turi ekiladi, ularning guli oq, xushbo‘y bo‘lib, tarkibida efir moyi
bor. Qora dengiz bo‘ylarida, Kavkazning janubida va Qrimda
ekiladi.
0
‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish
mumkin.
SH A M SH O D - BUXUS
55-rasm.
Shakl berilgan shamshod.
Shamshod kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 10 m ga yaqin.
P o‘stlog‘i silliq, kul rang-yashil Novdasi 4 qirrali, yashil rangda.
Barglari
doim yashil, qalin p o ‘stli, cheti tekis, kalta bandli bo‘lib,
novdada doira shaklida joylashadi. Shamshod daraxti mart-aprel
oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentyabr oylarida etiladi. U k o ‘sak
shaklida bo‘lib, uchi tomonida ustunchalar qoldig‘idan hosil boMgan
uchta shoxchasi bor, etilganda uch pallaga ajraladi.
M DH da shamshod daraxtining bir necha turi uchraydi.
Ko pincha oddiy yoki doim yashil shamshod (V. semperverens)
o ‘stiriladi. U 0 ‘rta er dengizi hududlarida tarqalgan, bizda
ko‘kalamzorlashtirish
maqsadida
ekiladi.
Kavkazdagi
tog‘
o ‘rmonlarida qoraqayin va boshqa aralash o ‘rmonzorlarda kolxida
shamshod daraxti (V. solshisa) va girkan shamshod daraxti (V.
shigsana) tarqalgan. Shamshod daraxtining hamma turi deyarli
soyasevar o ‘simlik. Shuning uchun ular o ‘rmonlarda ikkinchi yoki
uchinchi yarusda o ‘sadi.
Shamshod daraxti doim yashil, sovuqqa
chidamsiz bo ‘lib, ayrim vaqtlarda -20°, -22 °S gacha sovuqqa
chiday oladi. Qrimda va Ukrainaning janubida hamda Zakarpateda
sovuq iqlimda o ‘sayotgan shakllari bor. U tuproqning unumdor-
ligiga va havoning namligiga talabchan. Sekin o ‘sadi va uzoq yil
yashaydi. T o‘nkasidan hamda parxish yo‘li bilan ko‘payadi, ildizi-
dan bachkilaydi.
Y og‘ochi qimmat baholanadi, uning rangi tiniq, po‘sti qalin,
pishiq, qattiq bo‘lib, yaxshi yoriladi va ishlash qulay. Undan cholg‘u
asboblari
yasaladi, to ‘qish mashinalari uchun moki, o ‘ymakorlik
buyumlari ishlanadi. Shamshodni butab, har xil shakl berish oson.
Shuning uchun joylarni ko‘kalamzorlashtirishda muhim ahamiyatga
ega.
0
‘zbekiston sharoitida havoning quruqligidan ancha zararlan-
moqda. Shamshod jonli devor yaratishda juda qo‘l keladigan
o‘simlik.
Y A PO N N O R M U SH K I (YAPON B ER E SK LE TI)
EU O NY M US JA P O N IC A L ,
Doim yashil tik o ‘suvchi buta yoki kichik daraxt, bo‘yi 5-8 m.
M ay-iyunda gullaydi. Nisbatan tez o ‘sadi. Yarim soyalangan
joylarda kam o ‘sishi mumkin, ammo ochiq, yorug
1
joylarda yaxshi
o ‘sadi, kasallik va zararkunandalar bilan kam zararlanadi. Sovuqqa
chidamli - qisqa vaqt davomida -18-20° S sovuqqa chidaydi, shu
haroratda novdalarining uch qismini sovuq uradi, ammo tez
tiklanadi, tuproq tanlamaydi, nisbatan quruq va yumshoq, zich loyli
tuproqlarda o ‘sishi mumkin. Qumoq, yumshoq, nam tuproqlarda
yaxshiroq o ‘sadi va rivojlanadi. Chang va gazga chidamli.
Uni kesib
har xil shakllar hosil qilish mumkin. Bordyurlar, past bo‘yli jonli
devorlami
barpo
etishda,
parklar,
skverlar
va
bog larda
foydalaniladi. Turli shakl berish mumkin. Shakllar yakka va kichik
guruh holida ishlatiladi. Ayrim shakllar bardyurlami barpo etishda
ishlatiladi.
56-rasm.
Yapon normushki.
Y A PO N B E H IS I - C H A E N O M E L E S JA P O N IC A
B o‘yi 3 m keladigan buta o'sim ligi. 3-4 yoshdan aprelda gullay
boshlaydi. Sekin o ‘sadi sovuqqa chidamli buta. Tuproq boy boMishi
kerak, ochiq joy, quyoshli maydonda yaxshi o ‘sadi. Q urg‘oqchilikka
chidamli. Kam sho‘rlangan tuproqda ham o ‘saveradi, tutun va gazga
chidamli. Kesish y o ‘li bilan har xil shakl hosil qilish mumkin.
0 ‘simliklami yozda gullash davri tamom boMgandan so‘ng kesiladi.
M aysazorda
yakka turda, guruh holida, jonli devor va bardyur
shaklida qoMlaniladi. Respublikaning barcha viloyatlarida manzarali
o ‘simhk sifatida ishlatilishi mumkin, kuchli sho‘rlangan tuproqlar
bundan mustasno.
57-rasm.
Yapon behisining gullagan davri.
Dostları ilə paylaş: