Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

QAYG‘ULAR
– Nega mening boshimni qashlaysiz?
– Men o‘zimning boshim debman.
Latifa
Go‘zal bir yigit eshikni qoqdi. Sochiga bitta-ikkita oq
oralagan xotin chiqib ochdi.
– Keling, keling... Marhamat.
Yigit ichkari kirdi, qo‘lidagi portfelini divanga uloqtirdi,
uf tortib, peshonasiga urdi.
– Yo o‘lishim kerak, yo o‘ldirishim kerak! – dedi titrab-
qaqshab.
– Qanday yomon ish ekanki, boshqa yo‘l topolmaysiz?
O‘tiring.
– Boshqa yo‘l yer sharining o‘rtasiga million tonnalik
bomba qo‘yib portlatish! Mumkinmi bir dona piyola ber-
sangiz!
Yigit portfelidan bir shisha vino olib, xotinning hayhay-
lashiga qaramay, ikki piyolani ustma-ust shimirdi.
– Men yigit-a? Husn kerak bo‘lsa birovdan qarz olgunday
emasman. Menday bir kishining xotini begona bir odam bilan
hammomga tushgan bo‘lsa... nima qilish kerak?
– Qachon? – dedi xotin hayron qolib. – Bugun deysizmi?
Xotiningiz bugun ertalab soat oltida Samarqandga uchdi-
ku. Mening kelinim bilan birga ketdi! O‘zim chiqib ku-
zatib qo‘ydim.
O‘n minutdan keyin yigit xotinining har qanday shubhadan
рок
ekaniga, hammom haqidagi gapning tuhmatligiga tamom
ishondi va suyunganidan bu xotinning boshidan, yelkasidan,
qo‘llaridan o‘pdi.


182
Bu yigitni behuda koyishdan qutqarganiga xotin ham
xursand bo‘ldi. Yigit yana bir piyola vino ichdi, yana xotinning
qo‘lidan o‘pgani intildi. Xotin bu safar o‘zini tortdi va o‘rni-
dan turib, chiroqni yoqdi.
– Bas endi, uka, ichmang! – dedi.
– Ichmang? Siz ham ichasiz. Iching!
Yigit ko‘p shilqimlik qila bergandan keyin xotin qochib
narigi uyga kirib ketdi. Vinoni ko‘tarib yigit ham kirdi.
Birpasdan keyin xotinning tovushi eshitildi:
– Jinni bo‘lmang! Oling qo‘lingizni! Bu nimasi?! Qo‘yib
yuboring! Qo‘yib yubor deyman! Tfu, ahmoq!..
Go‘zal yigit so‘ljayganicha qaytib chiqdi va portfelini
olib, jo‘nadi. U qayg‘uga qolib yo‘1-yo‘lakay o‘ylar edi.
«Yomon bo‘ldi... Bu alvasti xotinimga albatta aytadi. Shu
falokatdan ham eson-omon qutulsam, endigittan nari
xotinimga tanish ayollarga qo‘l uzatmayman...»
1937-yil

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə