8-MAVZU. Xorazmshohlar davlati
Reja:
1.
«Xorazmshox» unvonining tiklanishi va Xorazm mustaqilligi uchun kurash
2.
Mamlakatda iqtisodiy yuksalish, shaharlarning gullab-yashnashi
3.
XIII asr boshlarida Xorazmshoxlar davlatining siyosiy ahvoli va ichki ziddiyatlarning
keskinlashuvi
4.
Muhammad Xorazmshox va Chingizxon, ularning diplomatik munosabatlari
Adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshqent, «O‘zbtkiston», 1998.
2.
Sagdullaev A.S. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T., 2000.
3.
Suleymanov R.X. Drevniy Naxshab. Problemы sivilizatsii O‘zbekistana VII v do n.e. -
VII v n.e. – T., 2000.
4.
Toynbi A.Dj. Postijenie istorii – M.: Ayris Press, 2004.
5.
Shoniyozov K. Qang‘ davlati va qang‘lilar. – Toshkent, 1995.
6.
O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova,
E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq, 2001.
7.
O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2003.
8.
Eshov B. Sug‘diyona tarixidan lavhalar. – T., 2002.
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe viloyat hisoblanardi. X asr oxiri –
XI asrning
boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va uning o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar
davlati qo‘laganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib ko‘rdilar. Xususan, 996
yilda
Shimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad ikki qismga bo‘linib ketgan davlatni
birlashtirib
xorazmshoh unvoni
oladi va Urganchni o‘z poytaxtiga aylantiradi. Ammo,
Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar davlati
oldida Xorazm davlati
juda kuchsiz bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Ma’sudga qaram edi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi Anushteginiy-Xorazmshohlar
sulolasi davriga to‘g‘ri keladi.
Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin
kelib chiqishi jihatidan
o‘g‘o‘z turklaridan bo‘lib, yoshligida Garjiston (Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi
(mamluk) bo‘lgan. Saljuq sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton
hovo‘zlari va hammomlari ashyolari xazinachisi) ko‘tarilgan edi. Manbalarning ma’lumot
berishicha, tashtdorlik mansabiga sulton o‘zining ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p
o‘tmay Anushtegin sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076
yilda Sulton
Malikshoh Anushteginni Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Anushtegin Saljuqiylarga tobe bo‘lib
hokimiyatni boshqaradi va 1097 yilda vafot etadi. O‘sha yili uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad
(1097-1128) Xorazm voliysi qilib tayinlanadi.
Qutbiddin Muhammad otasi davrida o‘z davrining yirik shaharlaridan biri bo‘lgan
Marvda ilm olgan, xususan, din ilmlarini yaxshi o‘rgangan edi. U Xorazm voliysi bo‘lgach
qobiliyatli hukmdor sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin
Muhammad Xorazmda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun anchagina kuch-g‘ayrat
sarflagan
bo‘lsada, rasman Saljuqiylarga tobe bo‘lgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U
Saljuqiylarning oliy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi ma’lum.
Tarixiy manbalarda Xorazmshohning unvoni