Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org


Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 
SAIDOV A. I., ESHQUVVATOV T. E.,
ISNONQULOVA N.I.


KONFLIKTLAR PSIXOLOGIYASI 
fanidan ma’ruza mashg’ulotlari bo’yicha uslubiy qo’llanma 

Alisher Navoiy nomidagi


SamDU o’quv-uslubiy kengashining
2015 yil ______maydagi qarori bilan
uslubiy qo’llanma sifatida nashrga
tavsiya etilgan.

SAMARQAND – 2015 


2
Saidov A. I., Eshquvvatov T. E., Isnonqulova N.I. Pedagogik konfliktologiya


fanidan ma’ruza mashg’ulotlari bo’yicha uslubiy qo’llanma. – Samarqand: SamDU
nashri, 2015. – 166 bet.


Ushbu uslubiy qo’llanma 5210200 – Psixologiya ta’lim yo’nalishi II bosqich 
talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalarning konfliktlar, ularning 
mexanizmlari, konfliktlarni tahlil qilish va psixologik hal etish yo’llarini 
egallashlari uchun muhim qo’llanma bo’lib xizmat qiladi 

Mas’ul muharrir:

pedagogika fanlari nomzodi,

dotsent Ahrorov Yu.A.

Taqrizchilar:
Psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent: Iskandarov E. A.
Psixologiya kafedrasi mudiri,
dotsent: Salaxuddinova M. I.
© Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti


3
KIRISH

Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli
munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar
esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis
davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb
ataymiz.
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hyech
bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman
deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki
har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy
hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning
shakllanishining zaruriy talablaridan biridir.
Psixologik jihatdan konfliktlarni o’rganish faqat nazariy emas, balki juda
muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda yuzaga
keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali
choralarni qo’llashga yordam beradi.
Konfliktlarning jamiyat hayotidagi doimiy va umumiy hodisa sifatida tan
olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda,
shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib
chiqarmaydi. Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat
sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt
natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga
solish imkoniyatiga asoslanadi.

Konfliktni tartibga solish haqidagi masala nazariy va amaliy jihatdan uni


o’rganishga loyiq mustaqil muammodir. Bu muammoni o’rganuvchilar
konfliktni tartibga solishni unga bo’lgan eng oqilona yondashuv deb
hisoblaydilar. Har doim ham ochiq to’qnashuvdan qutulish mumkin emas,
biroq, doimo konfliktli hodisalarning rivojlanishi uchun haddan tashqari katta
mablag’ sarflash va talafotlar ko’rishdan xalos bo’lish mumkin.

Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy


jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan
uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli vaziyatlarni
boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega.
Mazkur uslubiy qo’lanmada konfliktlar to’g’risidagi qarashlar tahlili, konflikt
mexanizmlari, uning shakllari, turlari hamda konfliktlarning tugashi nazariy jihatdan
tahlil qilingan. Mazkur uslubiy qo’lanmada konfliktlarning psixologik hal qilishning
usullari amaliy jihatdan tahlil qilingan.
Biz mualliflar ―Konfliktlar psixologiyasi‖ faniga bag’ishlangan mazkur uslubiy
qo’lanma fan talab etgan maqsad va vazifalarni to’liq hal etib bera oladi degan
da’vodan uzoqmiz, shuning uchun ham o’z hamkasblarimizning mazkur tadqiqot
yuzasidan bildirajak tanqidiy mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul etamiz va
ularga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.


4


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə