7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja



Yüklə 126,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix30.12.2023
ölçüsü126,82 Kb.
#165637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
 
 Po‘latni sementitlash 
Po‘latni uglerod, azot (ikkalovini birgalikda), diffuzion to‘yintirish sanoatda 
eng ko‘p tarqalgan kimyoviy – termik ishlash usullaridir. 
Po‘lat yuzi uglerod va azotni oson xazm qiladi; suqilib kirish strukturali 
(panjarali) qattiq qotishma hosil qiladi. Shu bilan birga ancha – muncha 
chuqurlikka diffuziyalanadi. 
Uglerod bilan diffuzion to‘yintirish jarayoniga
tsementitlash
deyiladi. 
Odatda, po‘lat tsementitlangandan so‘ng toblanadi va past bo‘shatiladi. Mana shu 
jarayonlar tugaganidan so‘ng po‘lat detal yuzasida uglerod miqdori 0.8-1%ga 
yetadi. Strukturasi past bo‘shatilgan mayda sferoidal karbidli martensit hosil 
bo‘ladi: yeyilishga qarshiligi yuqori bo‘ladi; yuza qattiqligi HV=750-950. Detal 
o‘zagida uglerod 0.08-0.25% bo‘lib, qovushqoq bo‘ladi. Tsementattsiya qilinishi 
kerak emas yuzalar galьvanik usulda mis bilan himoyalanadi, mis qalinligi t=0.02-
0.05 mm bo‘ladi. 
Odatda tsementitlanadigan detallarni ustki qatlami qattiq, ishqalanib 
yeyilishga chidamli va o‘zagi uyushqoq bo‘lishi lozim bo‘ladi: tishli g‘ildiraklar, 
vallar, kulachoklar, chervyaklar va h.k. 
Uglerodlovchi moddaga 
karbyurizator
deyiladi. Bu dastlabki muhitdir. 
Karbyurizator qattiq va gaz holatda bo‘lishi mumkin. Lekin, har ikkisida ham 


tsementitlash jarayoni gaz fazasi orqali o‘tadi. Eng ko‘p tarqalgani qattiq 
karbyurizatordir: bu asosan yog‘och pista ko‘miri va qo‘shimcha SO
3
(20-25%);
VoSO
3
jarayonni jadallashtirish uchun qo‘shiladi. Ya’na SaSO
3 ham 
qo‘shiladi 
(3-5%) – karbyurizatorni yopishib qolmasligi uchun. Tsementatsiya qilinadigan 
detallar va karbyurizator qavatma-qavat po‘lat yashikka – konteynerga taxlab 
joylashtiriladi, germetik yopilib, 910-930
0
S gacha qizdiriladi. Qizdirilganda pista 
ko‘mir yashik ichidagi kislorod bilan birikib quyidagi reaktsiya ketadi: 
2С+O
2
=2CO. 
Bundan tashqari uglerod oksidi quyidagi reaktsiya bo‘yicha ham hosil 
bo‘ladi. 
VoСO
3
+С=VoO+2СO. 
Detal yuzasida quyidagi kimyoviy jarayon o‘tadi: 2СO↔ СO
2
+С 
Hosil bo‘lgan aktiv uglerod atomi austenit holatidagi yuzaga adsorbtsiyaladi; 
qolgan SO

ko‘mir bilan birikib, yangi SO
portsiyasini hosil qiladi. Tsementitlash 
uzoq davom etadigan jarayon. Qatlam qalinligiga qarab bir necha o‘n soat davom 
etishi mumkin. 1 mm. chuqurlikdagi tsementitlangan qatlam olish uchun 8-10 soat 
qizdirish 
lozim. 
Tsementitlangan 
qatlam 
qalinligi 
NRC=38-62(HV=900); 
o‘zaginiki HRC= 25-35. 
Gaz vositasida tsementitlashda karbyurizator sifatida suyultirilgan tabiiy gaz 
ishlatiladi. Suyuq uglevodorodlar ham ishlatiladi: kerosin, benzol. Bular germetik 
yopilgan pechni ichki bo‘shlig‘iga tomchi-tomchi qilib yuboriladi. Qizigach bular 
aktiv gaz muhitini hosil qiladi. Metan bor joyda asosiy xal qiluvchi reaktsiya 
quyidagi: 
СN
4
→2N
2+
С 
Kam uglerodli po‘latni sementitlangan qatlamini strukturasi rasm 6.2 da 
ko‘rsatilgan. 


Rasm 2 Kam uglerodli po‘latni tsementitlangandan keyingi diffuzion 
qatlam mikrostrukturasi. 1- evtektoiddan keyingi zona; 2- evtektoidli zona; 3- 
evtektoidgacha zona. 
Eng ustki qatlam evtektoiddan keyingi qatlam – zonada uglerod S>0,8% 
ko‘p bo‘ladi va strukturasi perlit va ikkilamchi tsementitdan iborat qatlamni o‘rta 
qismi evtektoid yig‘indisidan iborat, perlitdan tashkil topgan. Chuqurlashgan sari 
o‘zagiga qarab, uglerod miqdori kamayadi, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat 
strukturasiga o‘xshaydi: o‘zakka yaqinlashgan sari perlit miqdori kamayadi. 
Tsementitlash davrida o‘zoq vaqt qizdirib turilgani uchun yirik donali 
struktura hosil bo‘ladi. 
1.

Yüklə 126,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə