Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


xotirani o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

xotirani o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar
dir.
Bunday o‘yinlar o‘quvchilarni o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishga o‘rgatadi: biror
narsani eslab qolish, ana shu maqsadni amalga oshirish vositalarini izlab topish
shular jumlasidandir. Bolalarga ilgari o‘rganilgan mavzu eslatiladi. Yangi mavzu
bilan tanishtirishdan oldin oldingi mavzuni mustahkamlashda shunday o‘yinlardan
foydalaniladi. Masalan, “Nechta shaklni bilasiz?”, “Kim uzoq sanaydi?”, “Sonlarning
qo‘shnilarini top” kabi o‘yinlar xotira mashqlari sanadi.
Tafakkurni o‘stirish
o‘yinlarining maqsadi obrazli-harakatli, ko‘rgazmali-
obrazli, mantiqiy tafakkur turlarini egallashdan iborat. Bunday o‘yinlar mobaynida
bolalarda mantiqiy tafakkur elementlari shakllana boshlaydi, ya’ni ular xulosalar qila
oladilar, mantiq qonunlariga ko‘ra fikrlaydilar. Bola ijodiy qobiliyatining o‘sishi
deganda tasavvur xayolning taraqqiyoti va noan’anaviy tafakkur qila olish
tushuniladi. Ijodkorlik ko‘p jixatdan o‘z his - tuyg‘ulari, olam haqidagi
tasavvurlarini turli usullar bilan bayon eta olishga bog‘liq. Buning uchun esa
bola har bir narsada uning turli tomonlarini ko‘ra olishi, narsaga xos alohida
belgilarning barchasini his qilishi, obrazni ko‘z oldiga keltira olishi kerak. Shu
sababli bunday o‘yinlar puxta reja asosida muntazam o‘tkazib turilishi kerak.
Deyarli har bir o‘yin uchun uni o‘tkazishning soddaroq yoki murakkabroq
ko‘rinishlaridan foydalanish lozim.


Bolalar topshiriqlarni bajarishga qiynalmasa, unga birmuncha murakkabroq
topshiriq beriladi, agar qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim.
«Buyum o‘zi
haqida nima deydi?», «Qismlariga ko‘ra buyumning nomini ayt», «Raqamli
va shaklli domino»
kabi o‘yinlardan, shuningdek, kubchalar, qirqma rasmlardan
foydalanish mumkin. O‘yin - aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning
kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti, hamkorlik maktabidir. Samimiylik,
o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, quvnoqlik kayfiyatlarini yaratish bilan o‘yin orqali bola
taraqqiyotiga erishiladi.


Masalan, bolaga 10 ichida matematik amallar bajarish taklif etiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə