A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix16.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100897
1   2   3   4   5   6   7   8
23 ilova

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va 
viloyatlar Xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi, tuman (shahar) 
xalq ta’limi bo‘limlari umumta’lim fan metodistlarining uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish kursi o‘quv rejasidagi modullarning mazmuni 
1. Metodistning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
Kommunikativ ko‘nikma tushunchasi va turlari. Samarali muloqot qilish 
qobiliyati. Aloqa o‘rnatish qobiliyatlarining asosiy turlari. Suhbatdoshda tezda 
qiziqish uyg‘otish texnologiyasi. Samarali muloqot qilish bo‘yicha zamonaviy 
yondashuvlar.
O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni
qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralarini tanlay olish. O‘zgalarning huquqlari 
va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga 
qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot shakllarini 
tanlay olish.
Boshqalar fikrini hurmat qilish. O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, 
to‘g‘rilash, fikrini qarama-qarshi qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali 
foydalanish. 
O‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, 
konstruktiv, 
ruhlantiruvchi) 
muloqot 
maneralari. 
Metodistning 
kasbiy 
kompetentligi. 
Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan muloqot 
maneralari. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati, belgilangan maqsadlarga 
erishishning asosiy axloqiy me’yorlar. Zamonaviy metodistning ta’lim vazifalarini 
amalga oshirishda xulq-atvori va hamkasblari bilan muloqot madaniyatini 
modellashtirish va nazorat qilish. 
2. AKT va mediasavodxonlik 
Raqamli ta’lim muhiti. Darslarda AKT imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish. Ta’limga oid ma’lumotlar bazalari. Ta’lim sifati monitoringini 
o‘tkazish dasturlari. Ta’lim muassasalarining pedagogik faoliyati natijalarini onlayn 
reytingi. 



O‘rgatuvchi tizimlar (LMS). Online ta’lim platformalari. Online ta’lim 
platformalari orqali uzluksiz kasbiy mahoratni oshirish. O‘rgatuvchi tizimlar (LMS) 
orqali darslarni tashkil qilish. Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirishda online ta’lim 
platformalari. Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim portallari, internet ta’lim resurslari. 
Mediasavodxonlik va mediamadaniyatning 
pedagoglar faoliyatidagi 
ahamiyati. Taqdimotlarini tayyorlash va assinxron darslarni tashkil etishda 
mediasavodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish usul va vositalari.
Elektron komyunitilarni yaratish. Maqsadi, vazifalari va mazmunini boyitib 
borish. Fanlarni o‘zaro integratsiyalash (konsensus) asosida raqamlashtirilgan 
o‘quv-metodik resurslarni yaratish, ulardan foydalanish va takomillashtirib borish.
Ta’lim jarayonini tashkil etishda AKTni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalar. 
Kasbiy mahoratni shakllantirish va rivojlantirishga oid AKT vositalari
va Internet resurslar. Mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan texnologiyalar.
Onlayn-masofadan o‘qitish tizimlari. Kasbiy faoliyatni baholash bo‘yicha dasturiy 
vositalardan maqsadli foydalanish. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə