Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlari



Yüklə 91,62 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü91,62 Kb.
#109528
Aksiyadorlik jamiyatlari vaaksiyadorlar huquqlari1

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlari

BAJARDI: NORMUROTOV ZIYOUDDIN

REJA

  • Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari
  • Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy menejmentni tashkil etishning nazariy asoslari va rivojlanish bosqichlari

Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari

  • Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta’sis etish yoki qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qaror ta’sis yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to’g’risida o’zaro ta’sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta’sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim bo’lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.

AKSIYADORLIK JAMIYATI

  • Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to’g’risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
  • Jamiyatni tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e’tirof etiladi.
  • Agar qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo’lishi mumkin emas.

ZARUR REJA VA SHAROITLAR

  • Aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv organi rahbari va ijro tarkibi tanlovini shunday asosda olib borish kerakki, bunda shaxsning malakasi ham, fe’l-atvori ham uning aksiyadorlik jamiyati strategik vazifalarini amalga oshirish bo’yicha bajaradigan ish harakteriga mos bo’lishi lozim. Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari, etakchi mutaxassislari va xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, hisoblash texnikasini qo’llash orqali maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruvning oliy va ijro organlari, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati menejeri va xodimlari o’z vazifalarini bajarishida bir-birini amalda takrorlashiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, ular o’zaro bir-birini almashtira olishi darajasining yuksakligini ta’minlash muhimdir. Bunda ularni rag’batlantirishning ijobiy vositalari (mukofotlash, imtiyozli aksiyalarni ajratish, xorijiy safarlarga malaka oshirishga yuborish va hokazolar)dan faol foydalanish yaxshi samara beradi.Aksiyadorlik jamiyatini boshqarishdagi tavakkalchilik ustidan nazoratni kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan chuqur anglash darajasi mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlarning tarkibiy qismi bo’lib qolishi zarur.

Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil qilishdagi joylashtirish usullari


Qayta tashkil qilingan jamiyatlar qimmatli qog‘ozlarini ayriboshlash
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatdagi ulushlarni yangi qimmatli qog‘ozlarga ayriboshlash
Ajralish orqali paydo bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalani sotib olish
Davlat korxonalari negizida tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyatlarni qimmatmi qog‘ozlarini sotib olish

O’zbekiston milliy korporativ boshqaruv modeli tuzilmasi

Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy menejmentni tashkil etishning nazariy asoslari va rivojlanish bosqichlari

  • Moliyaviy menejmentni ng murakkab va ziddiyatli tabiatini e’tiborga olib, mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari uchun korporativ hamjamiyatining har xil qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli organlari o’rtasidagi kelishuvlar va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini shakllantirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi.
  • Shu munosabat bilan korporativ xatti-harakat mexanizmini tartibga soluvchi turli ko’rinishdagi kodekslar, xususan, aksiyadorlar manfaatlarini ta’minlash masalalari, boshqaruvchining aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig’ilishi oldida hisob berishi masalalarini ifodalovchi qoidalar ishlab chiqilishi zarur.
  • Aksiyadork jamiyatlari moliyaviy menejmentni tashkil etishda kuzatuv kengashining funksiyalari qo’yidagicha:
  • - har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati va javobgarligi ta’riflangan hamda o’ziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan xujjatning bo’lishi tavsiya qilinadi:
  • kengashning o’zak g’oyasi – jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va boshqa o’zaro munosabatlardan holi, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining shakllanishidir.
  • kengashning missiyasi aksiyadorlar qo’ygan ulush qiymatining maksimal o’stirilishidir. Kengash faoliyati asosida aksiyadorlar maqsadlari va manfaatlari yotishi zarur.
  • Kengashning vazifasiga aksiyadorlar nomidan Jamiyat faoliyatiga rahbarlik qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat qilish kiradi.
  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni

Yüklə 91,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə