A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/88
tarix21.10.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#129717
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
07-01 musiqa ILK QADAM

I-ВОВ.
UMUMIY QOIDALAR


8
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan 
me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, ta’lim va 
tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari, shuningdek, bolaning keyingi ta’lim bosqichiga o‘tishidagi 
tayanch kompetensiyalari belgilangan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim Davlat standartini amalga oshirish 
mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat o‘quv dasturining asosiy vazifasi kompetensiyaga asoslangan 
yondashuv asosida bola shaxsini rivojlantirish hisoblanadi.
Davlat o‘quv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va 
muassasalarida qoʻllanilishi majburiydir:
 

davlat maktabgacha ta’lim tashilotlarida;
 

maktabgacha ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat MTTlarida;
 

ta’lim va tarbiyaning muqobil shakllarida;
 

“Mehribonlik” uylari maktabgacha ta’lim guruhlarida;
 

monitoring va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni 
nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida.
1.1. DAVLAT O‘QUV DASTURINING QO‘LLANILISHI
Davlat o‘quv dasturi muqobil, parsial, moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch 
hujjat hisoblanadi. 
MTT Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan muqobil, parsial, moslashtirilgan o‘quv 
dasturlarini qo‘llash huquqiga ega. 
MTT o‘quv dasturi mutaxassislar va ota-onalarni jalb qilgan holda, pedagoglar tomonidan tuziladi va 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə