Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati va komil inson gʻoyasi. Reja: Kirish



Yüklə 22,7 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü22,7 Kb.
#153412
1   2   3   4
Alisher navoiy ijtimoiy-falsafiy qarashlari-fayllar.org

Odamiy ersang, demagil odami
Onikim, yoʻq halq gʻamidin gʻami
Alisher Navoiy nafsoniyatiga berilib ketgan insonlarni tanqid ostiga oladi. Bunday dardga chalingan insonlarni birovning tushgan kulfatga parvo qilmaydi, birovga yaxshilikni ravo koʻrmaydi, har doim yolgʻiz oʻzi haqida qaygʻuradi. Bunday odamlar “barchaga oʻzgadan oʻzi azizroq va oʻzgalar soʻzidan oʻz soʻzi azizroq” deb taqiqlaydi. Navoiy odamlarni yomon xislatlardan holi koʻrishni xohlaydi.
“Mahbub ul-qulub” asarida Alisher Navoiy odam va odamiylik haqida, chin insoniy fazilatlar toʻgʻrisida asrlar mobaynida xalq tajribasi va bilimi haqida yigʻilgan fikrlarni bayon etadi. Ushbu asarda shoir oʻzining ijtimoiy gʻoyalarini ilgari suradi, chuqurlashtiradi, yangi dalillar bilan isbotlaydi.
Navoiy inson maʼnaviy dunyosini boyitish uchun, eng avvalo, oʻzini anglashi zarur deb hisoblaydi. Ushbu yoʻlda quyidagi amallarga boʻysinishi lozim: birinchidan, nafsiy quvvatlarni maʼnaviy quvvatlarga boʻysindirishi; ikkinchidan, ilm olishi va hunar egallashi; uchinchidan, ilm, hunar, mol-dunyosini ezgulikka yoʻnaltirishi; toʻrtinchidan, koʻnglini insondagi goʻzallik bilan boy ettirishi.
Navoiy oʻz davrining mashhur davlat arbobi boʻlishi bilan bir vaqtda u buyuk mutafakkir ham edi. Shoir siyosat, davlat qonunlariga oid maxsus asarlar yozib, Turonda siyosiy-huquqiy taʼlimotlarning rivojlanishini yangi pogʻonaga koʻtargan shaxsdir.
Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” (“Arab boʻlmagan shohlar tarixi”) asari oʻz davri nuqtai nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va Turon mulkida hukmronlik qilgan toʻrt sulola: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi.
Anʼanaga muvofiq tarix Odam Ato (a.s.) davriga bogʻliq ravishda talqin qilinadi. Alisher Navoiy mazkur asarda “Nizomu-t-tavorix”, “Jomeu-t-tavorixi Jaloliy”, “Nasihatu-l-muluk”, “Jovidon xirad”, “Odobu-l-arab va a-l-furus”, “Guzida”, “Muntahab”, “Devonu-n-nasab” kabi manbalardan foydalanadi va Banokatiy, imom Muhammad Gʻazzoliy, Tabariy, Ali Miskavayh, Qozi Barzoviy kabi tarixchi olimlarning nomlarini keltirib, maʼlumotlarni ularning asarlaridan olganini aytib oʻtadi. Shoirlardan Abulqosim Firdavsiy va uning “Shohnoma”siga koʻproq murojaat qiladi. Iskandar haqidagi qissada esa xamsanavislar Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviylarning qarashlarini keltirib oʻtadi.
Alisher Navoiy masalaga nuktadon muarrix – tarixchi olim sifatida yondashar ekan, har bir maʼlumotning aniq va asosli boʻlishiga alohida eʼtibor qaratadi. Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9, ashkoniy sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami toʻrt suloladan 63 hukmdorning nomlari, ularning tarjimai holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir maʼlumotlarni taqdim etadi. Kayumars birinchi shoh ekanligi, Hushang, Bahrom, Afrosiyob, Jamshid kabi shohlarning, Rustamdek harbiy sarkardalarning faoliyatlariga yuksak baho beradi.
Alisher Navoiy mazkur asarida tarixga oid juda qiziqarli va ahamiyatli koʻplab maʼlumotlarni beradi. Balx, Bobil, Nishopur, Marv, Samarqand va yana oʻnlab shaharlarni bunyod qilgan shohlar, Navroʻz bayramining kelib chiqishi, roʻzaning paydo boʻlishi, butparastlikning sabablari bilan bogʻliq voqealar shular jumlasidandir.
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asari orqali tarix bilimdoni qiyofasida namoyon boʻladi. Asardagi yuzlab geografik nomlar, yuzlab shaxslarning ismi-sharifi hamda yuzlab voqealar muallifning kuchli xotirasidan ham darak beradi.
Navoiyining dunyoqarashida kelajakda ideal davlat orzusi katta oʻrin olgan edi. Gap uning butun bir xayoliy davlati — “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar davlati haqida bormoqda. Mutafakkir siyosiy qarashlarida mavjud feodal davlatlarni tanqid qilib taraqqiyparvar ahamiyatga ega ishlarni amalga oshirish bilan cheklanmasdan yanada ilgarilab, Iskandar davlatidek ideal davlatni oʻz dostonida yaratdi. Unda shoir boʻlajak ideal davlatni siyosat, davlat, davlatni idora qilish shakli, davlatni boshqarishda fan va texnikaning ahamiyati, xalqaro huquqqa oid masalalar, urush va tinchlik kabi murakkab siyosiy vaziyatlarni taʼriflaydi. Ana shu qoʻyilgan masalalar boʻyicha oʻzining aniq pozitsiyasini belgilaydi. Eng muhimi, Alisher Navoiy jamiyatni davlatsiz, qonunsiz, shohsiz tasavvur qilolmaydi. U jamiyatda intizom qonun-qoida boʻlishini eʼtirof etadi.
Navoiy katta siyosiy kurash yoʻlini bosib oʻtib, boy tajribaga ega boʻlganidan keyin uning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida yanada ilgarilash yuz beradi. Mutafakkir feodal davlati va huquqining tor doiralarida cheklanib qolmasdan, oʻzining vatanida markazlashgan adolatli davlatni barpo etish gʻoyasida qolib ketmasdan, yanada ilgarilab, butun dunyoda yagona markazlashgan adolatli davlat boʻlishi, uning tepasida esa adolatli shoh turishi kerak, degan gʻoyagaga yetib boradi.
Alisher Navoiyning merosi koʻp olimlar tadqiqotlarining katta va muhim obyekti boʻlib qoldi. Alisher Navoiyning olijanob gʻoyalari va ilhombaxsh asarlari tinchlik va insoniyat taraqqiyotida hamkorlikni mustahkamlashga yordam bermoqda. Navoiyning ijtimoiy-falsafiy gʻoyalari bugungi kun bilan hamohangligi hozirgi globallashuv zamonida maʼnaviy merosi madaniy transformatsiya jarayonini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolish uchun kuchli gumanistik ahamiyatga ega.
Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor berdi
Xulosa
Alisher Navoiy ilm, maʼrifat haqida ajoyib fikrlarni olgʻa surdi. U aql, ilm insonning eng goʻzal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil oʻqish-oʻrganish kerak: “Yoshligingda yigʻgil bilimni, qarigach sarf qilgʻil ani”, degan shoirning oʻzi ham juda yoshligidan taʼlim oladi, oʻqishga beriladi. U yoshligidanoq koʻp sheʼrlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini bolalik chogʻlaridayoq qayta-qayta oʻqib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi.
U mehnatkash xalq bolalarini oʻqitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida oʻgʻil va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan oʻzi madrasalar qurishda tashabbus koʻrsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U oʻzining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim boʻlgan mablagʻ ajratadi. Navoiy dars beruvchini quyoshga oʻxshatadi va bu quyosh oʻz atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, yaʼni hali ilmdan bexabar boʻlgan toliblarga ilm nurini sochadi, maʼrifat beradi, deydi.
Alisher Navoiy taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʼrifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi.
Buyuk soʻz sanʼatkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bagʻishlaydi. “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) falsafiy-taʼlimiy dostondir. Navoiy bu asarida oʻzining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga taʼlim va oʻgit berish masalalariga katta eʼtibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgoʻylik va toʻgʻrilik, ilmning foydasi va kambagʻal oʻquvchilarning bu yoʻlda chekkan azoblari haqida batafsil toʻxtalib oʻtadi.


Yüklə 22,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə