Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot – so‘z san’ati haqidagi fandir.
Badiiy
adabiyotning muhim xususiyatlarini rus tanqidchisi I.Belinskiy “Adabiyot so‘zining
umumiy ma’nosi” asarida ko‘rsatib o‘tadi. Uningcha, adabiyotning eng muhim va
umumiy xususiyati 3 tadir:
1.
Adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, ya’ni
adabiyot boy va
kambag‘alga, erkak va ayollarga, yoshu-qariga, demak irqi, millati, dinidan qat’iy
nazar hammaga birdek xizmat qiladi.
2.
Adabiyot ma’lum shaxslar, talant egalari tomonidan yaratiladi. Shu nuqtai
nazardan yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi bir-biridan farqlanadi. Og‘zaki
ijodning bunyodkori xalq bo‘lsa, yozma adabiyot ma’lum bir shaxslar tomonidan
yaratiladi.
3.
Adabiyotning badiiyligidir, ya’ni unda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi.
So‘z vositasida inson qalbi kashf etiladi, u orqali hayot jonli qilib, boyitib ta’sirli
qilib tasvirlanadi.
“Adabiyotshunoslik” so‘zi kelib chiqish jihatdan “adabiyot” so‘ziga tojikcha
“shinos” (yaxshi bilish, tayin etish) fe’li va o‘zbekcha lik qo‘shimchasini
qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. “Shinos” fe’li o‘zbek tili taqozosiga ko‘ra, “shunos”
shaklini
olgan.
“Adabiyotshunoslik”
atamasiga
Qisqacha
Adabiyot
ensiklopediyasida shunday ta’rif berilgan: Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotni
uning mohiyatini, kelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har taraflama o‘rganuvchi
fandir; so‘z orqali
badiiy fikrlashning negizi, zamini, tuzilishi,
tarixiy-adabiy
jarayonning lokal (ma’lum joy, davrga oid) va umumiy qonuniyatlari haqidagi
bilimlar jamidir”.
Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” fan sifatida” nomli maqolasida
adabiyotshunoslik haqida shunday deydi:
1.
Adabiyotshunoslikning diqqat markazida
dastavval adabiyotning eng
yaxshi namunalari, ya’ni klassik asarlar va klassik yozuvchilar ijodi turadi. Ana
shunday asarlar va yozuvchilar ijodi tahlili jarayonida
badiiy adabiyotning
qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari kashf etiladi.