Asosiy qism



Yüklə 1,56 Mb.
tarix22.02.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#83992
Amir Temur va Temuriylar davrida milliy ma\'naviyatimizning qayta uyg\'onishi


Amir Temur va Temuriylar davrida milliy ma'naviyatimizning qayta uyg'onishi
KIRISH

ASOSIY QISM

I bob .Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi.

1.1 Temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji.

1.2 Temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishida tutgan o’rni.

II bob Amir Temur va Temuriylar davrida milliy ma'naviyatimiz

2.1

2.2


Xulosa

Adabiyotlar


1.Amir Temur – buyuk shaxs, yirik davlat arbobi, sarkarda, qonunshunos, iste’dodli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el yurtini, xalqini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko’p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirishning imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g’oya bunga yo’l bermasdi. Amir Temurning o’zi tahqirlanib, tuhmatu-malomatlarga qoldi. Mustaqillik tufayli ko’p ming yillik boy tarixmizni, shu jumladan ulug’ bobomiz Amir Temurni o’rganish imkoniga ega bo’ldik.

Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og’ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.

Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so’ng Amir Temur o’z raqiblarini engib, hokimiyatni qo’lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar qildi.

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z bayrog’i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi.



Bugun «Temur va temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Ulug’bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug’ so’zlarni nafaqat o’zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.

Ikkinchidan, Amir Temur, o’zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblandan Boyadzid Yildirimni (Qaysar) tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Evropa xalqlariga ozodlik bag’ishladi, Oltin O’rta xoni To’xtamishxonni ikki marta tor-mor etib Rossiyani mo’g’ullar hukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi.

Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni o’rgansak, uning ko’p yaxshi xislatlari: to’g’rilik, muravvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o’gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo’ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo’shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o’gitlardir.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Temur va uning avlodlari say’i-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonakohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog’i yo’q, uning bevosita rahnamonligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir, Axmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy, Ko’ksaroy va Shohi Zinda me’moriy mo’jizalari, Bog’i Chinor, Bog’i Baland, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht singari o’nlab go’zal saroy-bog’lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasidandir.

Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich erning ham zoe bo’lishini ravo ko’rmasdi». Tarix bu qo’xna dunyoda juda ko’p jahongirlarni ko’rgan.

Amir Temurning boshqa sarkardalardan farqi shundaki, u umr bo’yi bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan. Uning «qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta daraxt ektirdim» degan so’zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig’idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o’z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan desak yanglishmaymiz.

Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buni yaxshi anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o’sha erlik olimu-fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.

Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug’bekka o’tgani shubhasiz. Mirzo Ulug’bekning davlat arbobi bo’lish bilan birga buyuk olim darajasiga etishishida bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bo’lgan. U Ulug’bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan. Amir Temur ma’naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo’yi amal qilgan «Kuch-adolatdadir» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmunini mujassamlashgan. Amir Temurning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari uning o’z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o’gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o’z ishiga munosabati, aholi turli qatlami, raiyatning haq-huquqlarini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayoti ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalarda o’z ifodasini topgan.



Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o’qish mumkin: «Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin». «Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o’rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o’tkazmadim».

Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo’lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo’lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi: «Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko’tarib, ishimga ko’p ziyon etkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o’chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo’l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu-qo’rquv bo’lsa, unut bo’lardi».

«Menga hasad qilib, o’ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg’a-in’omlar berib, muruvvatu ehson ko’rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko’rib, hijolat teriga g’arq bo’ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do’stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o’zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim».

«Hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim. Tuzumni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...». «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat».

Amir Temurning do’stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham ibratlidir: «Sodiq va vafodor do’st ulkim, o’z do’stidan ranjimaydi, do’stning dushmanini o’z dushmani deb biladi. Agar kerak bo’lsa, do’sti uchun jonini ham ayamaydi».

Amir Temurning umr bo’yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag’alparvarligini uning quyidagi o’gitlaridan ham bilish mumkin: «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yoki biror bog’ ko’kartirsa, yohud biror harob bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar». «Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...».

Amir Temurning quyidagi so’zlari asarlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg’urishga chorlab keldi: «Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsa». Bu jumlalar Amir Temurning ma’naviyati naqadar yuksak bo’lganligini bildirib turibdi.


2.Temur va temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O’rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, burilishdir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko’tarilish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davr «Oltin asr» deb ham yuritiladi.

O’rta Osiyo xalqlari orasida etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi huddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlardan Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf-shoirlardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bir Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib, o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug’ siymolar, qomusiy ilm egalari bo’lganlar.

Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo’q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan-asrlarga o’tib, zamon sinovlariga bardosh berib bizlargacha etib keldi.

Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko’tarilgan musavvirlik san’ati Sharq uyg’onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o’zining takrorlanmas ijodi, go’zal miniatyura san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ham o’chmas iz qoldirgandir. «Ikkinchi Moniy», «Sharq Rafaeli» deb yuksak e’zozlangan Behzod mashhur adib Jomiy, Navoiy, Bobur, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma’naviyat egasidir.

Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma’rifat rivoji Mirzo Ulug’bekning (1394-1449) nomi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. U davlat arbobi, fan-ma’rifat homiysi, buyuk olim va munajjimdir. U o’zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to’plab keng miqyosda ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, /iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abu Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiylar zamonaning zabardast olimlaridan bo’lgan. Mirzo Ulug’bek shu asosda Samarqandda «Samarqand akademiyasi» yoki «Ulug’bek akademiyasi»ga asos solgan edi. U «Ziji jadidi Ko’ragoniy» (Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali) va «To’rt ulus tarixi» nomli asarlarning muallifidir. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha «Ulug’bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o’xshardi».

Mirzo Ulug’bek fan homiysi bo’lishi bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi /ijduvondadir (1433). Hatto Buxorodagi madrasi peshtoqiga hadisdan: «Ilm olish har bir mo’min va muslima uchun farzdir» - deb yozdirib qo’ydi. Ulug’bek ko’proq buyuk olim, ilm-fan, ma’rifat bo’lgani uchun ham yanada qadrlidir.

U geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur’on, hadis va fiqx ilmlaridan ham yaxshi xabardor bo’lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning rivojida Ulug’bekning xizmatlari beqiyosdir. Uning daholigi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda.

Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o’zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot, san’at rivojiga bag’ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiylarning (1441-1501) nomi bilan chambarchas bog’liqdir. Abdurahmon Jomiy O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, diniy tafakkur sohasida yuksak xizmatlar qilgan mutafakkirlardan biridir.

Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo’lmish naqshbandiylikni qabul qilgan va uning g’oyalarini targ’ib etgan. Naqshbanliychilik adolatni, o’z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g’irrom yo’llar bilan mol-mulk to’plashni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug’lagan. Uning «Dil ba yoru, dast ba kor» - «Ko’nglim Ollohdayu, qo’lim mehnatda» degan shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug’ siymo naqshbandiylik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini kuylaganlar.

O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyo ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamatul-lug’atayn», «Majolisun-nafis», «Lison ut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o’z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi. Navoiy sahovat va muruvattda benazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi er-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Xirot shahrida o’zining jamg’armasi hisobidan ko’plab binolar, inshootlar barpo etgan, kabag’al, beva-bechoralarga tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stik va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib Mashhad shahriga suv keltirgan. Navoiyning bundan qariyib 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo’qotgani yo’q. Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon stivilizastiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Bunda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos.


3.Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir.

O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».



O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrga egadir.

Amir Temurning siymosi xorijda yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’p suvratlari ishlangan. Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o’rnatildi, Amir Temur va temuriylar davri muzeyi barpo etildi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya xayriya jamg’armasi tashkil etildi.



Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.

Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi.

Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy buhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.

Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, mo‘g‘ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik feodal davlatni barpo etdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va Temuriylar madaniyati”, “Temuriylar davlati”, “Ulug‘bek va astronomiya maktabi”, “Navoiy” va “Bobur” kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi.

Amir Temurda Vatanni sevish, xalqini ulug‘lash, ulardan fahrlanish va g‘ururlanish singari oliy ma’naviy fazilatlar barq urib turgan.

Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”lari, Ibn Arabshohning “Temur haqidagi habarlarda taqdir ajoyibotlari” va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o‘gitlardir

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sayi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar yo‘l va ko‘priklar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.

Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur “Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi”.

Tarix bu qo‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. “Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing” deganda Amir Temur, avvalo o‘z halqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.

Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.

Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug‘bekka o‘tgani shubhasiz. Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi bo‘lish bilan birga buyuk olim darajasiga yetishishida bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bo‘lgan. U Ulug‘bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan.

Amir Temur ma’naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo‘yi amal qilgan “Kuch - adolatda!” degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning ma’naviy va ma’rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari “Temur tuzuklari”da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turli qatlami – raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma’naviy-ahloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan.

Sohibqironning “Temur tuzuklari”dan quyidagi satlarni mamnuniyat bilan o‘qish mumkin:

“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir biln amalga oshirish mumkin”.

“Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim”.

“Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar”.

Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo‘lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo‘lish inson uchun eng yaxshi fazilat deb bilgan.

“Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi”.

“Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdim...”

“Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko‘rsat”.

Amir Temurning do‘stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hanuz biz uchun ibratdir.

“Sodiq va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi”.

Amir Temurning umr bo‘yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag‘alparvarligini uning quyidagi o‘gitlaridan ham bilib olish mumkin:

“Kimki biron sahroni obod qilsa,yoki koriz qursa yo biror bog‘ ko‘kartirsa, yohud bir xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘sinlar”.

“Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar”.

Amir Temur o‘zi barpo etgan davlatni milliy, islomiy, ahloqiy qadriyatlarga tayanib idora qildi. Bu esa jamiyatni adolat, insonparvarlik mezonlari asosida boshqarishga, mamlakatda osoyishtalik, tinchlik, totuvlik saqlanib turishiga olib keldi.Temurning yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlari ham ulkan imperiyani yaratish, uni rivojlantirish, jahondagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanishiga asos bo‘lgan ma’naviy omildir. Temur o‘z qo‘li ostidagi rahbar va sarkardalardan ham ahloqli, odobli bo‘lishni talab qildi. U o‘zining “Tuzuk”larida rahbarlarning ahloqliligi, adolatliligi jamiyat, davlat va millat uchun qanday katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib, quyidagi vazifalarni belgilagan: “Sulton har narsada adolatpesha bo‘lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlarni saqlasin, toki podsho zulm qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt o‘tmay saltanat uyi qulaydi”.



Amir Temur jamiyatni boshqarishda ahloq-odob mezonlariga amal qilgan. Ota-bobolarimiz kabi Amir Temur ham o‘z xalqinigina emas, balki bosib olgan mamlakatlarning xalqlariga ham muayyan ahloqiy qadriyatlarga tayanib, chegaradan chiqmagan holda muomalada bo‘lgan. Chunonchi, Amir Temur o‘zining “Kuch adolatda”, degan g‘oyasiga boshqa xalqlar, mamlakatlar bilan bo‘lgan munosabatlarda ham to‘la amal qilgan. Yuksak ma’naviy qadriyatlarga tayangan bu adolat Amir Temurning quyidagi so‘zlarida o‘z ifodasini topgan: “Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborli kishilarini aziz tutdim; Sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyihiga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg‘ol vazifalar berib, maoshlarini belgiladim; o‘sha yurtlarning ulug‘lrini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo‘lsa, o‘z farzandlarimdek ko‘rdim”.

Shunday qilib Amir Temurning davlat, jamiyat, el-ulusni to‘g‘ri, odilona boshqarishiga asos bo‘lgan ma’naviy-ahloqiy fazilatlari quyidagilardan iborat bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin: aqli raso, xushyor kishilar bilan bamaslahat ish yuritish, ishbilarmon, tadbirkor, mard, shijoatli, xushyor kishilarni qadrlash, odamlarga rahm-shafqatli bo‘lish, odamlarni rozi qilish, yomonlik qilib keyin tavba qilganlarni kechirish, gina va adovat saqlamaslik, jasur va shijoatli kishilarni do‘st tutish, hech kimga g‘azab bilan muomala qilmaslik, ulug‘larni og‘a qatorida, kichiklarni farzand qatorida ko‘rish, xalqqa zulm qilgan kishilarni kechirmay jazolash, olimu fozillar ijodiga yo‘l ochish, sarmoyasiz qolgan savdogarlarga, dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan kishilarga yordam berish, har kimning so‘ziga quloq solish, diqqat bilan tinglash va o‘z aqli bilan xulosa chiqarish, ig‘vogar va tuhmatchilarning so‘zlariga quloq solmaslik, odamlarga yumshoq, muloyim muomala qilish, zarur bo‘lib qolsa, qat’iy choralar ko‘rish, mehnatsevar, hayr-ehsonli kishilarni qo‘llab quvvatlash va boshqalar.



Buyuk sohibqiron mafkurasining asosiy mohiyatini tashkil etgan – “Millat dardiga darmon” bo‘lishga chaqirig‘i hozirgi kunda ham suv bilan havodek zarur da’vatdir.

Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch – bunyodkorlik va buzg‘unchilik g‘oyalari hamisha o‘zaro kurashadi. Bunyodkor g‘oya insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanoat bag‘ishlaydi.Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g‘oyalar asos bo‘lgan.

Amir Temur ma’naviyati va ma’rifati haqidagi fikrimizni Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridagi sohibqiron haqida aytgan quyidagi so‘zlari bilan yakunlashni lozim topdik: “...tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi.

Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrni hozirgi davr ilm-fanida Markaziy Osiyoda so‘nggi Renessans (Uyg‘onish) davri deb ham yuritadilar.

Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlar – Ulug‘bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar – Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, musavvirlar – Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh, hattotlar: Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar mana shu davrda yashab ijod qildilar. Ularning hammasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib va o‘zlashtirib olgan, o‘zlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo‘lganlar.

Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko‘tarilgan musavvirlik san’ati Sharq uyg‘onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o‘zining takrorlanmas ijodi, go‘zal miniatyura san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ham o‘chmas iz qoldirgandir. “Ikkinchi Moniy”, “Sharq Rafaeli” deb yuksak darajada e’zozlangan. Behzod mashhur so‘z san’atkorlari – Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma’naviyat egasidir.

Temuriylar davri ilm-fani, madaniyati, ma’rifati rivoji Mirzo Ulug‘bek (1394-1449)ning nomi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan.U davlat arbobi, fan, ma’rifat homiysi, buyuk olim va munajjim.

U o‘zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to‘plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonaning zabardast olimlari bo‘lgan.

Mirzo Ulug‘bek shu asosda Samarqandda “Samarqand akademiyasi”ga asos solgan edi. “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali”) va “To‘rt ulus tarixi” nomli asarlarning muallifidir.




Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, “Ulug‘bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o‘xshardi”.

Mirzo Ulug‘bek fan homiysi bo‘lishi bilan birga, mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi- tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish yo‘lida ulkan shijoat va matonat ko‘rsatdi. Ulug‘bek Movarounnahrda bir emas uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420); ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi G‘ijduvonda (1433)dir. Hatto Buxorodagi madrasa peshtoqiga hadisdan: “Ilm olish har bir mo‘min va muslima uchun farzdir”, - deb yozdirib qo‘ydi.

Ulug‘bek ko‘proq buyuk olim, ilm-fan, ma’rifat homiysi bo‘lgani uchun ham yanada qadrlidir. U geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur’on, hadis va fiqh ilmlaridan ham yaxshi xabardor bo‘lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning rivojida Ulug‘bekning xizmatlari beqiyosdir.

Ulug‘bek o‘zidagi ilmni egallashga bo‘lgan intilish va fazilatlarni mamlakatda ilm-fanni ravnaq topishiga yo‘naltirib madrasalarda o‘qish-o‘qitish tizimini jonlantirishga katta hissa qo‘shdi. Chunonchi, madrasalardagi o‘quv tizimini isloh qilib, ularda astronomiya, geografiya kabi aniq fanlarni o‘qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o‘qish muddatini 15-20 yildan 8 yilga qisqartirdi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Ulug‘bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri bo‘lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko‘rsatadi. Uning dahosi bugun ham insoniyat ma’naviyati va ma’rifati rivoji uchun xizmat qilmoqda.

Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o‘zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga bag‘ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501)larning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Abdurahmon Jomiy Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o‘chmas iz qoldirgan mutafakkirlardan biridir.

Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi, bo‘lmish naqshbandiychilikka ixlos qo‘ygan, uni qabul qilgan, o‘zi shu yo‘ldan borgan va uning g‘oyalarini targ‘ib etgan. Naqshbandiychilik adolatni, o‘z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, harom yo‘llar bilan mol-mulk to‘plashni qoralagan. Jomiy e’tiqod qilgan bu ta’limot insonparvarlik, rostgo‘ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug‘lagan. Uning “Dil ba yoru, dast ba kor” – “Ko‘ngil Allohdayu, qo‘l mehnatda” shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o‘ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug‘ siymo, so‘z san’atkorlari naqshbandiychilik yo‘lini qabul qilganlar va o‘z ijodlarida uning g‘oyalarini tarannum etganlar.

Abdurahmon Jomiy “Xiradnomai Iskandar (“Iskandar aqlnomasi”) asarida el-ulus dardi bilan yashovchi, uning arzu-dodiga quloq tutuvchi hukmdor siymosini yaratadi. Hukmdor adolatli va odil bo‘lishi lozim deb, odillik va adolatni nurga o‘xshatadi.

Agar chiqsa adolatning quyoshi,

Taralgay har tomon nuri ziyosi.

Agar zulm etsa zolim, bu sitamdan

Jahon bo‘lgay qaro, yo‘q intihosi,-deb xitob qiladi.

Jomiy ilm-ma’rifatni inson uchun hayotiga yo‘l ochuvchi va uni o‘z maqsadiga erishtiruvchi omil deb biladi. Ilm va hunarni inson yoshlikdan egallashi lozim, u uning mehnatini yengillashtiradi, halol yashash, kun ko‘rish manbai deb biladi. Kishilarni ilmlarni egallashga da’vat etdi:

Eng zarur bilimni qunt bilan o‘rgan,

Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma.

Zarurini hosil qilgandan keyin,

Unga amal qilmay umr o‘tkurma.

Mutafakkirning mehnat haqidagi qarashlari ham diqqatga sazovor bo‘lib, mehnatni insonga baxtli, farovon hayot baxsh etuvchi vosita hisoblaydi. Har bir inson o‘z halol mehnati bilan yashamog‘i lozimligi, shundagina u tinch, osuda va baxtli yashashga erisha olishini ta’kidlaydi:

O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing,

O‘zga minnatidan og‘ritma boshing.

Jomiy asarlarida inson ma’naviyatining muhim qirrasi bo‘lgan do‘stlik, do‘stiga sadoqatli bo‘lish haqida hamma uchun ibrat bo‘ladigan g‘oyalarni ilgari surganligi e’tiborga sazovordir.

Dil agar nogahon g‘amga uchrasang,

G‘amxo‘r do‘sting bo‘lsa, u g‘am emasdir.

Kulfat kuni sodiq do‘stlaring kerak,

Baxtli kunda do‘stlar hech kam emasdir.


Shunday qilib, Jomiy ilgari surgan insoniylik, ilmlarni egallash, hunar va kasbning ahamiyati, mehnat va mehnatsevarlik, himmatlilik, kamtarlik, to‘g‘rilik, do‘stlik kabi g‘oyalari bugungi kunda ham yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.

O‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy Markaziy Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Xamsa”, “Mahbubul-qulub”, “Muhokamatul-lug‘atayn”, “Majolisun-nafois”, “Lisonut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir. Alisher Navoiy mamlakati va xalqiga hech qachon so‘nmaydigan buyuk ma’naviy meros qoldirgan. U xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum etgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.

Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so‘z bilan ham, ko‘ngil bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi, xalq manfaatini o‘ylaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy inson deb biladi.

Odami ersang demagil odami,

Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami, - bayti Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo‘yicha insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug‘lagan. Kishilar g‘amida bo‘lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko‘rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo‘lgan. Uning qabrida mana bu so‘zlar bitib qo‘yilgan: “Shohi g‘aribon”, ya’ni g‘ariblar, yolg‘izlar, faqirlar shohi.

Navoiy sahovat va muruvvatda benazir inson bo‘lgan.O‘zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to‘laligicha xayriya ishlariga sarflagan..

Birgina Hirot shahrida o‘zining jamg‘armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil kanalining janub tomonida katta tibbiyot o‘quv yurti va shifoxona barpo ettirgan, ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosiya madrasasi yonida katta saroy qurdirib, undagi mehmonxonada kambag‘al beva-bechoralarni bepul ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po‘stin va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib, Mashhad shahriga suv keltirgan.

Alisher Navoiy butun umri davomida ma’naviy tubanlashish shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham nihoyatda xatarli ekanini ko‘rsatib o‘tgan.Doimo jaholatni, adolatsizliklarni, inson qadr-qimmatini yerga urishni, behuda qon to‘kishlarni yuksak ma’naviylik minbaridan turib qoralab keldi.

Hukmdorlarning xalq bilan munosabatiga asos bo‘ladigan ma’naviy omillar, odob qoidalari ustida to‘xtab quyidagi fikrlarni aytgan: “Kuchsizlar va bo‘ysunuvchilarga shafqat va mehribonlik ko‘rsatsinlar. Yomon holga tushgan va tuban kimsalarning ishlarini marhamat va yumshoq so‘zlar bilan to‘g‘rilasinlar. Qattiq so‘zlar bilan darveshlarning dillarini ranjitmasinlar. Dili yaralarning jarohatiga muloyim so‘zlar bilan malham bo‘lsinlar. Nafs va shayton firibidan xotirjam o‘tirmasinlar, har bir ishda ixlos va rostlikni kasb etsinlar. Boshga biror mashaqqat ish tushsa, sabr va chidam panohiga sig‘insinlar. Yoshlarga shafqat, tengqurlarga muvaffaqiyat va madora, kattalarga izzat va hurmat ko‘rsatish yo‘llariga rioya qilsinlar”.

Navoiyning mazkur fikrlarida har bir inson faoliyatiga asos bo‘ladigan mukammal ma’naviy qadriyatlar tizimi bayon etilgandir.

Alisher Navoiy odamlarni insofga, sahovatli va adolatli bo‘lishga, bir-birlari bilan ahil bo‘lishga, bir-birlariga yordam berishga, karamli, sahiy bo‘lishga chaqiradi. Sahiylik inson ma’naviyligining asosiy mezonlaridan biri ekanini, uning mohiyati va ahamiyatini tavsiflab quyidagilarni aytgan edi: “Sahiylik kishilar bog‘ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o‘lkasining to‘lqinli daryosi, balki u to‘lqinli daryoning asl gavharidir”.

Xondamir Alisher Navoiyning yuksak ahloqiy fazilatlari jumlasiga kamtarlik, hokisorlik, xayr-ehsonlilik,, kambag‘alparvarlik, to‘g‘rilik, odillik, adolatlilik, ma’rifat sohiblariga homiylik qilish, do‘stlikni qadrlash, molu dunyoga, boylikka berilmaslik, oqko‘ngillilik, gina va adovat saqlamaslik, kechirimlilik, vaziyatni hisobga olib ish tutish, shirin so‘zlilik, xalqparvarlik, imonlilik, insoflilik, jabr-zulm ko‘rganlarni himoya qilish, nafs balosiga berilmaslik, rostgo‘ylik va boshqalarni kiritgan.Navoiyning o‘z faoliyati davomida millat va davlat manfaatlariga keltirgan beminnat foydasi haqida shunday yozadi: “Amirlik taxtini, hukumat mansabini o‘zining muborak qadamlari bilan ziynatladi va jabr-jafo raqamlarini davron sahifasidan mahv qilib, adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga ochib qo‘ydi. Yaralangan davr jarohatlariga malham qo‘yib, hur olam dahri kasallariga adolat sharbati bilan shifo baxsh etdi”.

Navoiyning bundan qariyb 567 yil avval ilgari surgan g‘oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo‘qotgani yo‘q.Uning hayotbaxsh g‘oyalari bugungi kunda Prezidentimiz Islom Karimovning insonparvarlik, xalqlar tinchligi uchun olib borayotgan kurashi bilan hamohang bo‘lib yangramoqda.

Yurtboshimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida buyuk so‘z san’atkori, o‘zida insoniyatning eng orzu-istaklirini mujassam etgan, o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi benazr dahosiga: “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, -deb yuksak baho bergan.

Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fani, ma’rifati, ma’naviyat va madaniyati jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz to‘g‘ri anglamog‘imiz lozim, ul ulug‘ zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimizdir.

Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan piru komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. Inchunun, ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uninng avlodlari qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir.

Biz bugun yashayotgan Mustaqil O‘zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go‘zal makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik qaramlik va tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug‘ bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo‘lib yashadik. Sho‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi.Bobokalonimiz to‘g‘risida ikki og‘iz iliq so‘z aytilgan barcha manbalar ko‘zdan yashirildi, ta’qiqlandi yoki soxtalashtirildi. Prezident Islom Karimov aytganidek: “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi”. Yoki Prezidentning yana quyidagi so‘zini eslaylik: “SHo‘ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxo‘r jallod, borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi... Amir Temur haqidagi bu uydirma – sof siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo‘lgan: ya’ni, bizning o‘zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. Shuning uchun ham biz amir Temurning hurmatini joyiga qo‘yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan bo‘lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O‘zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz”.

O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezident Islom Karimov boy mav’naviy merosimiz, dinu iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Horijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko‘pdan-ko‘p suratlari ishlangan, qisqasi dunyoga mashhur bo‘lgan ulug‘ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi.

Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi hiyobonda sohibqironga o‘rnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga qo‘yilgan oltin g‘isht bo‘ldi.

Oradan sal o‘tib, 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o‘tkazildi.Parijdagi YUNESKO qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra”Amir Temur” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amliy anjumanlar o‘tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyining barpo etilishi respublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Yubiley munosabati bilan Amir Temur va Temuriylar davriga oid ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar nashr etildi. Shu o‘rinda Amir Temurning o‘zi yaratgan “Temur tuzuklari” risolasini, akademik Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” tarixiy romanini, Erkin Azimovning “Amir Temur saltanati” risolasini, A.Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasini, Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning “Zafarnoma” asarlarini, F.Ashrafiyning “Temuriylar davri miniatyurasi” kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin. Bularning hammasiga mustaqillik tufayli erishdik. Yuqorida aytganimizdek, uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi. “... davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g‘ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”.



Bularning hammasi Prezident Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.

Biz Temuriylar davrida yaratilgan bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksak pog‘onaga ko‘tarishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda, xalqimizning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishda, ma’naviy barkamol, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda shunchalik qudratli ma’naviy-ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə