9-mavzu Katta yarim sharlarda faoliyatni markazlashuvi



Yüklə 5,61 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,61 Kb.
#164100
9-mavzu Toshtemirova Xumora

9-mavzu

Katta yarim sharlarda faoliyatni markazlashuvi

Po`stloq neyronlarining biofizik xossasi orqa miyadagi motoneyronlarnikidan farq qilmaydi.masalan mushuk miya po`stlog`ining harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal hujayralarning tinchlik potensiali -60-80-mv bo`ladi harakat potensiali esa 0.5-2 ms davom etib 60-100mvni tashkil etadi. Po`stloq hujayralaridan ham qo`zg`alish oldin akson tepaligi sohasida paydo bo`lib,keyinroq akson va dentritlarga tarqaladi . Po`stloq neyronlarining faolligi orqa miya neyronlarinikidan farq qiladi . Qo`zg`atuvchi potsinaptik potensiallar po`stloq neyronlarida 20-30-ms davom etadi.

Tormozlovchi postsinaptik potensiallarning davomiyligi undan ham ko’proq, ya‘ni 70-150 msni tashkil qiladi. Orqa miya motoneyronlarida bu jarayonlar tezroq – qo’zg’atuvchi postsinaptik potensiallar - 10-15 ms da tormozlovchi postsinaptik potensiallari 10-12 ms da yuzaga chiqadi. Po’stloq neyronlari o’z-o’zidan qo’zg’alib turish qobiliyatiga ega. Bedor hayvonlarda ularning o’z-o’zicha faollik ko’rsatish soni past, ya‘ni 10 Gs dan oshmaydi. Bu elektrik faollik bevosita po’stloq yuzasidan yoki boshni qoplab turgan teri yuzasida qayd qilinib, tekshiriladi

Miya po’stlog’ining elektr faolligini bosh yuzasidan aniqlab olish imkonini beruvchi usulni elektroenselografiya, yozib olingan egri chiziqni esa elektroensefalogramma (EEG) deb aytiladi. EEG tahlil qilinganda yozib olingan elektr tebranishlarni chastotasi, amplitudasi, shakli va davomiyligi hisobga olinadi. Ko’zlari yumilgan va xotirjam o’tirgan katta yoshli odamlarda EEGning asosiy α- ritmi kuzatiladi. Bu ritmni chastotasi o’rtacha 10 Gs (8-13 Gs) ni tashkil qiladi va uni sinxronlashgan EEG deb aytiladi. Ko’zlar ochilsa yoki boshqa a‘zolardan pottashkil qiluvchi to’lqinlar chastotasi ko’proq, ya‘ni 14-30 Gs ni (o’rtacha 20 Gs), tashkil qiladi, amplitudasi esa pastroq bo’ladi. α-ritm yo’qolib, β-ritmni paydo bo’lishini EEGning desinxronlashishi deb ataladi. Agar katta yoshli odam uxlab yotgan bo’lsa, teta - ritm va delta-ritmdagi EEG qayd qilinadi. Teta - ritm chastotasi 4-7 Gs, delta-ritmniki 0,5-3,5 Gs ni tashkil qiladi, to’lqinlar amplitudasi ancha yuqori, ya‘ni 100 mkV dan 300 mkV gacha bo’lishi mumkin. Demak, EEG dagi to’lqinlar chastotasiga qarab po’stloqning faolligi to’g’risida axborot olish mumkin.

Yarim sharlar po’stlog’i faoliyatini o’rganishda yuzaga chiqarilgan potensiallarni yozib olish usuli ham samaralidir. Reseptorlar, periferik asablar va sensor signallarni o’tkazuvchi boshqa tuzilmalarni ta‘sirlangandan so’ng po’stloq yuzasida qayd qilinadigan elektr reaksiyasini yuzaga chiqarilgan potensial deb ataladi. Bu usul yordamida miyaning turli tuzilmalariga axborot o’tkazuvchi yo’llarini va ta‘sirotni qabul qiluvchi sezgir tizimlarning po’stloqdagi manzilini aniq tekshirish mumkin.

Ma‘lum reseptiv sohadan yoki afferent yo’ldan kelgan impulslarni bevosita tahlil qiladigan po’stloq sohasida yuzaga chiqadigan potensiallar amplitudasi eng yuqori bo’ladi. Bu sohadan qancha uzoqlashilsa, ana shunchalik potensiallar kuchi kamayadi va latent davri ortadi. Afferent impulslarini bevosita tahlil qiluvchi sohalarda yakka rag’bat yuzaga chiqargan potensial birlamchi javob, deb ataladi. Chin birlamchi javob amplitudasi 400 - 600 mkV ni tashkil qilib, ikkita bosqichga bo’linadi, avval 10-12 ms davom etgan musbat tebranish qayd qilinadi, so’ngra 10-20 ms davomida manfiy tebranish ro’y beradi. Birlamchi javob chegaralangan jarayon bo’lib, faqat proeksion sohaning o’zidagina qayd qilinadi. Uning ana shu xususiyatidan foydalanib, po’stloqdagi proeksion sohalar manzili bexato topib olinadi.

Birlamchi javobning boshlang’ich musbat qismi piramida hujayralar tanasi va asosidagi dendritlarda hosil bo’ladigan sinaptik potensiallar yig’indisidir. Manfiy bosqich neyronlar uchidagi dendritlarning faollanishiga bog’liq. Birlamchi javoblar uchun qisqa latent davridan boshqa, yuqori ritmda (1 soniyada 120 marta) yuzaga chiqish va narkozga sezgirlik xosdir. Ikkilamchi javoblar o’zgaruvchan bo’lib, ularni paydo qilgan impulslar tezligi bir soniyada 5 dan yuqori bo’lsa, narkoz berilganda yo’qolib ketadi. Ikkilamchi javoblar qo’zg’alishni birlamchi proeksion sohadan yon atrofdagi assosiativ sohalarga o’tkazilishi bilan bog’liq.

E`tibotingiz uchun rahmat


Yüklə 5,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə