A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


O‘qish darsliklaridagi matnlar uchun topshiriqlar tayyorlash va ular



Yüklə 217,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix06.06.2023
ölçüsü217,68 Kb.
#115709
1   2   3   4   5   6
kWMqi3uq5Ysm2IN1o5adeHlAUp1E0SjA2bjXa7Do

 
O‘qish darsliklaridagi matnlar uchun topshiriqlar tayyorlash va ular 
ustida ishlash texnologiyasi 
4- sinf O‘qish kitobidagi Hamidjon Hamidovning “Pahlavon va shoir” 
mavzusi bo‘yicha PIRLS topshiriqlari tayyorlash 
 PAHLAVON VA SHOIR
 
Hamidjon Hamidov
 


Mahmudning dehliga safari hind xalqining milliy bayramiga to‘g‘ri 
kelibdi. Odatda, bunday ayyomlarda xalq sayillari, har xil tomoshalar, 
musobaqalar uyushtirilar ekan.
Mahmudning shahar chetidagi saroylardan biriga tushganini eshitgan 
sulton uni ertangi kurashda ishtirok etishi va yosh saroy pahlavoni bilan 
bellashishini so‘rab, odam yuboribdi.
Mahmud yosh bahodirning izzat- nafsiga shikast yetkazishni o‘ziga ep 
ko‘rmay, bu iltifotni rad etibdi. O‘z marhamati qabul qilinmaganini 
eshitgan sulton g‘azab otiga minibdi.
Mulozimlar bu xabarni Mahmudga yetkazib, kurashda ishtirok etishini 
o‘tinib so‘rabdilar. U rozilik bildiribdi.
Odatda, bunday musobaqalardan oldin Mahmud ulug‘larning 
qadamjolarini ziyorat qilar ekan. O‘sha kecha ham shahardagi qabristonni 
ziyorat qilib yursa, bir ayol erining qabrini quchoqlab: “Ey xudo, ikki 
bolam va erimni olding, ertangi kun maydonda yolg‘iz o‘g‘limning qo‘lini 
baland qilgin”, —deb nola chekayotgan ekan. Mahmud bu xotin sulton 
saroyidagi pahlavonning onasi ekanligini sezibdi.
Ertasi kuni kurash maydonida Mahmud o‘zini juda zaif va lapashang 
qilib ko‘rsatibdi. Yosh bahodir ikki- uch davradan keyinoq Mahmudni 
chirpirak qilib ko‘tarib uribdi. Sulton bu g‘alaba sharafiga katta ziyofat
beribdi. Tantanalardan so‘ng hokim boshchiligida arkoni davlat: barcha 
xizmatkorlar, mehmonlar fillarga minib o‘rmonga — ovga jo‘nashibdi.
Changalzorlar orasidan ketayotganda bexosdan sulton taxtiravoni 
o‘rnatilgan fil botqoqqa botib qolibdi. Ko‘p urinishibdi, filni loydan 
chiqaza olishmabdi. Shunda Mahmud xizmatkorlarga filning oldingi 
oyoqlari orasini kovlab bo‘shatishni buyuribdi. Shunday qilishibdi.
Bo‘shliqqa katta bir kundani tashlabdilar. Mahmud ana shu kunda 
ustiga tushib, fil oyoqlari orasiga yelkasini qo‘yib, bir zo‘r bilan ikki 
oyog‘ini botqoqdan bo‘shatibdi, fil o‘zini o‘nglab, halokatdan qutulibdi.


Hamma mehmonning qudratiga ofarinlar aytibdi. Ovdan so‘ng yana 
ziyofat boshlanibdi. Gap orasida sulton Mahmuddan:
— 
Kecha maydondagi zaifligingiz bilan bugungi jasoratingizni 
qanday tushunsa bo‘ladi? — deb so‘rabdi.
— 
Ey, oliy himmat sulton! Bu yigit — bir bevaning yagona farzandi, 
istiqboli porloq pahlavon, lekin hali tajribasiz. Men u bilan olishib, mayib 
qilib, umriga zomin bo‘lishni istamadim. Ammo siz g‘azablanganingizdan 
so‘ng kurash tushishga rozilik bergandim, debdi u.
— 
Tilang tilagingizni, nima istasangiz, muhayyo qilaman, — debdi 
sulton.
— 
Menga hech narsa kerak emas. Sizning zindoningizda 200 dan ortiq 
yurtdoshim asir ekan, o‘shalarni ozod qilsangiz, vatanimga birga olib 
ketsam, bas, — debdi Mahmud.
Sulton bahodirga ot-ulov, sarpolar beribdi va asirlarni hibsdan 
bo‘shatibdi. Mahmud vatandoshlari bilan Xo razmga qarab yo‘l olibdi.

Yüklə 217,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə