Amaliy №3 Mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari Reja


MySQL tili haqida tushuncha



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə6/15
tarix08.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#82719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
AMALIY 3

MySQL tili haqida tushuncha

MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya'ni bir xil tipga ega bo'lgan (ishlash texnologiyasi bir xil), lekin o'rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo'lgan. Shuning uchun MySQL 4 talqini MySQL 5 talqinidan farq qiladi. Hozirda (maqola yozilishida) eng so'ngi talqini 5.6.14 dir.

Har bir dastur, ma'lum bir sonlar asosida talqinlarga ajratiladi. Dastur ismi o'zgarmaydi, faqat sonlar o'zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya'ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi. MySQL dasturi ham hamma dasturlar kabi o'z talqiniga ega (5.6.14). Demak birinchi raqam asosiy raqam deyiladi. Bizning holatda bu 5 raqami. Bu raqam kamdan kam o'zgaradi, faqatgina dasturning asosi o'zgarsa o'zgaradi. Keyingi raqam 6, bu raqam asosiy raqamga yordamchi raqam hisoblanadi va asosiy raqamga qaraganda tezroq o'zgaradi. Buning o'zgarishi, dasturning ishlash texnologiyasi biroz o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi. Keyingi raqam build deyiladi. Bizning holatda bu 14 raqam. Dastur ishlashida biror nuqson(bug) paydo bo'lsa, dasturchilar darrov shu nuqson(bug)ni yo'qotishadi va raqamni keyingisiga o'zgartirib qo'yishadi. Bundan ko'rinib turibdiki bu raqam tez o'zgaradi. Bu o'zgartirish dasturchilar tilida Patch deyiladi. O'z tajribamdan kelib chiqib fikr bildirsam, har bir yangi chiqgan Patch, eski nuqsonlarni bartaraf etib, yangisini paydo qiladi:).

MySQL asosan 2 turga bo'linadi. Birinchisi, pullik talqin bo'lib, MySQL Enterprise Server deyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma'lum bir mablag' to'lash talab etiladi.

Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.




Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə