Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Termiz shaxar filialidagi amaliyot bo`yicha hisobot. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/18
tarix17.06.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#117576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
HISOBOTkijh1234


Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Termiz shaxar filialidagi amaliyot bo`yicha hisobot.
Reja:
I.Kirish:
II.Asosiy qism:

  1. Tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatiningasosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili;

  2. Tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili;

  3. Bank tomonidan xo‘jalik subektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili;

  4. Pul muomalasini tashkil yetish, ular bo ‘yicha me’yoriy – huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish;

  5. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili;

  6. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal yetish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o‘rganish;

  7. Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.

  1. Xulosa va takliflar.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Men, Termiz Davlat Universiteti “Iqtisodiyot va turim” fakulteti “Moliya” ta’lim yo`nalishi M-119-guruh 4-kurs talabasi Turdiyev Shohrux Shavkat o’g’li.
2023-yil 20-mart kuni Termiz davlat universitetining “Bitiruv oldi amaliyotiga chiqarish to`g`risida”gi buyrug`iga asosan Davlat Aksiyadorlik Tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Termiz shaxar filialiga (13-hafta) bo’lgan davr mobaynida bitiruv oldi amaliyotini o`tash uchun bordim.Amaliyot kunimni 24.03.2023-yilda boshladim.Amaliyot kuni 2023-yil 17.06.2023-yilga qadar davom etdi. Kunlik amaliyotga ajratgan vaqtim 6 soatdan iborat bo`ldi. Qolgan 3 soat davomida o`zim mustaqil faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirib oldim. Amaliyot bo`yicha rahbar qilib Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Termiz shaxar filiali Chakan hizmatlar ko’rsatish bo’lim yetakchi mutaxassis xodimasi
Yaxshikulova Moxira Abduraxmonovna biriktirildi. Amaliyot rahbarim menga bankka borib amaliyotni boshlagan kunimda bankni ichki tartibqoidalarini, ish yuritish tartiblarini to`liq tushuntirdi. Amaliyot ob`yektiga kirishim uchun vaqtinchalik ruhsatnoma taqdim etdi. Bank bo`limlari va u yerdagi ichki xodimlar bilan tanishtirdi.
Bitiruv oldi amaliyotiga borishimdan asosiy maqsad Termiz davlat universiteti “Moliya ” ta’lim yo`nalishi o`quv jarayonida olgan bilimlarimni va ko`nikmalarimni amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish, amaliyot bo`yicha bilim, tashkiliy ko`nikmalarni hosil qilib dastur rejasiga amal etish, amaliyot jarayonida ish sifatimni doimiy takomillashtirib kelgusida yetuk mutaxassislikka ega bo`lish, “Moliyachi” mutaxassisligiga kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechish, amaliyot davomida olgan bilimlarimni nazariy bilimlar bilan solishtirib, amaliyot ob`yekti iqtisodiyotini va Moliyaviy jarayonlarini takomillashtirish bo`yicha mustaqil ravishda takliflar berishdan iboratdir.
Davlat Aksiyadorlik Tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Termiz shaxar filiali Manzili: Surxondaryo viloyati, Termiz shaxar, Madaniyat ko`chasi 2a-uy Ishonch Telefonraqami:+998907477073Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha, tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha qilib belgilangan.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida Hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas'uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
Bugungi kunda, Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 hududiy va tuman (shahar) filiallari, 30 ta mini-bank va
1 000 dan ortiq jamg'arma va maxsus kassalari iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes sub'yektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 avpreldagi 216-1 – sonli “Bank va banklar faoliyati haqida” gi qonundan kelib chiqib, Bank – yuridik shaxs bo’lgan tijorat tashkiloti sanalib, bank faoliyati deb yuritiluvchi quyidagi faoliyat turlari jamlamasini amalga oshiradi:
Yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish va o’z tavakkalchiligi asosida yig’ilgan mablag’larni kreditlash hamda investitsiyalashda foydalanish to’lovlarni amalga oshirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bank faoliyatining predmeti bo’lib pul mablag’lari shaklidagi bank krediti va omonatlari hisoblansa, bank faolliyatining asosiy maqsadi daromad ko’rish hisoblanadi.
“Xalq banki” DATB– O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida ish yurituvchi tashkilot bo’lib, pul mablag’larni jalb qilishni amalgam oshiradi va qaytarishlilik, to’lovlilik, muddatlilik shartlarida o’z nomidan joylashtiradi. Bank yuridik shaxs sifatida foyda olishga yo’naltirilgan tijorat faoliyatini yuritadi.
Avvalgi yillardagi bank Biznes-rejasi ijrosi yuzasidan 2014, 2015, 2016 yillarda va “Xalq bank” DATB ning 2016 – 2019 yillardagi strategik rivojlanish rejasiga asosan ushbu yillar yakunida kutilgan moliyaviy natijalar olinib, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishildi. 2014, 2015 va 2016 yillardagi “Xalq banki” ATB faoliyati yakunlari bo‘yicha, bank Biznes-rejasi va strategik rejasi belgilangan bank foydasi va byudjeti daromad qismi bajarilgan. Avvalgi yillar bo‘yicha daromad va foyda rejasi bajarilgan.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə