Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   153
fayl 1633 20210826

           
4.  Umumrivojlantiruvchi  mashqlar

Muayyan  mashqlarni  tanlashda  mazkur 
mashq turidan o’rin olgan imkoniyatlardan to’liq foydalanish lozim. Darsni o’tish 
sharoitlariga  muvofiq  holda  belgilangan  maqsadga  qisqa  yo’l  bilan  erishishga 
imkon  beradigan  mashqlarni  saralab  olish  zarur.  Jumladan  quyidagilar  tavsiya 
qilinadi: 
 1.Mashqlarni  tanlashda  harakatlarning  mumkin  bo’lgan  o’zgarishlaridan 
emas, balki ularning maksimal samaradorligidan kelib chiqish lozim. 
2. Mashqlarni shug’ullanuvchilarning asosiy dars qismidagi faoliyatiga mos 
holda tanlash kerak. 
3. Shug’ullanuvchilarning yoshi va sportdagi tajribasini hisobga olish lozim. 
Masalan,  yangi  shug’ullanuvchilar  uchun  quyidagicha  oson  kompozitsiyalarni 
tuzish kerak.  
4. Mashqlar majmuasida asosiy harakatlar yoki har doim bir joyda, yoki har 
xil joyda turlicha vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutish lozim. 


201
 
 
Ushbu holda hamma boshqa harakatlar yordamchi ahamiyatga ega: shiddatni 
(mashqning  energetik  ulushi)  o’zgartirish,  nazorat  orientiri,  qayd  qilish, 
koordinatsion murakkabliklar. 
5.Egiluvchanlikka  qaratilgan  mashqlarda  antagonistlarning  bir  tomonga 
takrorlash  soni  oshgan  yoki  holatni  ushlab  turgan  sari  kamayishni  xisobga  olish 
zarur.  
6.Shuni  hisobga  olish  lozimki,  agar  holat  uzoq  vaqt  ushlab  turilsa,  uni 
bajarish malakasi ancha tez shakllanadi.  
7.  Mashqlarning  yanada  samarali  bajarilishini  ta’minlash  uchun  mashqlar 
majmuasiga majburiy nazorat mashqlarni kiritish kerak.  
8.  Sezilarli  toliqishga  yo’l  qo’ymasdan  takrorlashlar  sonini  oshirish 
maqsadida uyg’unlashtirilgan mashqlarni qo’llash zarur.  
9. Agar darsning tayyorgarlik qismi faqat razminka maqsadida olib borilsa, 
ushbu  holda  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  majmuasi  tanish  va  nisbatan  oddiy 
kompozitsiyali mashqlardan iborat bo’lishi lozim. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə