6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


YOshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə13/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

4. YOshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan 
asrashning dolzarb masalalari.
Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi,
madaniyat evolyusiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizni
internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global
tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida
yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini
mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha
internetdan eng ko‘p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
hisoblanar ekan.

YUrtimizda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal


sur’atlar bilan kengayib bormoqda. So‘nggi o‘n yilda global tarmoqdan
foydalanuvchilar o‘n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish,
uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora
ortib borishini ta’minlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan
foydalanuvchilar
soni
(mobil
internet
foydalanuvchilari
bilan
qo‘shib
hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil yakunida bu ko‘rsatkich
o‘n ikki milliondan oshdi.
Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga
ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji



yoshlarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada


o‘sishiga olib keldi.
Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani kabi, internet tarmog‘i
ham shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq
– ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham
juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, ma’lumotlarda keltirilishicha,
bugungi kunga kelib, internet tarmog‘ida ma’naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib
etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan.
Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan hozirgi davrda
kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan
munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda,
ayniqsa, yoshlarimizda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish bugungi
kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Aynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt
etishda diniy omilning roli yuqori. SHuning uchun ham turli diniy-ekstremistik va
terrorchi uyushmalar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda internetni eng samarali vosita
sifatida qo‘llamoqda.
Bunda diniy-ekstremistik oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun
zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli
tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar
tuzish asosiy vazifaga aylangan. Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi
tashkilotlar o‘z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh
oralig‘ida bo‘lgan kishilarni yollamoqda. Bunda psixologik ta’sir samaradorligini
yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan
rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta
o‘rganadi va shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar
internetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp
kabi keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn,
fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga
qo‘yiladi.
YOshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday forumlarning tobora
ommalashuvi hamda ularda turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib
borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. CHunki dunyo
aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. YOshlar katta kuch hisoblanadi.
Ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o‘sha toshga
o‘yilgan naqshdek muhrlanadi. SHuning uchun ham radikal oqimlar aynan
yoshlarni tuzog‘iga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuch-
g‘ayrat, qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qo‘l keladi.



Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va ma’rifatdan yiroq, sof


diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb
etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat»
tushunchalarini noto‘g‘ri talqin etgan holda o‘z Vatanlarini tark etishga urinmoqda.
SHuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid
bo‘lgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq bo‘lmagan diniy tusdagi xabarlar
yoki kishilarni vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targ‘ib etilmoqda.
Bunda ba’zi yoshlarning axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy
qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabarlar, aniq manbasi ko‘rsatilmagan, asossiz
axborot va ma’lumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan ko‘r-
ko‘rona qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson
o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. YOshlar shaxsiy
xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi
foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Ana shu maqsadda
2011 yildan boshlab, Toshkent islom universiteti bakalavriat va magistraturaning
barcha yo‘nalishlarida «Axborot iste’moli madaniyati» nomli maxsus kursning
o‘qitilishi joriy etildi.
Axborot iste’moli madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan
inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi
ma’lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan
bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.
Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni
eshitar ekan, hech bo‘lmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun
uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni o‘z-o‘ziga
berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.
SHundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan
ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. SHakllangan axborot
iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar,
ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va
xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
YOsh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo‘lishi
lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning
taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste’moli
madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi,
chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet
shakllanadi.
«Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik qiladi», degan fikr bugungi
kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. SHunday ekan, bugungi kunda yoshlarda



axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish


hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, islom dini ko‘rsatmalarida ham naql qilingan biror xabarga
ishonishdan avval uni tekshirib, aniqlab olish talab etiladi. Jumladan, Qur’oni
karimda shunday deyiladi

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə