Annotasiya: Ushbumaqoladata’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish modeli



Yüklə 246,34 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü246,34 Kb.
#148424
1   2   3   4   5   6   7
Pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish

78


`
Biz ambisiyani, shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun yaratib bo‘lmaydigan ehtiyojni, yaratishga yo‘naltirilganlikni odamlar manfaati uchun yaratuvchilik sifatida ko‘rib chiqishga e’tibor qaratishimiz kerak. Tashqi tomondan shuhratparastlikning namoyon bo‘lishi haqida eslash kerak. Martaba va haqiqiy martaba evaziga karyera qurayotgan odamlarni ajratish kerak. Bunda shaxs faoliyatidagi rivojlanish va unga erishilgan muvaffaqiyat uning shaxsiy va sub’yektiv-faol (birinchi navbatda, kasbiy) rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Shunday qilib, motivasiya tabiati va ambisiyalarga asoslangan xatti-harakatlar, maqsadlar asosidagi qadriyatlar juda muhimdir.[3:15]
Talabalarda kasbiy burch, kasbiy mas’uliyat va aniqlik tuyg‘ularini shakllantirish biz uchun juda muhim, chunki aynan ana shu shaxsiy fazilatlar mutaxassisga yomon niyatda ishlashga imkon bermaydi. Uning turli tomonlarini rivojlantirish faylasuflar, psixologlar, o‘qituvchilar va boshqa bilim sohalari vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu muammoni o‘rgangan faylasuflar oldin ijtimoiy mohiyatiga to‘xtalib, uning ob’yektiv va sub’yektiv tomonlarini ajratib ko‘rsatgan holda ushbu ikki jihatning o‘zaro bog‘liqligi odamlarning tashqi ob’yektiv majburiyatlari va ularni bajarish uchun ob’yektiv ehtiyojlar bilan belgilanishini ta’kidlaganlar; burchning tartibga soluvchi va shakllantiruvchi funksiyalari mavjudligini qayd etganlar, ijtimoiy talablarni ichki e’tiqodga, shaxsiy ehtiyojga, inson faoliyati motiviga aylantirishning asosiy mexanizmlarini aniqlaganlar.[4:115]
Natijalar. Biz tadqiqot ishimizga yuqoridagi tadqiqotlardagi texnologik qarashlarni - oliy ta’lim bitiruvchisini akmeologik kompetentlik ta’limi asosida ta’lim jarayonini olib borish texnologiyasini asos qilib oldik.
F.M.Zakirova o‘zining «Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining nazariy va amaliy tayyorgarligining metodik asosi» nomli tadqiqot ishida belgilashicha, «Pedagog faoliyat bilan fan o‘qituvchisi bir-biridan o‘ziga xos tarkib bilan ya’ni aniq bir fanning funksional va tuzulmaviy xususiyatlari ajralib turar ekan» degan fikrni bildiradi.[5:317] U tomondan informatika o‘qituvchisi uchun informatika bo‘yicha ilmiy metodik adabiyotlar tahlili natijasida pedagogik faoliyatning ob’yektiv asoslari ajratib ko‘rsatilgan.
«Bulardan asosiysi shundaki, informatika so‘zi asosiy tushunchasiga (informasiya, algoritm, kompyuter, programma, model, AKT) har xil qarashlar mavjud, ya’ni informatikani o‘qitish fani, vositasi, ta’limni boshqarish elementi sifatida va ta’lim yangi muhiti sifatida». Bu informatikao‘qituvchisifaoliyatiga professional metodiktarafdano‘ziningiziniqoldiradi.
F.M.Zakirova informatika o‘qituvchisi tomonidan zamonaviy axborotlashtirish sharoitida professional metodik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatgan.

  1. Informatika o‘qituvchisi informatika fani rivojining dinamikasi, uni o‘rganish ob’yektlari qatorini kengaytirish, konseptual apparatlarning o‘zgarishi, mavzu va uslublarning muntazam kengayishi, o‘zgarishiga olib keladigan va informatika fanini o‘qitishning metodik tizimlarida o‘zgarish sharoitida ishlaydi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari jadal rivojlanishi o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi uchun yangi zarur sharoitni tez o‘rganish imkonini beradi.

  2. Informatika o‘qituvchisi nafaqat sinfda (yoki kompyuter sinfida), balki zamonaviy AKT sharoitida ham ishni samarali tashkil qilishi kerak.

  3. Informatika o‘qituvchisi kompyuterda mehnatni muhofaza qilish va ish xavfsizligi bo‘yicha faoliyatni doimiy ravishda olib boradi.

  4. Informatika o‘qituvchisi algoritmik fikrlash bilan tavsiflanadi, bu uning professional faoliyatini yanada samaraliroq qiladi.

Yüklə 246,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə