Academic research in educational sciences



Yüklə 401,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix03.04.2023
ölçüsü401,3 Kb.
#104104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
504-513

 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
An‘anaviy ta‘lim sharoitida bilish faoliyati o‗qituvchining o‗quvchilarga tayyor 
bilimlarni o‗zlashtirishga yo‗naltirilgan harakati sifatida tushuniladi. Mutaxassislar 
bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o‗tish zarurligini tushuna 
boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik esa barcha axborotlar 
o‗quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini mutaxassislar nazariy jihatdan 
asoslashga muvaffaq bo‗ldilar. O‗qituvchi o‗quvchilarga muloqot asosida taqdim 
etadigan axborotlarning muayyan qismi mustaqil izlanish uchun asos bo‗lishiga 
erishish nazarda tutilmoqda. 
O‗quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo‗naltirilgan ilmiy 
yondashuvlar ikkita asosiy yo‗nalishni o‗z ichiga qamrab oladi: 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00625 
Academic Research, Uzbekistan 510 www.ares.uz 
1.Didaktik 
yondashuvlar. 
Bunda 
asosiy 
e‘tibor o‗qituvchilar faoliyati
o‗quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik vositalarning 
o‗rnini o‗rganishga qaratilgan. 
2.Psixologik 
yondashuv. 
O‗quvchilar 
o‗zlarining 
psixologik-pedagogik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda bilish faoliyatidan foydalanadilar. Bilish 
jarayonining barcha darajalarini tahlil qilishdan ko‗zda tutilgan maqsad – uning 
turlarini 
aniqlashdan 
iboratdir. 
CHunki 
bilish 
turlari 
ta‘lim jarayonida 
o‗quvchilarning o‗zlashtirish usuli sifatida namoyon bo‗lishi lozim. SHu bois, bilish 
faoliyatini o‗zlashtirishning turlarini aniqlashni o‗z oldimizga maqsad qilib 
qo‗yganmiz. O‗quvchining bilish faoliyati muayyan ko‗rinishlar, shakllar, vositalar
usullar, yo‗llar, metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHunga ko‗ra, quyidagilarni 
ta‘kidlash mumkin: 
1.Tabiiy sharoitdagi maktab amaliyotida bilish faoliyatini turli-tuman ko‗rinishlarda 
vujudga keltirish. 
2.O‗quvchi bilish faoliyatining hosil bo‗lish turlari, ko‗rinishlari, usullari, shakllari
metodlariga ega bo‗lishi. 
3.O‗qituvchilar bilish faoliyati turlarining yagona tasnifi mavjud emas. 
Bilish 
faoliyatini 
rivojlantirishga 
yo‗naltirilgan 
o‗quv 
jarayonlari 
loyihalashtirilganda umumlashgan bilish ko‗nikmalari o‗z-o‗zidan vujudga kelmaydi. 
CHunki mazkur jarayonda maqsadga yo‗naltirilgan maxsus o‗quv vaziyatlari amalga 
oshadi. SHu bilan bir qatorda, o‗quvchilarni umumlashgan ko‗nikmalarni egallashga 
tayyorlashning muhim tarkibiy qismi ularda xususiy xarakterdagi o‗quv-biluv 
ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
O‗quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishda o‗quv vaziyatlari o‗ziga xos 
didaktik ahamiyat kasb etadi. O‗quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida 
o‗quvchi o‗quv predmeti mazmunini o‗zlashtirishga intiladi. O‗quvchi faoliyati o‗quv 
predmeti mazmunini o‗zlashtirishga yo‗naltiriladi. Ma‘lumki, o‗qituvchi o‗quvchi 
faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o‗quvchi o‗z faoliyatini 
mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. 
Bu jarayonda o‗qituvchining vazifasi o‗quvchining mayllarini hisobga olish
rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir. 
O‗rganish o‗quvchida o‗z xatti-harakatiga ishonch tug‗diradi. Mazkur 
ishonchni egallash boshlang‗ich ta‘lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga 
o‗quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. 
Bugungi kunga kelib aksariyat o‗quvchilar o‗z bilim zahiralarini kengaytirishga 



Yüklə 401,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə