7-mavzu. Pragmatik va semiotik jarayon Rеja



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/20
tarix30.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#165406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
hamma mavzular

Qiyos aspektlari

Tilning formal modeli

Tilning funksional modeli

Til mohiyatini belgilash, aniqlash

Til – gaplar jamlanmasi

Til – ijtimoiy ta'sir vositasi

Tilning asosiy funksiyasi

Fikr ifodasi

muloqot

Psixologik korrelyat

Kompetensiya: ifodalarni hosil qilish, interpretatsiyalash va baholash

Kommunikativ kompetensiya: til vositasida ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish

Sistema va undan foydalanish

Kompetensiyaning qo‘llanilishdan ustun jihati

Sistema ifodaning ichki tomoni sifatida

Til va shart-sharoit

Kontekst va kommunikativ vaziyatlardan mustaqil ravishda gaplarning ma'nosini tushuntirish

Gaplarni ular qo‘llaniladigan muhitga mos tarzda sharhlash

Tilni egallash

Avtonom grammatikani yaratish

Tizimni muloqotning tabiiy shart-sharoitida qo‘llash

Lisoniy universaliyalar

Inson botiniy xislatlari

Muloqot maqsadlari, muloqotning bioijtimoiy tavsifi, muloqot talablari

Sintaksis, semantika, pragmatika o‘rtasidagi munosabat

Sintaksis - semantika - pragmatika

Pragmatika - semantika - sintaksis

Tabiiy muloqot shart-sharoitida sintaktik to‘g‘ri qurilmalar murakkab pragmatik hodisalar ko‘lamida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Bu nomuvofiqlik, asosan, pragmatik interpretatsiyaga xizmat qiladi.


Masalan, J.Gazdar bunga misol qilib: Canon: "Do you mind if I use your two-way radio ?" Police Officer (hanging microphone to Canon): "Sure.". ushbu savolga ijobiy to‘g‘ri javob "Do you mind..?" - "Mabodo e'tirozingiz yo‘qmi..?" ifodasi ingliz tilida inkor ma'nosini beradi ("Yo‘q, e'tirozim yo‘q"), Tasdiq esa, norozilikni anglatadi. O‘zbek tilida: “Sumkalarim do‘koningizda tura tursa, e'tirozingiz yo‘qmi?”. Biroq o‘zbek tilida bu holat birgina “Yo‘q” so‘zi bilan ham ifodalanishi ham mumkin va bunda savolga javob noaniqligicha qolishi mumkin.
"Xabarning verbal qismi kommunikativ tizimning bungacha noverbal tarzda ifoda topgan qismiga yuklanadi. Ikki turdagi xabar esa inson individual va ijtimoiy tajribasini aks ettiruvchi matnda moddiylashadi. Muloqot faoliyati nazariyasida e'tibor tilning real voqyelikdagi aniq vaziyatdagi tahliliga qaratiladi. Bu pragmatik tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi.
Pragmatingvistikaning asosiy g‘oyalaridan biri me'yordagi muloqot qoidalarini o‘rganishdan iborat. Kommunikativ maksimalar muloqotga tegishli axloq qoidalarini namoyon etadi. Ular universal va spetsifik (individual xoslangan) bo‘lishi mumkin. Mazkur yondashuv G.P.Graysning inson va mashina o‘rtasidagi dialogdagi “to‘g‘ri matn” haqidagi qarashlarini aks ettiradi. Bunda olim asosiy 4 qoidani ilgari surgan:
Ifodaning ma'lumot uzatishlik darajasi imkoniyat qadar yuqori bo‘lishi zarur (miqdor qoidasi);
2) ifoda yolg‘on mulohazadan iborat bo‘lmasligi lozim (sifat qoidasi),
3) ifoda tabiiy bo‘lishi lozim (munosabat qoidasi),
4) ifoda ikkilangan ma'noga ega bo‘lmasligi, aniq, qisqa va tartibga solingan bo‘lishi lozim.
Ushbu qoidalar muloyimlik, beg‘araz hazil bilan yanada tahrir qilinadi.
Xushmuomalalik 6 qoidadan iborat bo‘lib, bular:
Farosat (o‘zgaga keltirayotgan noqulayliklaring minimum darajada bo‘lsin, toki unga maksimum qulayliklar yarat)
Bag‘rikenglik (o‘zingga minimum, o‘zgaga maksimum darajada qulaylik yarat)
Ro‘yxushlik (o‘zgalarning sen haqingdagi salbiy bahoni minimum darajaga, ularning sen haqingdagi ijobiy bahoni maksimum darajaga keltir)
Kamtarlik (o‘zingni minimum darajada maqta, maksimum darajada aybla)
Kelishuv (o‘zing va o‘zgalar bilan kelishmovchilikni minimumga, o‘zing va o‘zgalar bilan kelishuvni maksimumga chiqar)
Yoqtirish (o‘zing va o‘zgalar o‘rtasidagi antipatiyani minimumga, o‘zing va o‘zgalar simpatiyani maksimumga yetkaz)
R.Lakoff bu borada donishmandlarga xos fikrni ilgari suradi va, oqil insonlar o‘zgalarga ziyon keltirmaydilar, deb yozadi. Muloqot qoidalari etik me'yorlarga asoslanadi. Negaki, har birimiz imkon qadar ta'sirchan so‘zlamoqchi bo‘lsak, albatta milliy xoslangan birliklarga murojaat qilamiz. Kommunikativ qoidalar negizini sog‘lom fikr tashkil qiladi.
Deyl Karnegida: "odamlarga yoqishning 6 usuli" borasida - 1) o‘zingizda insonlarga nisbatan samimiy qiziqish uyg‘oting, 2) jilmaying, 3) inson ismi uning lug‘atidagi eng asosiy so‘z ekanini yodda tuting, 4) tinglovchini tinglash madaniyatiga ega bo‘ling, 5) suhbatdoshingizga qiziq bo‘lgan mavzuda suhbat quring, 6) insonga uning ustun jihatlarini, yutuqlarini samimiy tarzda bildiring" deb yozadi va h..
Muloqot qoidalarining buzilishi kommunikatsiyani barbod qiladi.
Masalan, inglizlar: "Don't use a 14-letter word to your child and a 4-letter word to your mother-in-law" deydi. Inglizlar kitobiy so‘zlarni bola bilan muloqotga kiritmaydilar, 4 harfli so‘z tushunchasi esa bu yerda evfemik vosita bo‘lib kelmoqda.
Ayrim hollarda muloqot qoidalari atay buziladi. Masalan, gapingni qisqa qil singari. Bunda xushmuomalalik qoidasi so‘zlovchining tinglovchini o‘z yo‘rig‘iga yurgizmoqchi (manipulyasiyasi) bo‘lganida sodir bo‘ladi. Bunda muloqot davomida uslubiy vositalar hamda uslubiyat va ritorikadan chetga chiquvchi vositalar jarayonga jalb qilinadi.
Bu kabi vaziyatlarda ichki sezgi orqali ongning nomantiqiy darajasiga chiqish va bungacha shakllangan stereotiplarni buzish istagini tug‘diradi.
Pragmatik jihatdan matn ustida ishlash jarayoni interpretatsiya hodisasi bilan hisoblashishni talab qiladi.
Masalan,
Quyon sakray-sakray 8 yil, it yugura-yugura 12 yil, toshbaqa sekin yurib 200 yil yashaydi. Bu faktni o‘qib, kam harakat bo‘lib qoldim, o‘tiribman choy ichib.
Uydagilarga oq futbolkamdagi murabbo dog‘ini ko‘rsatdim, rosa so‘kishdi. Lekin poroshok reklamalarida unaqa emas, kulib, darrov yuvib berishadi.
Atrofimdagilar "Sevgilisi bor ekan, munosabatlari ja iliq ekan" deb o‘ylashlari uchun UMS dan keladigan e'lon sms larni ham kulib o‘qiyman.
Oilada o‘ziga yarasha o‘rnim borligini isbotlash maqsadida uydan chiqib ketib, 4 kun bormadim. 5-kuni kirib borsam, otam "Iya, tashqaridamiding?" deydi.
Internet shu shaklda ommalashib borsa, bir necha yildan keyin qabr toshlarida "1930 yil: online - 2025 yil: offline" degan yozuvlar bo‘lishi mumkin.
Nosamimiylik va yetarli darajada samimiy bo‘lmaslik so‘zlovchining adresatga nisbatan salbiy munosabatini bildiradi. Biroq haddan ortiq samimiyatning ham belgilari bor bo‘lib, bu sleng, jargonlar haddan ziyod ko‘p qo‘llashda isbotlanadi. Shu sababli xorijiy sayyohlarga jargon so‘zlar va vulgarizmlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Tabiiyki, muloqot faoliyati nutqiy aktlarsiz sodir bo‘lmaydi. U so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan bahosini ifodalab, mazkur nutqiy akt modeli uchta tarkibiy qismga ajratiladi:
Nima haqda gapirilayapti (lokutsiya), 2) qanday xulqiy mazmun ifodalanmoqda (illokutsiya), 3) qanday nutqiy samara (perlokutsiya). Har uchalasi orasida illokutsiyaga katta ahamiyat beriladi, negaki u so‘zlovchining maqomiga ishora beradi va nutqiy ta'sirning asl sababiyatini ochib beradi.
Cleopatra: "Ftatateeta, dear: you must go away - just for a little." Caesar: "You are not commanding her to go away; you are begging her. You are no Queen." (B.Shaw) -"Sen unga ketishni buyurmayapsan, sen iltimos qilyapsan. Sen – qirolicha emassan," - deyapti Sezar Kleopatraga.
D.Serl, illokutiv aktlarning quyidagi tasnifini ilgari suradi: 1) reprezentativlar yoki assertivlar (A - "men tasdiqlayman"da X aminki,), 2) direktivlar (Y ga A - "men buyuraman"ni bajarishi uchun Y X ga ta'sir o‘tkazadi, 3) komissivlar (X Aning - "men bajaraman"ini o‘z yelkasiga oladi), 4) ekspressivlar (X Aning - "men minnatdorman"iga nisbatan ruhiy holatini ma'lum qiladi), 5) deklaratsiyalar (X A bilan gaplasha turib, A ga - "men sizni ishdan bo‘shatdim"degan dalilni tasdiqlaydi).
Shaxsning o‘z-o‘ziga hurmati: 1) muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy masofa, 2) ifodaviy ko‘lamda ijtimoiy maqomlarning ustuvorligi (masalan, vrachning militsiya xodimiga iltimosi yoki kabinetda yoki chorrahada rasmiylashtirilishi mumkin), 3) u yoki bu kommunikativ aktning vaziyatga mos amalga oshishi.
Insonga ta'sir insonning harakatlari nazorati bilan bevosita va bilvosita bog‘liq. J.Gibbsga ko‘ra nazorat – interpretatsiya sotsiologiyasidagi markaziy tushuncha. Bu nazorat ichki (o‘z-o‘zini nazorat) va tashqi (buyruq va iltimos), davomiy, ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Kommunikativ ta'sir o‘ylangan (intensional) va o‘ylanmagan (nointensional) shaklga ega. Birinchisi: 1) avtoritet, hokimiyat, yuqori turuvchi maqom, 2)soxta hukumronlik, 3)ishontirish, dalillash, 4) ruhiy va jismoiy kuch evaziga sodir bo‘ladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə