6-ma’ruza. Binar daraxtlar


Binar daraxtdan elementni o’chirish prosedurasi



Yüklə 63 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü63 Kb.
#162366
1   2   3   4   5   6
6-маруза

Binar daraxtdan elementni o’chirish prosedurasi


Tugunni o’chirib tashlash natijasida daraxtning tartiblanganligi buzilmasligi lozim. Tugun daraxtda o’chirilayotganda 3 hil variant bo’lishi mumkin:

  1. Topilgan tugun terminal (barg). Bu holatda tugun shunchaki o’chirib tashlanadi.

  2. Topilgan tugun faqatgina bitta o’g’ilga ega. U holda o’g’il ota o’rniga joylashtiriladi.

  3. O’chirilayotgan tugun ikkita o’g’ilga ega. Bunday holatda shunday qism daraxtlar zvenosini topish lozimki, uni o’chirilayotgan tugun o’rniga qo’yish mumkin bo’lsin. Bunday zveno har doim mavjud bo’ladi:

    • bu yoki chap qism daraxtning eng o’ng tomondagi elementi (ushbu zvenoga erishish uchun keyingi uchiga chap shoh orqali o’tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat NIL bo’lmaguncha, faqatgina o’ng shohlari orqali o’tish zarur).

    • yoki o’ng qism daraxtning eng chap elementi (ushbu zvenoga erishish uchun keyingi uchiga o’ng shoh orqali o’tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat NIL bo’lmaguncha, faqatgina chap shohlari orqali o’tish zarur).

O’chirlayotgan element chap qism daraxtining eng o’ngidagi element o’chirilayotgan element uchun “Predshestvennik” bo’ladi ( 12 uchun – 11 bo’ladi). Merosxo’r esa o’ng qism daraxtning eng chapidagi tuguni (12 uchun - 13).
Merosxo’rni topish algoritmini ishlab chiqaylik (5.9 chizma).
p – ishchi ko’rsatkich;
q - r dan bir qadam orqadagi ko’rsatkich;
v – o’chiralyotgan tugun merosxo’rini ko’rsatadi; t - v bir qadam orqada yuradi;
s - v dan bir qadam oldinda yuradi (chap o’g’ilni yoki bo’sh joyni ko’rsatib boradi).


Yuqoridagi daraxt bo’yicha qaraydigan bo’lsak, oxir oqibatda, v ko’rsatkich 13 tugunni, s esa bo’sh joyni ko’rsatishi lozim.



  1. Elementni qidirish prosedurasi orqali o’chirilayotgan elementni topamiz. r ko’rsatkich o’chirilanyotgan elementni ko’rsatadi.

  2. O’chiriladigan elementni o’rniga qo’yiluvchi tugunga v ko’rsatkich qo’yamiz.



IF left (p)=nil THEN v=right (p)
ELSE IF right (p)=nil
THEN v=left (p)
ELSE t=p
v=right (p) s=left (v)
WHILE s<>nil
t=v v=s
s=left (v)



END WHILE
IF t<>p
THEN WRITE (v element p ning o’g’li emas) left (t)=right (v)
right (v)=right (p)
END IF
left (v)=left (p)
IF q=nil
THEN WRITE (v ildiz)
tree=v
RETURN END IF
IF p=left (q) THEN left (q)=v
ELSE right (q)=v END IF
END IF END IF
FREENODE (p) (ushbu prosedura bo’sh tugun hosil qiladi, ya’ni o’chirilgan element joylashgan xotira yacheykasini tozalaydi.)
RETURN





Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə