A. A. Toshboyev



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə15/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137
O

Shartli kadastrli gektar – hosildorligi paxta bo‘yicha gektariga 8 sentnerni tashkil qiluvchi, boniteti 20 balli, past sifat yerning mahsuldorlik me’yori.


Tuproq bonitirovkasi – qishloq xo‘jalik ekinlari o‘sishini va ball bonitetlarda (100 balli tizim bo‘yicha) ifodalanish uchun, ularni ahamiyatliroq tabiiy xususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyalash.


Yalpi mahsulot – maydon birligidan chiqqan jami dehqonchilik mahsulotlarining qiymatda ifodalanishi.
Sof daromad – yalpi mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar o‘rtasidagi farq.
Kadastrli hisoblangan hosildorlik – 100 ballik baholash shkalasi bo‘yicha 1 ball bahoga qabul qilingan s/ga hosildan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hisoblangan hosildorligi.


3.2.1-jadval.


Ball bonitetlari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining kadastrli hisoblangan hosildorligi, s/ga






Ball

Paxta




Don

Beda

Don uchun

Bir yillik

Ildiz










bonitetlari




makkajo‘xori

o‘tlar

mevalilar

























10

4




6

20

7,5

30

90







20

8




12

40

15

60

180







30

12




18

60

22,5

90

270







40

16




24

80

30

120

360







50

20




30

100

37,5

150

450







60

24




36

120

45

180

540







70

28




42

140

52,5

210

630







80

32




48

160

60

240

720







90

36




54

180

67,5

270

810







100

40




60

200

75

300

900










1 ballning

0,4




0,6

2,0

0,75

3,0

9,0










bahosi











































-28-

1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan sof daromad quyidagicha aniqlanadi:
CHDn VPn × Pn ;

100



Bunda: CHDn – 1 ga sug‘oriladigan yerning me’yoriy sof daromadi; VPn – 1 ga sug‘oriladigan yerning me’yoriy yalpi mahsuloti;


Rn – har xil sifatli yerlar foizidan hosil bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hisoblangan daromadi me’yori.

Asosiy ekinlarni birga qo‘shish bo‘yicha me’yoriy yalpi hosilni hisoblash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:





  • yerni baholayotgan obyektning ekin maydonlari tarkibi va shu ekinlarni sotish baholari bo‘yicha o‘rtachasini qo‘llab;

  • umumiy ekin maydonidagi ekinlar bo‘yicha baholar hisoblab chiqilib, quyidagi tartibda hisoblanadi:




  1. × R + Z - R + K × R

X + Z + K;


Bunda: X – 1 gektardagi paxta xomashyosining qiymati; Z – 1 gektardagi don mahsulotining qiymati;


K – 1 gektardagi ozuqa ekinining qiymati;


R ekinlarning foiz (%) hisobidagi solishtirma miqdori.

Sug‘oriladigan 1 gektar yerning me’yoriy bahosi quyidagicha aniqlanadi:




Sn = CHDn × K ;


P


Bunda: Sn – sug‘oriladigan yerning 1 gektarining me’yoriy bahosi;


CHDn – sug‘oriladigan yerning 1 gektaridan olinadigan me’yoriy sof foyda;


P – kapitalga bank qo‘yadigan ssuda foizi;


K qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida, xo‘jalik yuritish mavqei va in-tensivlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent.

Respublikadagi barcha yerlar xalqimiz farovonligining asosidir. Undan faqat bugunni emas, kelajak avlodlarning manfaatini ko‘zlab, ilmiy asoslan-gan holda oqilona, samarali foydalanish, uni muhofaza etish umummilliy



-29-

dolzarb masala hisoblanadi. Bu vazifani hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000-yil 23-dekabrida «Yer monitoringi to‘g‘risidagi Nizom»ni tasdiqladi. Yer monitoringi respublika yer fondidagi bar-cha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida ilmiy asoslangan holda aniqlash, yerlarga baho berish (sifat hamda iqtisodiy jihatdan), ularga ta’sir etuvchi salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini izchil tugatish maqsadida yerning holatini kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar tizimidan iboratdir. Respublikaning barcha yer-lari monitoring obyekti hisoblanadi.

Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, respublikadagi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tash-kilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi zimmasiga vazirliklar va idoralar faoliyatini va yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtirishdek muhim vazifa yuklatilgan. «O‘zdavyerloyiha» institutining Yer kadastri sho‘ba korxonasi yer monitoringi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha qishloq xo‘jalik yerlari tup-roq monitoringini amalga oshirish uchun tuproqshunoslik tadqiqotlariga oid to‘plangan barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, monitoring tadqiqotlarini olib borish maqsadida respublika, viloyatlar hamda tumanlar hududida asosiy may-donlarni tanlash va ularni asoslash; vaqt o‘tishi bilan tuproqlarning asosiy xusus-iyatlari o‘zgarganligini isbotlovchi ma’lumotlarni teran va to‘liq tahlil etish; tad-qiqot olib boriladigan asosiy hamda ekologik maydonlarda tuproqlarning holati-ni isbotlovchi ko‘rsatkichlar majmuasini asoslash, tashkil etish hamda yuritish; tuproqning holatini kuzatish, unga oid ma’lumotlarni sifatli to‘plash hamda ular-ga o‘zgartirishlar kiritish ishlarini olib boradi. Buning uchun qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarini suv va shamol eroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitor-ingi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarish jara-yoni monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari og‘ir metallar bilan zahar-langanlik hamda zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogen o‘zgarishi monitoringi; neft mahsulotlari salbiy ta’siri natijasida tuproqlarning ifloslanishi monitoringi; barcha o‘simliklarning og‘ir metallar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining gerbitsid v pestitsidlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.


Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer



-30-

fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yurit-ishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
O‘zbeiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Yer» kodeksiga binoan, yer umummilliy boylik bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yerdan dav-latning chiqargan qonunlari asosida har bir fuqaro va korxona foydalanish huquqiga ega. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida shirkat xo‘jaliklariga doimiy foydalanish uchun, dehqon xo‘jaliklari yerdan meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish, fermer xo‘jaliklari uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan. Qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi subyektlar, har bir gektar yerdan qonun hujjatlari asosida samarali foydalanishi lozim.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə