5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


ONEGINNING TATYANAGA MAKTUBI



Yüklə 2 Mb.
səhifə448/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

ONEGINNING TATYANAGA MAKTUBI
«Men bilaman, tahqirlar sizni
Ushbu munglug‘ sirlar bayoni.
Beomon bir g‘azab to‘foni
Chulg‘ar mag‘rur nigohingizni!
Ne istarman? Ne maqsad bilan
Dil ochurman sizga bemalol?
Achchiq, zahar kulguga, bilmam,
Men yo‘l berib qo‘ydim, ehtimol.
Nogoh sizni uchratib bir kez,
Mehr nurin payqadim-u, tez,
Ishonmoqqa chog‘lanmadim hech.
Xush odatim yo‘li berkildi,
Men o‘zimning dilgir erkimni
Yo‘qotmoqni xohlamadim hech.
...Dilga yaqin har nimaki bor,
Shundan keyin ko‘nglimni uzdim.
Men yotsirab yurdim. Azob bu.
O‘yladimki erk, orom — tanho
Baxtga evaz bo‘lur.
O, xudo! Qanday xato, bu qanday jazo!..
Yo‘q, yo‘q, sizni ko‘rmoq safosi,
Izingizdan qolmay quvlamoq,
Lab kulgusin, ko‘zlar imosin
Oshiq ko‘zlar ila ovlamoq,
Xo‘b termulmoq sizning jussaga,
Dildan tuymoq — ne kamolot bu,
Qarshingizda qotmoq g‘ussada,
Bo‘zarmoq va so‘nmoq... rohat bu!
Men shundan ham mahrumman, faqat
Sudralaman aylab tavakkal.
Kun — g‘animat, soat — g‘animat,
Men-chi isrof etaman mahtal,
Taqdir sanab bergan kunlarni.
...Men bilaman, umrimda bor had,
Lekin uni cho‘zib turmoqqa
Tongda amin bo‘lmoqligim shart
Kunduz kuni sizni ko‘rmoqqa... .
..Bilsaydingiz, naqadar dahshat
Muhabbatga zorlik jahonda.
Yonmoq aql ila har soat,
Tug‘yonlarni so‘ndirmoq qonda.
...Vahki, soxta sipolik bilan
Qurollanmish nutqu nigohim;
...O‘zimga zid bormog‘im og‘ir,
Nochordirman ushbu kezda man.
Qarorim shul, izmingizdaman,
Men tan berdim taqdirga oxir».


Yigit xatiga javob kutadi. Xuddi bir vaqtlar Tatyananing xatiga javob kelmagani singari Onegin ham javob ololmaydi.


XXXIII
Javob yo‘qdir. Boz maktub yozur,
Ikkinchi xat, uchinchi xati —
Javobsiz. Bir majlisga bazo‘r
Borar edi, kirgan zahoti...
U duch keldi. Qanday beomon!
Buni ko‘rmas, so‘z demas biron!
Yohu, yana oshibdir qahri —
Borlig‘ida — chillaning zahri!
Tag‘in uning o‘jar lablari
Yashirmoqchi bo‘lar jahlini!
Sinchkov boqdi Onegin: qani,
Qani uning tug‘yon, dardlari?!
Qani ko‘zyosh dog‘lari?.. Abas!
Chehrasida g‘azab izi, bas...


XXXIX
Kunlar o‘tdi: iliq havoda
Qishning umri tugadi, to‘zdi.
Shoir bo‘ldi na u dunyoda,
Na o‘ldi, na aqldan ozdi.
Bahor unga baxsh etdi hayot,
Bir tiniq tong tark etdi u bot.
Sug‘ur kabi qishlagan o‘sha
Qo‘sh darchali, kimsasiz go‘sha —
Maskanini tashladi ilk bor.
Neva bo‘ylab yelar chanada.
Ko‘k va kesik muzda yonadi
Kun nurlari. Uyum-uyum qor
Chirkin bo‘lib eriydi yomon.
Bu yo‘llardan borar u qayon?


XL
Qayon yelar Onegin?
Ayon, Siz topdingiz maqsadin — tag‘in,
Tag‘in borar Tatyana tomon
Son kirmagan mening tentagim.
Kirar xuddi murda misoli.
Hech kimsa yo‘q yo‘lakda, xoli.
Zalga kirar. Yuradi, alhol
Eshikni ham ochar. Bu ne hol?
Nadir uni qoldirgan hayron?
Beka... Beka o‘ltirar yolg‘iz,
Besaranjom, chehrasi qonsiz,
Kaftin tirab yuziga, vayron,
Bir maktubni o‘qir besado,
Yoshlar to‘kur panjalar aro.


XLII
Uning unsiz iztirobin, bas,
Kim shu lahza uqolmas, e voh!
Kim begoyim aksida ko‘rmas
Eski munglug‘ Tatyanani, oh!
Yigit — o‘kinch, dard ichra majnun,
Oyog‘iga yiqildi zabun.
Beka cho‘chib, jim qoldi nogoh,
Oneginga tashladi nigoh —
Beg‘azab va butkul behayrat...
Uning xasta ham so‘nik yuzi,
Unsiz ta’na, iltijo so‘zi
Ayon edi bonuga.
Faqat Sodda, ma’yus qiz qalbi, nochor,
Uyg‘ongandi ko‘ksida takror.
Oneginga, turing, deyolmas,
Uzolmas ham undan ko‘zini.
Qaqroq o‘shal labdan ololmas
Beka shu zum jonsiz qo‘lini...
Endi neni aylar u xayol?
Ular uzoq jim qolar.
Ayol Asta kirar, nihoyat, so‘zga:
«Bas, turingiz endi, men sizga
Aytmog‘im shart barini oshkor.
Yodingizda bormi, Onegin,
...O‘sha bog‘u xiyobon?
Nochor Sizdan saboq tinglagan edim.
Tinglang, endi mening navbatim.


XLIII
Onegin, men u mahal yoshroq,
Ham suluvroq edim, chamamda.
Sizni suydim, suydim-u, biroq
Qalbingizdan ne topdim g‘amda?
Javob topdim beshafqat, xolos.
Yuvosh qizning muhabbati, rost,
Bildim, sizga yangilik emas!
Endi esa, yo rab, o‘sha va’z,
O‘sha sovuq nigohni nuqul
Esladimmi, muzlab ketar qon...
Ayblamayman, ammo, u zamon
Tutgandingiz olijanob yo‘l.
Haq edingiz, qilsam andisha,
Minnatdorman sizdan hamisha...


XLIV
O‘sha paytlar, shov-shuvdan yiroq
Ovloqlarda yurgan kezimda
Men yoqmagan edim-ku...
Biroq Ne bor endi mening izimda?
Endi sizga nishonman nechun?
Balki, balki yurganim uchun
Bukun kibor olamda masrur?
Yo o‘qlar yeb janglarda erim,
Siylagani uchunmi saroy?
Istagingiz budir, hoynahoy,
Jamiyatda ochilsin sirim,
Men sharmsor bo‘layin, faqat
Bu gap sizga keltirsin shuhrat?!


XLV
Men yig‘larman... Tatyanangizni
Unutmagan bo‘lsangiz hamon,
Bilib qo‘ying, ul ta’nangizni,
Sovuq, piching so‘zlarni bu on,
Bo‘lsa edi menda ixtiyor,
Alamlaru maktublaru bor

Ko‘zyoshlardan ko‘rardim afzal...


O‘sha ma’sum orzularga sal
Qilsaydingiz zarracha shafqat,
Etsaydingiz yoshni ehtirom...
Endi qay his, qaysi iltizom
Tiz cho‘ktirdi sizni oqibat?!
Shunday aqlu yurak-la, kim ul
Bo‘lur mayda tuyg‘ularga qul?


XLVI
O‘, Onegin, bu dabdaba, shukuh,
Manfur hayot ziynati nadir
Kibor olam domida beruh
Zafarlarim, davlatim nadir?
Hashamdor uy, ziyofat, g‘avg‘o,
Nadir menga bu bo‘g‘iq havo?..
O‘sha yangi ham yovvoyi bog‘,
O‘sha faqir maskanim — qishloq,
O‘sha sizni, Onegin, ilk bor
Ko‘rganim ul joylarga, zotan,
Bukun sho‘rlik enagam yotgan
Xoch, soyalar ostidagi zor
O‘sha mozor, o‘sha xilqatga
Barchasini qilardim sadqa...


XLVII
Baxt bo‘lsa-chi, naqadar mumkin,
Yaqin edi naqadar!..
Endi Taqdirim hal.
Ehtimol u kun Xomlik qildim.
Qancha yalindi,
Ko‘zyosh bilan avrab onam ham.
Oh, Tatyana sho‘rlikka u dam
Hamma narsa bari bir edi...
Turmush qildim oqibat...
Endi Iltimosim, tinch qo‘ying bizni.
Men bilaman, qalbingizda bor
Ham g‘urur, ham sobit, baland or,
Yolg‘on nechun? Sevaman sizni,
Nasib etdim boshqaga faqat;
Unga sodiq qolurman abad».


XLVIII
Beka ketar. Yevgeniy turar
Chaqqan kabi boshida chaqin.
Endi nechuk tuyg‘u gupurar —
Qalbini ne o‘y bosur tag‘in?!
Nogoh mahmiz jaranglar ammo,
Bo‘lur Tanya qallig‘i paydo.
Qahramonni, nihoyat, shunda
Uning uchun eng mushkul zumda
Tark etamiz, o‘quvchim, bu on,
Uzoq muddat... umrbod... abad...
Dunyo kezib ortidan faqat,
Yetdik oxir sohilga omon!
Qutlug‘ bo‘lsin! Yashasin!
Rahmat! Ko‘pdan o‘zi kelgandi fursat.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə