Anketa so'rov bosqichlari va protsedurasi mundarija: Kirish I bob sotsial so'rov varaqasi (anketa) so'rovining asosiy instrumenti sifatida


II.BOB. SO'ROV VARAQASINING MANTIQIY VA TASHKILIY TUZILISHI, UNI LOYIHALASHTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA QOIDALARI



Yüklə 149,16 Kb.
səhifə6/10
tarix23.12.2023
ölçüsü149,16 Kb.
#156744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ANKETA SO\'ROV BOSQICHLARI VA PROTSEDURASI

II.BOB. SO'ROV VARAQASINING MANTIQIY VA TASHKILIY TUZILISHI, UNI LOYIHALASHTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA QOIDALARI.
2.1 So'rov varaqasining kirish, asosiy va yakuniy qisimlari haqida.
Siyosiy jarayon va vaziyatlarni o‘rganishda ba’zan biz fuqarolar, manfaatdor shaxslar, ishtirokchilardan bevosita olingan axborotlarni to‘plash zaruriyatiga to‘qnash kelamiz. Ko‘pincha insonlarning nima haqida o‘ylashi, qanday harakat qilishi to‘g‘risida ma’lumot olishning eng yaxshi (ba’zan yagona) usuli oddiygina qilib ulardan bu haqda so‘rashdan iborat. Ushbu faktni tan olish natijasida ijtimoiy fanlarda so‘rov metodi keng tarqaldi.
So‘rov-ma’lumotlar to‘plash metodi bo‘lib, bunda tadqiqotchi aholining saralangan vakillaridan bevosita axborotga ega bo‘ladi. Bunda insonlar shunday saralanishi kerakki, ularning javoblariga asoslanib, yetarli ishonch bilan butun aholi yoki uning qandaydir qismi haqida xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Bunday axborot yuzma-yuz yoki telefon intervyusi, yohud anketa-so‘rovnomani to‘ldirish yordamida qo‘lga kiritilishi mumkin, bunda anketalar ularga pochta yoki so‘rovni o‘tkazuvchi shaxs tomonidan yetkazib beriladi. Bu usullar umumiy metod sifatidagi so‘rovning tarkibiy qismidir. Savollarga javob beruvchi shaxslar respondent deyiladi.
So‘rov tadqiqotchiga besh tipdagi ma’lumotni yetkazib beradi: faktlar, bilim, fikr, munosabat va respondentlarning xulqi hisoboti. So‘rovda tushunchalar operatsionalizatsiyasi vositasi sifatida savollar xizmat qiladi, kuzatuv esa respondentning bu savollarga javobini qayd etishdan iborat. Shuning uchun bu metod unda tahlil birliklari individ bo‘lgan va asosiy tushunchalari individ bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarga to‘g‘ri keladi.
So‘rovni o‘tkazish bosqichlari
So‘rov tadqiqoti 14 asosiy jarayonlardan iborat. Amaliyotda bir qator jarayonlar bir vaqtninig o‘zida birdan o‘tkazilishi mumkin va tadqiqotchi so‘rov chog‘ida zaruriyatga qarab u yoki bu jarayonga qaytishga yoki aksincha, oldingi bosqichga sakrab o‘tishga haqqi bor. So‘rov bosqichlari quyidagicha tavsiflanishi mumkin:
1. Konseptualizatsiya- tadqiqot maqsadini aniqlash, farazni ilgari surish, tushunchani aniqlash, ushbu so‘rovda (operatsionalizatsiya) ularning operatsional muvofiqligini topish.
2. Sxematizatsiya-so‘rov chog‘ida qo‘llanishi shart bo‘lgan jarayonlarni o‘rnatish, talab qilingan tanlov xarakteri haqida qaror qabul qilish.
3. Instrumentariyani tayyorlash-anketa yoki intervyu blankalarini tuzish, savollar tartibi va sonini aniqlash zarur, ko‘rsatmali qurollar va boshqa yordamchi vositalarni tayyorlash.
4. Rejalashtirish-so‘rov o‘tkazish bilan bog‘liq moliyaviy, ma’muriy, moddiy-texnik va kadr muammolarini ko‘rib chiqish.
5. Tanlovni tuzish-ushbu tadqiqot maqsadi va vositalari uchun to‘g‘ri keluvchi metodlarga muvofiq mo’ljallangan respondentlarni saralab olish.
6. Instruktar-respondent bilan ishlash va ma’limotlarni qayta ishlash uchun shaxs so‘roviga xizmat qiluvchi intervyu oluvchilar, kodirovkalovchilar va boshqa xizmatchilarni tayyorlash, personalni zarur moddiy vositalar bilan ta’minlash.
7. Dastlabki testni o‘tkazish-respondentlarni instruksiya va savolni to‘g‘ri anglaganini hamda ular javoblarini kutilayotgan javoblar tiplariga mosligini tekshirish maqsadida kichik o‘lchovli tanlovlarda saralangan instrumentariyani sinash.
8. So‘rov-tajribaga oid instrumentariyalarni qo‘llash bilan tanlov ishtirokchilari bilan pochtali, telefonli va yuzma-yuz so‘rov o‘tkazish.
9. So‘rovni kuzatish (monitoring) - so‘rayotganlarda metodi­kani tog‘ri qo‘llanishini tekshirish, shuningdek faqat tanlov ishtirok­chilarida so‘rov o‘tkazishni nazorat qilish (respondent so‘rovni rad qilgan taqdirda intervyu qaydlarini tekshirish, telefon intervyularini eshitish).
10. Nazorat tekshiruvi (respondent bilan qo‘shimcha aloqa orqali) tanlov a’zolari haqiqatda so‘rovga qatnashganini va ularning barchasi anketani qaytib berganini tekshirish.
11. Kodlashtirish-to‘plangan ma’lumotlarni raqamli shaklga aylantirish.
12. Qayta ishlash-ma’lumotlarni tahlil uchun tayyorlash.
13. Tahlil-mazmunli xulosalarni qo‘lga kiritish maqsadida statistik va boshqa vositalar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash.
14. Hisobotni tuzish-tadqiqot hisoboti shaklida tahlil natijalarini bayon qilish.

Yüklə 149,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə