Arientirlash Joy planini turli usullarda tuzish mumkin



Yüklə 2,58 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#142825
Arientirlash

Arientirlash

Joy planini turli usullarda tuzish mumkin.


Bu usullardan biri qutbiy usul deb ataladi

Masshtab tanlaymiz. Masalan, 1:5 000. Shundan so‘ng planshetga shimol-janub strelkasini chizamiz.


Keyin planshetni ufq tomonlariga oriyentirlaymiz. Ya’ni planshetni kerakli tomonga aylantirib, undagi shimol-janub chizig‘ini kompas strelkasi bilan moslaymiz.

Endi planni tuzishga kirishamiz. Dastavval, turgan joyimiz - katta tosh oldini planshetga nuqta bilan belgilaymiz va uning o‘rtasiga ignani tik qadab qo‘yamiz. Bu bizning turgan nuqtamiz bo‘ladi.

Keyin vizir chizg‘ich olib, bir uchini ignaga taqaymiz. So‘ngra vizir chizg‘ichni biz planga tushirmoqchi bo‘lgan predmetlar (yakka daraxt, dala shiyponi, shamol tegirmoni)ga to‘g‘rilab, har bir yo‘nalishni qalam bilan chizamiz.

Shundan keyin Siz bilgan masofani o‘lchash usullaridan biri (masalan, qadamlab o‘lchash) yordamida har bir predmetgacha bo‘lgan masofani o‘lchab, masshtab bilan belgilaymiz va o‘sha joyga shu predmet shartli belgisini chizamiz

Biz joyda turib, vizirlash o‘tkazgan nuqta qutb deyiladi.


Shuning uchun joy planini bunday usulda chizish qutbiy usulda plan tuzish deb ataladi.

Joy planini chizishning azimutli usuli ham bor. Bu qutbiy usuldan ham sodda.


Bu usulda planshet va vizir chizig‘i kerak bo‘lmaydi.

Joydagi nisbiy va mutlaq balandliklar.


Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deb ataladi. Masalan, tepalikning atrofidagi tekislikdan balandligi uning nisbiy balandligi bo‘ladi
Yer yuzidagi quruqliklarning balandligi har xil 1500 m bo‘ladi. Quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan dengizlar sathidan tik balandligi mutlaq balandlik deyiladi
Mutlaq balandlik.
dengizlar sathi
1500 m
500
1000
0

Masalan, Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2267 m.


O‘zbekistondagi eng baland nuqta Hazrat Sulton tog‘i - 4643 m.
O‘zbekistondagi barcha mutlaq balandliklar Atlantika okeanining Boltiq dengizi sathidan hisoblanadi.

Gorizontallar.


Joy planlarida tabiatdagi mahalliy predmetlardan
tashqari Yer yuzasining notekisliklari ham tasvirlanadi.
Yer yuzasining
bunday notekisliklari relyef deb ataladi.

Relyef joy planlarida va xaritalarda gorizontallar bilan tasvirlanadi.


Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi.

Joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi.


Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi chiziqcha qo‘yiladi.

Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi. Bergshtrixga qarab chuqur va tepalar ajratib olinadi.


Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.
Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə