“alpomish” dostoni



Yüklə 5,48 Mb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü5,48 Mb.
#152174
1   2   3   4   5   6   7
1. Alpomish va go\'rog\'li dars ishlanma

"Alpomish" dostoni

  • "Alpomish" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan.
  • Dostonni o'qish davomida o'ziga atashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo'lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do'st tutingani uchun Hakimbekning yonida o'zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko'pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg'och timsol-lari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko'ramiz.

"Alpomish" dostonida o'zbek millatiga xos eng yuksak ma'naviy-axloqiy si­fatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan.

  • "Alpomish" dostonida o'zbek millatiga xos eng yuksak ma'naviy-axloqiy si­fatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan.
  • Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqi­mizning ma'naviy olamini ko'rsatuvchi ko'zgudir.
  • Shuning uchun ham 1999-yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda bayram qilindi.

Dostonning boshlanishi

  • Burungi o'tgan zamonda, o'n olti urug' qo'ng'irot elida Dobonbiy degan o'tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o'g'il farzand paydo bo'ldi. Alpinbiydan tag'i ikki o'g'il paydo bo'ldi: kattakanining otini Boybo'ri qo'ydi, kichkinasining otini Boysari qo'ydi. Boybo'ri bilan Boysari — ikkovi katta bo'ldi. Boysari boy edi, Boybo'ri shoy edi. Bu ikkovi ham farzandsiz bo'ldi.

Ana endi o'n olti urug' qo'ng'irot elida bir chupronto'y bo'ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to'yga xabar qildi. Shu to'yga barcha xaloyiqlar yig'ildi. Biylar ham to'yga keldi. To'ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi.

  • Ana endi o'n olti urug' qo'ng'irot elida bir chupronto'y bo'ldi. Xaloyiqlarni, elatiyalarni to'yga xabar qildi. Shu to'yga barcha xaloyiqlar yig'ildi. Biylar ham to'yga keldi. To'ydagi kattalar ilgarigiday izzat qilib, qadimgiday otini ushlamadi.
  • Biylar: "Mazmuni, bu odamlar bizning kelganimizdan bexabar qoldi", — deb otini o'zlari bog'lab, ma'rakai majlisga kelib o'tira berdi.

Yüklə 5,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə