazlari, sport maydonlari, tibbiyot muassasalari qad koʻtardi.

GEOGRAFIYASI

  • Kitob tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli-sharqida. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-yil 25-dekabrda qayta tuzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 271,2 ming kishi (2022). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob), 14 ta shaharcha (Alaqoʻyliq, Bektemir, Beshariq, Beshterak, Obikanda, Panji, Ko'sam, Rusqishloq, Sariosiyo, Sevaz, Varganza, Yakkatut, Yangiobod), 59 mahalla bor (2022). Markazi — Kitob shahri. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi.

Tabiati

Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻtadil. Oʻrtacha harorat yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning 85% bahor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Qashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi.

Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylovlar mavjud. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, sudraluvchilar, kaklik, chil, bulbul va boshqa qush va hayvonlar uchraydi yashaydi.


Yüklə 15,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə