6-amaliy mashg`ulot. Boshlang‘ich sinf darslarida fanlararo aloqadorlikni tashkil etish tamoyillari Mashg'ulotdan maqsad



Yüklə 31,9 Kb.
səhifə2/2
tarix25.02.2023
ölçüsü31,9 Kb.
#101504
1   2
Tayanch iboralar: ta’lim, tarbiya, integratsiya, jarayon, ko’nikma va malakalar, o’qitish, boshlang’ich sinf, amalga oshirish, takomillashtirish.
Darhaqiqat, maktab o’quvchilariga ta’lim - tarbiya berishda o’rganilayotgan materiallar bevosita tabiat bilan tanishish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat xilma-xil ko’rinishlari bilan insonni qurshab turgan moddiy olamdan tuzilgan.
Ta’lim va tarbiya jarayonini integratsiyalash mazmuni. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim va tarbiyani fanlararo tushuntirishdan maqsad - tabiatni bilish va uni asrashga o’rgatish, ta’lim - tarbiyaga oid fanlararo nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Atrofdagi tabiat haqidagi bilimlar o’quvchilarning har tomonlama kamol topishi va tarbiyalanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu bilimlarni o’rganish orqali yoshlar tabiat va inson o’rtasidagi munosabat, ularning o’zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof - muhitga munosabatini, tabiat muhofazasi yo’lida amalga oshirilayotgan hatti - harakatlarni tahlil etib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan omillarni aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda fanlararo bilim va tushunchalarning shakllanishiga zamin yaratadi.
Boshlang’ich sinf o’quv fanlari dasturlarini mazmunan maqsadga muvofiq tahlil qilish, ularni fanlararo ekologik tarbiyani uzviylik bog’lanishini aniqlash, ularni ta’lim - tarbiya jarayonida qo’llash o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv jarayonida fanlarni integratsiyalash, ya’ni fanlararo bog’lanishni amalga oshirish ta’lim - tarbiya jarayonining muhim didaktik sharti bo’lib, tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan turli voqea hodisalarning, ular orasidagi aloqalalarning bir-biriga bog’liq holda rivojlanishini fanlararo aloqadorlik asosidagina tushunib yetish mumkin. Tabiat va jamiyat fanlarni alohida - alohida o’rganish ularga oid tarqoq bilimlarni shakllantirishga olib keladi. Bunday bilimlar tabiat va jamiyatning bir butunligi, insoniyatning tabiatda tutgan o’rni, insoniyat oldida turgan global muammolar mohiyatini to’g’ri tushinish va uni oqilona hal qilish uchun tizimli yondashuv zarurligi haqidagi tasavvurlar hosil bo’lishiga imkon bermaydi.
Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo tarbiyani samarali amalga oshirish o’quvchilarning yangi o’quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo bog’lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o’tkazish o’qituvchidan chuqur va puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida dars samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Fanlararo aloqadorlik tamoyili turdosh o’quv fanlararo munosabatlarning murakkab jihatlari to’liq o’zlashtirilishini ta’minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borilishini ta’minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integrativ yaxlitlik vujudga keladi. Jumladan, maktab o’quv fanlari o’rtasidagi aloqadorlik, o’zaro bog’liqlikni ta’minlash, o’quvchilarga biologik bilimlarning muayyan tasnifga muvofiq berish ularda tabiatni bilishga bo’lgan qiziqishni shakllantirish omili sifatida ko’zga tashlanadi.
Dars jarayonida fanlararo tushunchalardan foydalanish quyi sinf o’quvchilarida tabiiy bilimlarni o’rganishga qiziqishni yuzaga keltiradi, shuningdek, ularni o’qitishda fanlararo bog’lanishni amalga oshirish tabiatdagi borliq, ularda boradigan jarayonlar va o’zgarishlarning mazmun-mohiyatini anglash, mazkur o’quv fanlari mazmunidagi umumiy va xususiy tushunchalarni yaxlit tasavvur qilish, amaliyotga qo’llash, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish orqali o’quvchilarda biologik tushunchalarni shakllantirish jarayonini vujudga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo aloqadorlikni yo’lga qo’yishga asos bo’ladigan tushunchalar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
. Jonli va jonsiz tabiatning o’zaro bog’liqligi asosida yuz beradigan hodisalarning umumiyligi va uzviyligi.
2. Tirik organizmlarda sodir bo’ladigan hayotiy jarayonlar va o’zgaruvchanliklarni tushunishda, muammoli o’quv topshiriqlarini hal etishda biologik qonunlar bilan bir qatorda, kimyo va fizika qonunlaridan foydalanish orqali fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish.
3. Moddiy borliqdagi hodisa va voqealarni o’rganishning zaruriyati, ekologik fojealarning sabablari va ularni bartaraf etish tadbirlari.
4. Inson tomonidan tabiat qonunlarini o’rganish va undan samarali va oqilona foydalanish yo’llari.
5. Tabiiy hodisalarning o’zaro bog’liqligi va rivojlanishida sabab-oqibat bog’lanishlar.
6. Inson-ijtimoiy mavjudot.
7. Tabiatni muhofaza qilish - bu sayyoramizda hayotni asrashning asosi.
Fanlararo bog’lanish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqilligini oshiradi. Shuningdek, ularning fanlarga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish bilan birga mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantiradi va ekologik madaniyatni tarbiyalashga katta yordam beradi.
Tabiat bilan bevosita, faol muloqotda bo’lish maktab o’quvchilari tomonidan tashkil etilayotgan aqliy faoliyat jarayonini jadallashtiradi. Bu holat o’quvchilarning fikrlash tarziga ta’sir o’tkazib, ularda tabiatni bilishga bo’lgan qiziqishini hosil qiladi hamda aqliy qobiliyatlarini takomillashtiradi.
Bilish faoliyatining ob’ekti sifatida tabiat maktab o’quvchilariga tabiiy hodisalar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, tabiiy muhitning insonlar hayotidagi muhim ahamiyati to’g’risida yetarli darajada ma’lumot bera olish imkoniyatiga ega.
Jumladan, umumta’lim maktablarida o’qitiladigan o’quv fanlari mazmunini nazariy jihatdan tahlil etish shuni ko’rsatadiki, ularda egallagan bilimlari haqida ma’lumot beruvchi o’quv materiallari u yoki bu darajada o’z ifodasini topgan. Ularning har biri mayyan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarni tabiatga yaqinlashishga, u bilan doimiy muloqotda bo’lishga rag’batlantiradi.
Ta’kidlash joizki, o’quv fanlarining maktab o’quvchilarida tabiatni bilishga bo’lgan qiziqishni shakllantirishdagi imkoniyatlari bir xil emas. Bu o’rinda biologiya, kimyo va fizika fanlarining yetakchi o’rin tutishi, ularning tarkibiy tuzilmasida muayyan tizim va ketma - ketlikka asoslanuvchi biologik bilimlarning o’z ifodasini topishi o’quvchilar uchun tabiat hodisa va jarayonlarining kechishi to’g’risida asosli ma’lumotlarni olish, ularda tabiatni bilishga bo’lgan qiziqishni shakllantirishga imkon beradi.
Maktab o’quvchisi jism yoki hodisani tabiiy sharoitlarda kuzatar ekan, ularning alohida ob’ekt sifatida emas, balki bir butun ekotizimning muhim bo’lagi sifatida qabul qiladilar, ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik va aloqadorlikni anglashga intiladilar. Buning natijasida o’quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan alohida ob’ektning o’zigagina xos bo’lgan tomonlarini ajrata oladilar, ularning o’zaro ta’sir xususiyatiga ega predmetlar bilan taqqoslash, umumiy jihatlarni guruhlash asosida o’zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob topadilar. Olamlar ichra sayohatning mavjudlik qonuniyatlarini, tillarning o’ziga xos xususiyatlarini ochish - integrativ ta’limning asosiy mantiqi hisoblanadi.
Yüklə 31,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə