Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#133056
  1   2   3   4
1-MA’RUZA TAQDIMOTI 06.10.2023


“TEMIR YO’LLAR QURILISHI TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZATSIYASI” fanidan ma’ruza
TOSHKЕNT DAVLAT TRANSPORT UNIVЕRSITЕTI “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi
1-mavzu: Temir yo‘llar yer polotnosini qurish. Ishlar hajmini hisoblash. Tayyorlov va yordamchi ishlar.

Тoshkent – 2023

1-Ma’ruza mashg‘uloti rejasi:

  • Temir yo’llar qurilishining o’ziga xos xususiyatlari.
  • Yer inshootlarining vazifasi va turlari.
  • Yer polotnosiga qo’yilgan asosiy talablar.
  • Tayyorlov va yordamchi ishlar.
  • Yer ishlari hajmini aniqlash uslublari.

1. Temir yo’llar qurilishining o’ziga xos xususiyatlari.


Temir yo’l qurilishi kapital qurilishning muhim bo’limi bo’lib, temir yo’l transportining asosiy fondlarini ko’paytirib beradi va mamlakatning transport sistemasida yetakchi ro’l o’ynaydi.
Temir yo’llar qurilishiga yangi temir yo’llarni qurish, ikkinchi yo’llarni qurish, temir yo’llarni elektrlash va stantsiya va uzellarni qayta qurish kiradi.
Temir yo’l qurilishida doimiy qurilmalar temir yo’l izi, suv o’tkazuvchi quvurlar, ko’priklar, tonnellar, kontakt tarmog’i va elektrlangan yo’llar tortish podstantsiyalari, elektr va aloqa liniyalari, har xil ishlab chiqaruv, xizmat ko’rsatish-texnik, shaxobcha yo’llari kiradi. Hammasi qurilish ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi.
Temir yo’llar qurilishining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) Temir yo’llar qurilishining o’ziga hos xususiyatiga ikkibirlik masalani bajarishi kiradi: qurilishning chiziqli va yig’ilgan, maydondagi turlarini birlashtirish masalasi. Ularning har bir turiga o’z yondashuvini, ish yuritish tamoyilini qo’llash mumkin.


2) Metereologik sharoitning ma’lum darajada og’ishi tufayli ishlarni bajarish usullarining noaniqligi, ayniqsa bahor va kuz fasllarida, bu ishlarning hajmiga ta’sir ko’rsatib, ishlarning texnologiyasi, tashkili va usullarini o’zgartirishga olib keladi.
3) Chiziqli-cho’zilgan obyektlar uchun trassa bo’ylab ishlar hajmi bir-biri bilan liniya profili va planiga qarab sezilarli darajada farq qiladi va xattoki yonma-yon joylashgan temir yo’l uchastkalari ishlarining texnologiyasi va tashkili farqiga olib keladi.
4) Qidiruv davridagi yomon geologik, gidrologik va boshqa tekshiruv turlari qurilish vaqtida avariya, mushkul xolatlarga olib kelishi mumkin va natijada Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTJI) va Ishlarni ishlab chiqish loyihasi (IICHL) ko’zda tutilgan ishlar texnologiyasi va tashkiliga o’zgartirishlar kiritishlar zaruriyati tug’ilishi mumkin.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə