Ahmad yassaviy devoni hikmatlar idagi insonning



Yüklə 146,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü146,3 Kb.
#164957
1   2   3
3432-Текст статьи-8612-1-10-20211112

Tariqat va Shariat
. Shariat bilan tariqat orasidagi masala g`oyat nozik 
masaladir. Bu jihatni anglamagn odam biror tomonga putur yetkazishi mumkin. 
Chinakm musulmon bo`lgan, islomni chuqur anglab, uning ma’rifati, Hikmat va 
falsafasidan baqramand bo`lgan, musulmonlikni Alloh yodida pok yaShaSh deb
bilgan kishi hech qachon tariqatni o`ziga yot bilmaydi. Musuomonlikni faqat 
rasm-rusmlar, odatlar va boShqa taShqi belgilar yig`indisi deb biluvchi kishi 
uchun, turgan gap, tariqat mavqum va qatto zararli narsa bo`lib tuyo`ladi.
Shariat aqlining hammasi ham tariqat bilan kuraShib kelmagan. Ko`pgina Shariat 
peShvolari tariqat aqliga hurmat bilan haraganlar, Shayxlar bilan do`stlaShganlar.
Ammo muxolifatning boSh sababi Zohidlar, «osoyishta» so`fiylar Shariat 
aqlini unchalik bezovta kilmaganlar. Shariat aqliga taShvish keltirgan narsa – bu
tasavvufning fano, tavqid, ishq va vasl kabi g`oyalari edi. Ularning goyasi zoqiriy 
bilim bilan cheklangan odamlarga yoqmasdi. Boz ustiga, Haq ishqida bequdu 
devona bo`lgan valiylarning «Shatqiyot»lari, Ya’ni «kufr» bo`lib ko`ringan 
gaplari 
(chunonchi, 
Qallojning: 
«Analhaq», 
deyishi, 
Boyazidning 
1
N.Komilov. Yassaviy. “Xalq so`zi”, 1993, 6 avgust. 


«Sharaflanganman, Sharaflanganman, Shanu Sharaf menga» degan gapi, 
MaShrabning «Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq na kerak, BoShimga 
uruyinmu Ibroqimdan qolg`on ul eski do`konni» deyishi) tabiiyki aqidabarast
kishilarni taShvishga solar va ular buni iymondan chekinish deb baqolardidar.
Ibn Javziy tasavvuf tarixini ikki davrga bo`ladi. Birinchisi – Zohidlik davri 
bo`lib, u davrda sufiylar Shariat talabalariga qat’iy rioya qilganlar. Ikinchisi – 
darveShlik davri bo`lib, bu davrda fikri Shuurda islom aqidalariga to`g`ri 
kelmaydigan qaraShlar yuzaga kelgan, tariqat qabul qilgan rasm-rusumlar ham 
islomda yo`q edi, deydi Javziy. Chunonchi xirqa kiyib aloqida jamoa bo`lib yurish, 
raqsu samo’ majlislari taShkil qilish, kuy-qo`Shiq eShitish, chilla o`tirish, zikr 
tuShirish va qokazolar islomga xilof. Shuning uchun tasavvufga ular
bilimsiz,nodon kishilar degan ayb qo`yiladi. Lekin bu noto`g`ri ekanligini 
Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Baqouddin NaqShband, Xoja Axrori vali kabi 
ulug` Shayxlar misolida ko`rishimiz mumkin, ular Shariat ilmini suv qilib ichgan 
odamlar edi. Ularda bundan taShhari Yana botiniy-ilohiy ilm ham jo`Sh urib 
turgan. Ana Shu fazilat bilan ular oddiy dindorlar, muxaddisu mufassirlardan 
ustun edilar.
Aslida tariqat aqli Shariatni inkor etmagan. Aksincha, Shariat ma’naviy 
tarbiyaning birinchi bosqichi qisoblangan. Suluk yo`liga kirgan kishi to`rt buyuk 
maqomni bosib o`tishi lozim, Ya’ni: Shariat, tariqat, ma’rifat va tariqat. 
Yana deydilarki, Shariat – Rasulullohning aytganlari, tariqat – Rasuli 
akromning siyrati, qilgan ishlari, haqiqat – Rasullulloqko`rganni ko`rish. Yana 
quyidagi ta’rif maShqur : Shariat- ommaning dini, iymoni. Tariqat – xoslarning 
yo`li. Haqiqat – avliyolar iymoni. Atoqli olim Xusayn Voiz KoShifiyning qiyosi 
ham ibratli. «Futuvvatnomai sultoniy» kitobida u yozadi: «Agar Shariat, tariqat va 
haqiqat orasida nima farq bor, deb so`rasalar, har uchalasi o`zaro vobasta deb 
javob Ber. 
Shariat – ravShan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat – 
qidirilgan narsalar, bayondir, xizmatdir. Haqiqat – ko`rish uchun kuraShish, 
ayondir, Hikmatdir»
2

Ahmad Yassaviy ham tariqat va Shariatning uzaro vobastaligini soda 
turkona tilda ravShan bayon qilib bergan: 
Har Kim qilsa tariqatni da’vosini, 
Avval qadam Shariatga qo`ymoq kerak. 
Shariatning ishlarini ado qilib, 
Andin so`ngra bu da’voni qilmoq kerak. 
U tariqat yo`li og`ir va maShaqqatli eknligini ham ta’uidlaydi: 
Shariatdan murod – yo`lga kirmoq, 
Tariqatdan murod – nafsdan kechmoq. 
Haqiqatdan murod – jondan kechmoq, 
Jondan kechmay ishq Sharobin ichsa bo`lmas. 
Tasavvufning nazariy va amaliy tomonlari bor. Amaliy tomoni bevosita 
Ollohga erishuv jarayonidir. Bu yo`lda sufiylik koidasini bajargan holda juda 
2
Xusayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy. T.: 15-b.


ko`pchilik tasavvufga ishonganlar, maShgul bo`lganlar. Bu jarayonda Shayxlar va 
muridlar paydo bo`lib, sufiylikka berilganlar Shayxlardan ta'lim olganlar, ularga 
murid bo`lib tuShganlar. 
Yassaviyning dunyoga nazari, bizning davr kishilarinikiga nisbatan 
boShqacha Shakllangan. Shoirning ishq, haqiqat, adolat, qanoat, diyonat singari 
masalalarga yondaShishi o’zgacha yunalishlarda kechganligi ham Shubhasiz. U 
o’z davri farzandi sifatida islom dini ko’rsatmalari va islom aqidalariga tayangan. 
Buni uning o’zi ham e’tirof qilgan. Shoir hikmatlarining birida bunday satrlarni 
o’qiymiz: 
XuShlamoydur olimlar bizni oyg’on turkini, 
Oriflardin eShitsang, ochar kungul mulkini. 
Oyat, hadis, ma’nosi turki bo’lsa muvofiq,
Ma’nisiga yetganlar, yerga qo’yar bo’rkini. 
Adib komillikka erishishning yo’li har qanday nafsdan ham parhez qilishda 
ekanligini ta'kidlab, nafs yo’liga kirmaslikni maslahat beradi. Shu bilan birga har 
qanday maqsadga erishish yo’lida mehnat qilish lozimligini alohida ta'kidlab 
o’tadi. 
Yassaviyning iymon - e'tiqodga chaqiruvchi g’oyalari yoshlar tarbiyasida 
muhim manbalardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Ahmad Yassaviy ijodiyotining mag’zini isyonkorona mistik mazmunlar 
taShkil qiladi. U behudaga “G’arqob bo’lib isyon ichra qoldim ma’no”, demagan. 
Uning isyoni-Inson botinadigan isyon. Bertran Rasselning “Mistisizm va 
mantiq”maqolasida 
yozilishicha,dunyoni 
mistik 
tarzda 
idrok 
etishda 
donishmandlikning Shunday bir unsuri mavjudki,unga boShqa vosita bilan erishib 
bo’lmaydi. Mana Shu “donishmandlik unsuri”. -“Xudo oily haqiqat. Unda hamma-
hammasi mukammal,musaffo va go`zal. Uning adolati parchalanmas. QaraShlari 
ziddiyatsiz ”deganday mantiqlarni aks ettirgan.Miskin Shoirlarning g’oyaviy 
yo’llarini,Shartli ravishda,vujudi mutlaq bilan ”suhbat”yo’li deb ataSh mumkin. 
Chunki ularning butun diqqat-e’tiborlari muqaddas Ruhga qaratilgan.Ular faqat 
xudo ishini tan oladilar. 
Bunday muhabbat odamdan favqulodda ko’ngli poklik va nafs ehtiyojlaridan 
ozod bo’lishni – talab qiladi. Mistik oShiqning bitta ibratli xususiyati-o’z o’ziga 
murosasizligi. Uningcha, Shuxlik va gunohlarni bekitmoq ishqqa xiyonatdir. 
Bugina emas, ”tog’dan og’ir” yozuqlari uchun uni hatto “tog’i toShlar” ham 
so’kmog’I ehtimoldan yiroqmas. Shuning uchun u “Ishq yo’lida jon berganni 
armoni yo’q”, degan tushunchalarni e’tiqod Shiori bilib,ma’naviy ruhiy tozalanish 
ranju jafolarini bo’yinga olmog’i shart. Bu haqida Yassaviy shunday o’git berdi: 
Jafo chekmay oShiq bo’lmas, tingla g’ofil, 
Jafo chekib sobir bo’lg’on bo’lg’on bo’lmas johil. 
demak, jafo chekib oshiqlikka etishish, birinchidan, g’ofillikni haydaydi. 
Ikkinchidan, johillikka yo’l qo’ymaydi. G’aflatdan qochish-faol tasavvurlarga keng 
yo’l ochadi. Bu orqali ilohiy bo’lsa-da, mohiyat axtariladi. Mohiyat izlayotgan 
Shaxs, tabiiyki, atrof- muhitda sodir etilayotgan voqea-hodisalarga befarq 
qarolmaydi. 
Xudovando, meni solg’il o’z yo’linggo, 


Nafs ilgida xarob, ado bo’lbum mano. 
Fisqu fujur to’lib-toShib, haddin oShti, 
G’arqob bo’libisyon ichra qoldim mano. 
Yassaviy “xudo yo’lini” –“nafs ilgi”dan qutulmoq, atrofda to’lib-toShgan 
fisqu fujurlarga barham bermoqning yo’lini izlaydi. Agar diqqat bilan muShohada 
yuritilsa, Yassaviyning diniy-axloqiy falsafasida dunyodan yuz burilmaydi. 
Yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlikillatlariga rivoj bergan tuban dunyoni 
yurakdan quvishga da’vat etiladi. Shu ma’nolarda Shoir so’zlari inson qalbida 
g’alayon qo’zg’aydi. ”Nohaq da’vo qilg’on” qozi, imomlar,”xarom egan 
hokimlar”, “dunyo mening’’deb “jahon molin” yiqqan guShna amaldorlar, ”Oqni 
qaro qilg’on” mullo-yu, Mudarrislar, el ustiga minib elib “totlig’-totlig” eb, ”turlik-
turlik kiygon” larga qarShiko’ngulda nafrat uyg’otadi. 
Bu qaydlardan “Yassaviy mazlumlar tomonida turib fikran kuraShgan Shoir 
bo’lgan ekan-da”, degan xulosalar chiqarilmasligi kerak. U garchi, 
”Yetimlar bu jahonda hor ekandur,
G’ariblarni ishi duShvor ekandur”,yoki: 
“G’ariblarni ko’rgon yerda og’ritmangiz, 
G’ariblarga ochig’lanib so’z qotmangiz. 
Zaif ko’rub g’ariblarga toSh otmangiz, 
Bu dunyoda g’aribliktek balo bo’lmas”,- 
singari misralarida “ko’ngli qattig’ xaloyiq”ni Shavqatga va g’arib, yetim 
mazlimlarga ozor etkazmaslikka chiqargan bo’lsa-da, feodal jamiyat ivakillari qo’l 
ostida ezilgan mehnatkaShlarning haq-huquqlari uchun kuraShmoqni o’z oldiga 
g’oyaviy maqsad qilib qo’ymagan. Ahmad Yassaviy o’zi bilan o’zi beomon 
kuraShadiganlar ijodkori sifatida juda e’tiborli. U odanga o’z-o’zini kechirmaslik 
sirlarini o’rgatadi. Shoir o’z qalbida eng chuqur joylariga nazar taShlaShni targ’ib 
etadi. Shuning uchun ham uning axloqiy e’tirozida Shaxsning ma’naviy, ilohiy 
kamolotiga to’siq bo’ladigan insondagi salbiy hususiyatlar tahlili tabbiy ravishda 
izchillanib borgandir. Yassaviydagi samimiyat-oShkoralikda. Ba’zan undagi 
oShkoralik talablariga chidaSh muShkul. Buni badbinlik deb anglaSh noto’g’ri. 
Yassaviy hikmatlarida badbinlikmas, g’amginlik, ma’rifatli ruxni suyaydigan dard 
va faryod borki, ular insonning hissiyot fojialarinierta anglaShga xizmat 
qiladi.Yassaviy hikmatlaridagi markaziy obraz-olloh. U xudo ishqi, Ya’ni ishqiy 
ilohiyni 
tan 
oladi. 
Navoiy 
“Mahbubul-qulub”da 
ishqni 
uch 
qismga 
ajratib,uchunchisini “haqguylar ishqi bo’lib,ular haqning jamolini ochiq ko’rish 
umidi bilan yaShaydilar va Shuning bilanmatlubdirlar ”,-deydi.Yassaviy: 
“Ishq yulida kecha- kunduz yig’lagonlar, 
Jondin kechib belinmahkam bog’log’onlar. 
Xizmat qilib haq sirini anglog’onlar 
Tun uyqunixarom qilibnolon bo’lur”,- 
Kabi poitik e’tiroflarida ollohni tanish va uning ishqini idrok qilish extiroslarida 
o’rtangan 
oShiqlarni 
nazarda 
tutgan.U 
Shu 
oShiqlarga 
“ishq 
sirrini 
bayon”qiladi.Bu 
sirning 
muShohadasiga 
berilgan 
oShiq,avvalo,”haqiqatni 
ma’nosigaetgan kishi”.U “kecha-kunduz ishq” istaydi.”Bir soat ham haq yodidan 


g’ofil”lik yuq unda.U iymonda sobit. Uningcha, “ Tan so`zlamas, jon so`zlamas, 
iymon so`zlar ”. Yassaviyni iymoni so`zlatgan. Iymon tili bi lan muhabbatni 
ulug`lagan ijodkor deb baholasak xato qilmagan bo`lamiz. Chunki Yassaviy 
hikmatlarini Diyonat ziyosi va iymon Shafqati ichdan nurlantirib turadi. Olloh 
qahru g`azablaridan qo`rqmay odamlarga ranj yetkazib, bechoralarning 
ko`zlaridan yoshlar oqizuvchi iymonsizlar deb qaraganda o`Sha zulmkorlarni 
o`zicha bir faollik bilan aytmagan. Uning nuqtayi nazari bo`yicha na musulmon na 
kofir hech birovga ozor bermaslik Shartdir:
Sunnat ermish, kofir bo`lsa, berma ozor, 
Ko`ngli qottig` dilozordan xudo bezor. 
Ulug` rus yozuvchisi L.N.Tolstoy kundaliklarida “ Hamma ishimni 
yolg`izlikda, Xudo bilan hal qilishim Shart”, -deb yozgan ekan, mistik Shoirlarda, 
jumladan,A.Yassaviyda ham mana Shunday “yolg’izlanish”qariyb doimiy holat va 
fikriy birlik jarayoni bo’lgan.Yassaviy mistikasining yorug’lik manbai-rux 
yolg’izligida u xudoga juda yaqin. Shu bois u “Jondan kechib,moldan kechib 
g’arib bo’lsam,biyobonda yolg’iz kezib nola qilsam ”, degan orzularni bayon 
qilgan. Shunga ko’ra, uning kuraSh haqidagi falsafiy qaraShlari ham boShqacha. 
U inson hayotidagi katta kuraSh - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan 
kuraSh deb hisoblanadi. Nafsga mag’lub Shoh-qul, nafsdan ustunlikka erishgan 
g’arib -Shohdir. Mana,Yassaviy dunyoqaraShidagi tayanch nuqtalaridan bittasi. 
Ibn Sino ruboiylaridan birida: 
“Dunyo, mansab dema, uchma ishvaga, 
Do’stlardan ajrab ham yov boShiga yet”,- 
deydi. Bunda Shoir nazarda tutgan yov-nafs. Alloma har nimadan, hattoki,d 
o’stlikdan ajrab bo’lsa ham Shu g’animning boShini yanchishga undagan. Shu 
ishni amalgam oShira olgan kishining g’ururi va insoniy qadr qimmatini hech kim 
poymol qila olmaydi. Navoiy aytmoqchi, nafsga tobe bo’lib duShmanni band 
etmoq mardlik sanalmaydi. Uni engish esa chinakam Shijoatdir. 
Bo’lib nafsingg’a tobi’, band etarsan tuShsa duShmanni, 
Senga yo’q nafsdek duShman,qila olsang ana qil band. 
Yassaviy hikmatlarining katta bir qismi ayni Shu masala talqinlariga 
bag’ishlangan. Uning ta’rifiga binoan,nafs “yabon quShdek qo’lg’a qo’nmas” bir 
narsa. Bu “quSh”o’z xohishicha “parvoz” etaversa,odamni kundan- kun 
to’g’rilikdan ozdiraveradi. Oqibatda esa:
Nafs yo’lig’a kirgon kishi rasvo bo’lur, 
Yo’ldin ozib, toyib, to’zub gumroh bo’lur, 
Yotsa-tursaShayton bilan hamroh bo’lur… 
Shoir nafs bandalariga qarata, ”Nafsni tebgil, nafsni tebgil, ey badkirdikor”, 
deb murojaat etadi. Va: 
“Nafsim mani yo’ldin urib xor ayladi, 

Yüklə 146,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə