Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
islom huquqi

Ʌɢɯɚɱɟɜ ȼ
.
Ⱥ
.
ɍɝɨɥɨɜɧɨɟ ɩɪɚɜɨ ɜ ɧɟɡɚɜɢɫɢɦɵɯ ɫɬɪɚɧɚɯ Ⱥɮɪɢɤɢ
. – 
Ɇ
., 1974. – 
ɋ
. 78.


161
Umuman, musulmon huquqining amal qilish doirasi mazkur guruhda 
ancha cheklangan. Ularning ba’zilari (Suriya va Iroq)da oila huquqiga oid 
musulmon huquqiy qoidalarining muayyan demokratlashganini kuzatish 
mumkin. Shu bilan birga, bunga teskari holatlar ham ko‘zga tashlanadi. 
Bunga so‘nggi yillarda Misr huquqiy tizimida musulmon huquqi 
mavqeining kuchayib borayotganligi misol bo‘ladi. Chunonchi, Misrning 
1978 yilgi ichki frontni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni ilohiy 
qonunlarni inkor etuvchi yoki ularning normalariga zid qarashlarni targ‘ib 
qiluvchi yoxud shunday g‘oyaviy oqimlarning tashabbuskori bo‘lgan 
shaxslarning saylanadigan davlat idoralari va jamoat uyushmalari 
qo‘mitalaridagi mas’ul lavozimlarni egallashini taqiqlaydi. Bundan 
tashqari, qonun chiqarish tartibida siyosiy partiyalarning ustavlari, 
shuningdek ularning dasturlari va tamoyillari musulmon huquqi 
qonunchilikning asosi ekanligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoidani 
shubha ostida qoldirishi mumkin emas. XX asr 70-yillarining boshlarida 
Misrda musulmon huquqini kodekslashtirishga oid kengash tuzilib, u 
Xalq majlisining topshirig‘iga binoan Jinoyat, Oila va Fuqarolik 
kodekslarining loyihalarini ishlab chiqdi. Musulmon huquqining ta-
moyillari faqat qonun chiqarishning asosiy manbalaridan biri emas, balki 
bosh manba ekanligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish 1980-yilda Misr 
Konstitutsiyasiga kiritildi. Shu vaqtdan boshlab maslahat kengashi amal 
qilib, u o‘zining boshqa vazifalaridan tashqari mazkur konstitutsiyaviy 
qoidaning himoyasi uchun ham zarur choralarni ishlab chiqdi.  
Mavritaniyada ham musulmon huquqi mavqeining kuchayganligi 
e’tiborni tortadi. Bu mamlakatda 1980-yilda maxsus musulmon sudi 
tashkil etilib, unda bir necha marotaba had jazosi – o‘g‘rilik uchun qo‘lni 
chopib tashlash amalga oshirildi. Ushbu guruhga kiruvchi mamlakatlarda 
shaxsiy maqom munosabatlari bilan bog‘liq bahs-munozaralarni ko‘rib 
chiqishda musulmon protsessual huquqining aksariyat normalarini 
qo‘llaydigan musulmon sudlari faoliyat ko‘rsatmoqda (Misrda bunday 
normalar umumfuqarolik sudlari tomonidan qo‘llaniladi). Shuni qayd 
qilish zarurki, musulmon huquqining vorislik, vasiyat, vaqflar, vasiylik, 
homiylik (qaramoqqa olish), huquqiy salohiyatni cheklash to‘g‘risidagi 
qoidalar zikr etilgan mamlakatlarning aksariyatida barcha fuqarolarga, 
jumladan nomusulmonlarga ham taalluqlidir.  
Afrika qit’asining Tanzaniya, Keniya, Gvineya kabi mamlakatlari
shuningdek, Osiyodagi mamlakatlar – Hindiston va Filippin huquqiy 
tizimi maxsus guruhni tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarda musulmon 
huquqi shaxsiy maqom munosabatlarini mutanosiblashtirish, shuningdek 


162
vaqflarning huquqiy maqomi, zakot yig‘ish va xarjlashga doir 
munosabatlarda amal qilib kelmoqda. Ba’zida mazkur mamlakatlarda 
qonunlarni qabul qilishga musulmon huquqi normalarining ta’siri 
kuchaymoqda. Chunonchi, Tanzaniyada 1971-yilda qabul qilingan Oila 
kodeksi musulmon huquqining ayrim normalarini mustahkamladi. Lekin 
ushbu huquq Zanzibarda amal qilmaydi, zero musulmonlarining asosiy 
qismi mazkur mamlakatda yashaydi. Bu mamlakatda musulmon huquqi 
ta’siridagi oila huquqi (qisman) ham, fuqarolik huquqi ham qo‘llanishda 
davom etmoqda. Keniyaning 1972-yilgi vorislik huquqi to‘g‘risidagi 
qonuni ayrim mintaqalarda musulmon aholi o‘rtasida mulkning ayrim 
toifalariga nisbatan musulmon huquqini qo‘llashga yo‘l qo‘ydi. Ushbu 
mamlakatda musulmon huquqi shafiylar tariqatining nazariyasiga 
asoslanib, musulmonlar (ular aholining to‘rtdan bir foizini tashkil etadi) 
o‘rtasidagi nikoh-oila munosabatlarini mutanosiblashtiradi. 
Gvineya, Mali kabi mamlakatlarning nikoh-oila qonunchiligida 
musulmon huquqining muayyan ta’siri kattadir. Ayrim mamlakatlarda 
(masalan, Chad va Nigeriyada) Molikiylar mazhabi nazariyasiga 
asoslangan musulmon huquqi musulmonlarning shaxsiy maqomi 
munosabatlarini va vaqf mulki huquqiy idora usulini mutanosiblashtirib 
kelmoqda. Ushbu guruhga kiruvchi ba’zi mamlakatlarda (Nigeriya, 
Keniya, Filippinda) musulmon sudlari amal qiladi. Ammo qayd etish 
mumkinki, tropik Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat 
mamlakatlarida musulmon huquqi mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mahalliy 
odat huquqining bir turi kabi maqomdadir. 
Tunis huquqiy tizimi ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida 
e’tiborga molik. Uning nikoh-oila qonunchiligi musulmon huquqi 
ta’sirida bo‘lsa-da, ammo qator muhim tuzilmalari amal qilmaydi. 
Ko‘pxotinlilik qonunan taqiqlangan va farzandlikka asrab olish e’tirof 
etilgan. Yaman Xalq Demokratik Respublikasining Oila kodeksi, garchi 
musulmon huquqining ayrim qoidalarini o‘zida mustahkamlangan bo‘lsa-
da, mohiyatan ayolga oilaviy munosabatlarda erkaklar bilan teng huquq-
larini taqdim etgan. Har ikkala mamlakatda ham musulmon sudlari 
tugatilgan. O‘rganib chiqilgan mamlakatlar bilan qiyoslaganda, ushbu 
mamlakatlarda musulmon huquqining ta’siri juda cheklangan. 
Islom mamlakatlari qonunchiligida fiqh qoidalarining mustahkam-
lanishi holatining musulmon huquqining ushbu mamlakatlar huquqiy 
tizimlari uchun qanday ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi savolning 
tug‘ilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, bunday normativ hujjatlarni 
qaysi ma’noda «musulmon huquqi» deb atash va musulmon huquqi 


163
qonun chiqarishning asosiy manbai, degan iborani qanday tushunish 
mumkin? 
Fikrimizcha, savollarga javob berishda masalaning bir necha 
tomonini inobatga olmoq joiz. Eng avvalo, musulmon huquqining 
evolutsiyasiga nazar tashlab, mumtoz normalarning hozirgi qonunchi-
likdagi qoidalardan mohiyatan muhim tafovutini alohida ta’kidlash 
darkor. Musulmon huquqi yangi sharoitlarda bir qadar o‘zgargan holda, 
mustaqil huquqiy hodisa kabi amal qiladi, deb aytish xato bo‘ladi. 
Musulmon huquqining qoidalari nafaqat shakan, balki, mazmunan ham 
muhim o‘zgarishlarga uchradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə