Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar



Yüklə 33,4 Kb.
səhifə11/11
tarix23.12.2023
ölçüsü33,4 Kb.
#155278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KURS ISHI



BKM, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur.
Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bolgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllan-tirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi. Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham ozi uchun shaxsiy-amaliy xarakterga ega Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yolga qoyishi zarur.
Pedagogning individual rivojlanish dasturi mutaxassis sifatida pedagogning individual ravishda ozida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, bilim, konikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllan-tirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi.
Pedagog tomonidan ishlab chiqiladigan individual rivojlanish dasturi quyidagi tarkibiy elementlardan tarkib topadi:
- pedagogik bilimlar;
- psixologik bilimlar;
- mutaxassislik bilimlari;
- didaktik malakalar;
- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakalari;
- ruhiyatning kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlari va shaxsiy sifatlar;
- o’z-o’zini rivojlantirish maqsadlari;
- o’z-o’zini rivojlantirish uchun topshiriqlar.
Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida yuzaga keladigan kuchli raqobatga bardoshli bolish ehtiyoji har bir mutaxassisni ozida kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlarni tarkib toptirishga undaydi. Lug’aviy jihatdan qobiliyat, mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish manosini anglatuvchi kompetentlik negizida muayyan sifatlar namoyon boladi. Xususan, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida ijtimoiy, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion hamda kommunikativ), shaxsiy, texnologik va ekstremal kompetentlik kabi sifatlar aks etadi. Bir qator, xususan, A.K.Markova hamda B.Nazarovalarning tadqiqotlarida pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib otilgan. Pedagogning kasbiy kompetentsiyasi pedagogik (oquv va tarbiya) jarayonni samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishini taminlaydi. Kasbiy kompetentsiyaga ega bolish uchun pedagog o’z-o’zini izchil rivojlantirib borishga etiborni qaratishi zarur. O’z-o’zini rivojlantirishda pedagogga individual rivojlanish dasturi qo’l keladi. Zero, ushbu dasturda pedagogda mavjud bo’lgan kompetentlik sifatlari va rivojlantirish zarur bolgan sifat, BKMni aniq, xolis ifodalash mumkin.


Yüklə 33,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə